G„ildirakli konkilarda uchish G„ildirakli konkilarda uchish maktabgacha katta yoshda
tavsiya etiladi. Bolalarni yurishga, burilishlarga (o„ngga, chapga) tormozlashga, to„xtashga o„rgatiladi. Tarbiyachi bir necha bolani bir vaqtda g„ildirakli konkida uchishga o„rgatadi. U oldinga siljish texnikasini tushuntiradi va ko„rsatadi hamda bolalarga bu harakatni bajarishda yordam eradi. Tayanib uchish bir necha kun davom yetadi. Bolalar goh o„ng, goh chap oyoqda siltanib siljishga o„rgatiladi. Oyoqva
qo„llar harakati muzda uchishdagi kabi mos bo„lishi kerak.Keyinchalik ularni yugurish va ikki oyoqda sirg„alishniqo„shib olib borishga (goh u, goh bu oyoq bilan siltanib) o„rgatiladi. Bola 3-4 marta navbatma-navbat kuch bilan siltanib oyoqlarini kichik masofada bir-biriga parallel qo„yadi.So„ng sekinlab va to„xtab qolguncha sirg„aladi. Harakat paytida burilishdan oldin uchish sekinlatiladi, so„ngra gavdasini kerakli tomonga biroz engashtirib to„la burilish amalga oshiriladi. Shundan so„ng harakat yangi yo„nalishda davom ettiriladi. G„ildirakli konkilarda uchish ko„nikmalarini mustahkamlashda harakatli o„yinlardan foydalanish mumkin. Mashg„ulotlar davomiyligi asta-sekin 10-15 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar butun guruh bolalari g„ildirakli konkida uchish ko„nikmalarini egallagan bo„lsalar, mashg„ulotlar barcha bolalar bilan bir paytda aylana yo„lkada o„tkaziladi. Bolalarni suzishga o„rgatish Bolalarni suzishga o„rgatish bolalar sihatgohlarida va uy sharoitida o„rgatish uchun ishlab chiqilgan dastur va metodik tavsiyalar asosida olib boriladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida suzishga o„rgatish 3-4 yoshdan boshlanadi. Suzishga o„rgatishda xavfsizlik choralari va gigiena qoidalariga rioya qilish zarur. Suzishga o„rgatish quruqlikda va suvdagi tayyorgarlik mashqlaridan boshlanadi. Birinchi bosqichda quyidagi vazifalar qo„yiladi:
-suvdan qo„rqish hissini yengish suv ichida ko„zni ochish, suvda nafas chiqarish,
turli
mashqlarni bajarish.Ikkinchi bosqichda:-bolalar qo„llarini turli holatlari bilan oyoqlarni
harakatlantirib, suvda nafas chiqarib, ko„krak va orqa bilan sirg„anishni;-suvda qismlar bilan nafas chiqarish; -suv ostida harakat qilishni o„zlashtiradilar
Uchinchi va to„rtinchi bosqichda: -bolalar krol usulida oyoq, qo„llari bilan harakatlar qilib,
nafas olishni yo„lga qo„yib ko„krak va orqa bilan suzishga o„rgatiladi.
O„rgatish oxirigacha bolalar krol usulida ko„krak va orqa bilan 7-10 daqiqagacha suzishni o„rganishlar kerak. Katta guruhlarda suzish masofasi 15-20 m gacha uzaytiriladi. Bolalarni suzishga o„rgatishda suzish shaxtalari, to„plar, damlanma c hambaraklar va o„yinchoqlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |