О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

YAlang`och 
—  Toshkent  shahridagi  qishloqlardan  biri.  Hozir  bu  erlar  Toshkent  agrar 
dorilfununi va bir qator   zamonaviy   binolar   qurilgan   obod   joylardan biri. Bu nomning kelib 
chiqishi haqida keksalar shunday deydilar: «Ilgarilari bu erda na daraxt, na bir odam yashagan, 
shuning uchun bu  erni  yalang`och,  ya`ni hech narsa  yo`q»  ma`nosida ishlatganlar, ba`zilari bu 
erda bir odam yashagan, u kiyimsiz, yalang`och yurgan, hatto yoz oylarida ham o`t (olov) yoqib 
isinib o`tirgan, uni odamlar yalang`och devona yoki yalang`och eshon ham deyishar edilar, asta-
sekin devona so`zi tushirib qoldirilib, yalang`och bo`lib qolgan deyishadi.
 
Qonqus 
— Toshkent shaxrini oralab o`tuvchi Anhor o`z suvini hozirgi kunda ham ikkiga, 
ya`ni  «Qonqus»  va  «CHala»  ariqlariga  bo`lib  beradi.  Qonqus  arig`ining  nomi  bilan  ataluvchi 
qishloq  hozirgi  Zangiota  rayonidagi  kolxozning  idorasi  joylashgan  hududni  o`z  ichiga  oladi. 
Qishloq tarixi shunday hikoya bilan boshlanadi: «Qadim zamonlarda shu qishloqda yalang oyoq, 
yozin-qishin bir xil qiyinchilikda yashaydigan bir kambag`al bi-rovlarning erida ketmon chopib, 
tirikchilik  qilgan.  Kunlardan bir kuni  qishloq oqsoqollari  kel,  shu  bechora kambag`al  h.am  bir 
parcha  eriga  ega  bo`lsin,  umid  bilan  oramizda  katta  bo`ldi-ku  deydilarda,  qishloqning  bir 
chetidan  qo`riq  er  beradilar.  Bundan  yigitning  boshi  osmonga  etadi.  Biroq  erni  ishlashga  hech 
narsasi  yo`q,  hamyoni  quruq  bu  yigit  shaharga  tushib  ikki  yil  mardikorlik  qiladi,  choyxonada 
choy tashiydi, Nihoyat, 5 — 10 tanga pul topib beliga tugib, ikki qop qattiq nonni elkasiga ortib, 
qishlog`iga  keladi  va  erga  mehr  bilan  qaraydi,  qish  va  yoz  demay  ishlaydi,  ariq  qaziydi,  lekin 
yigitning  eriga  suv  bermaydilar,  har  kim  kambag`alning  suvini  yo`ldan  to`sib,  o`z  erlarini 
sug`oraveradi. Baxor o`tib yoz keladi, hamma erlar ko`m-ko`k, lekin yigitning eri qaqrab yotadi. 
Yigit  eriga  zo`rg`a  suv  olib  keladi,  yil  bo`yi  ariq  qazib,  bir  ho`plam  suv  uchun  yurak  bag`ri 
ezilgan  yigitning  eriga  tasodifan  silqindi  paynak  suv  etib  borib  qoladi.  Fig`oni  falakka 
ko`tarilgan  yigit:  «xudoga  shukur,  erimga  suv  keldi,  mehnat  suvimdan  bir  ho`play»  deb  qorni 
bilan  erga  yotadi.  Issiq  kunda  entikib,  lablari  qaqragan  yigitning  chanqoqligidan  lablari  loy 
suvga tegadi-yu,  yigit og`zidan laxta-laxta qon ketib, shu ondayoq jon  beradi». SHu suv uchun 
qon  qusib,  jon  bergan  yigitning  voqeasidan  so`ng  bu  qishloqning  nomi  Qonqus  bo`lib  qolgan 
ham  deyishadi.  Faqat  bugina  emas  butun  Qonqus  arig`idan  suv  ichuvchi  mehnatkashlarning 
1917  yilga  qadar  umumiy  suv  va  sug`orish  uchun  tortgan  azob-uqubatlari  yigit  tortgan  azob-
uqubatlardan qolishmas edi. Qonqus qishlog`ida istiqomat qiluvchi 1903 yilda tug`ilgan Xolmat 
ota Rahimovning hikoyasi ham diqqatga sazovor. «Rahmatli otam vafot etganda men 12 yoshli 
bola  edim.  Bu  voqea  1915  yilning  ko`klamida  sodir  bo`ldi.  Otam  Rahim  CHO`ng`aev  degan 
boyning erida korandachilik qilib, tirikchilik o`tkazar edi. Otam ekin ekadigan boyning eri ham 
shu  Qonqus  arig`idan  suv  ichar  edi.  Erni  sug`orish  maqsadida  otam  uydan  ertalab  chiqib 
ketadilar.  U  endigina  Qonqus  arig`idan  o`z  ekiniga  suv  ochadigan  ariq  boshiga  borib,  suvga 
tushib  ariqqa  suv  ochayotganida  Zangi  ota  volostining  mingboshisi  Burxonboy  kelib  qolib,  ha 
nega  so`roqsiz  suv  ochding  yalangoyoq,  deb  haqorat  qila  boshlaydi.  Otam  indamaydi.  Nega 
indamaysan,  karquloq,  deb  otdan  tushib,  otamni  qamchi  bilan  qattiq  savalaydi.  Mingboshi 


 
68 
qo`lidan  otamni  ajratib  ololmaydilar,  mingboshi  ketgach,  otam  kaltak  zarbidan  bir  necha  kun 
o`tgach vafot etadi» deydi. Xulosa qilib aytganda, bu ariqdan erlarni sug`orish shunchalik qiyin 
bo`lganki,  undan  suv  olib  kelib  mehnatkash  dehqonlar  o`z  ekinlarini  sug`orguncha  qon  qusib 
yuborganlar. SHu boisdan ham mehnat ahli bu ariqqa Qonqus deb nom berganlar. Aslida qonqus 
so`zi qishloq arig`i degan ma`noni bildiradi. Masalan: Ugom, CHotqol, Pskom so`zlaridagi gom, 
qol, kom — qo`shimchasi suv degan ma`noni ifodalaydi. Demak, Qonqusdagi qon so`zi — suv, 
qus — so`zi esa qishloq degan ma`noni bildiradi.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish