О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

No`g`ayqo`rg`on 
—  Toshkent  shahridan  oqib  o`tgan  Solorning  Jo`n  ariqqa  quyiladigan 
joy  atrofida  o`rnashgan  qishloq.  Hozir  shahar  hududiga  qo`shilib  ketgan.  Bu  erda  dastlab 
no`g`aylar  kelib  o`rnashgani  uchun  shunday  nom  olgan.  O`tgan  asrning  boshlarida  Toshkent 
Qo`qon  xonligi  tarafidan  bosib  olingandan  keyin  Toshkentga  ko`chib  kelgan  tatarlarga  joy 
beriladi.  Qo`qon  xoni  Madalixon  yoki  Muhammadalixon  (1822  —  1842  yy.),  g`arbda  Jo`yi 
tarxon (hozirgi  Darhon)  arig`idan sharqda to  Qorasuvgacha, undan janubda Sovuq-buloqqacha, 
shimolda Solor arig`igacha bo`lgan erlarni tatarlarga in`om etib, oliq-soliqlardan ozod qiladi.
 
Obdon 
—  Toshkent  viloyati  Pskent  xududidagi  tog`.  Tojikcha  —  ob  va  don  so`zlaridan 
olingan bo`lib, «suvxona», suv ko`p joy ma`nosini bildiradi. Suv inshooti, sardobaning kichikroq 
turi ham obdon (ovdan) deyiladi. O`rta Osiyo va Ozarbayjonda obdon inshootlari ko`p bo`lgan.
 
Pasra 
—  (fasra).  Toshkentning  SHayxontahur  dahasidagi  mahallalardan  birining  nomi 
(shahar tashqarisidagi ekin joyi). Solor arig`ining chap sohilida CHirchiqqa ketadigan temir yo`l 
yonida  bo`lgan  kichik  ekin  maydoni.  Ozroq  ekin  ekib  olish  pasra  deyilgan.  Ba`zan  tomorqani 
ham pasra deyishadi. Qashqadaryo viloyati, YAkkabog` rayonida hdm Pasra nomli qishloq bor.
 


 
66 
Rudak 
—  Toshkent  shahrining  oltin  kamari,  deyarli  shaharni  oralab  o`tuvchi  Solor 
arig`ining  eski  nomi.  Rud  —  fors-tojik  tilida  «katta  ariq»  degan  so`z.  Ba`zan  daryo  ham  rud 
deyiladi.  Bu  atama  eski  asarlarda,  jumladan  «Boburnoma»da  uchraydi.  Rudxona  so`zlari  ham 
shu  atamadan  olingan.  Rudxona  —  daryo  o`zani.  YA.  G`.  G`ulomovning  ma`lumotlariga 
qaraganda,  Xorazmda  rudxona  atamasi  ishlatilgan.  SHunday  qilib,  Rudak  nomining  birinchi 
qismi, ya`ni Rud «ariq» suv degan so`z, «ak» esa toponim yasovchi affiksdir. Buyuk tojik shoiri 
Rudakiy tug`ilgan qishloq ham shu nom bilan ataladi.
 
Sarog`och 
—  (Sariog`och)  —  Toshkent  yaqinidagi  qishloq.  Qozoqlar  Sarmagash,  ya`ni 
«sariq  daraxt»  ham  deyishadi.  Sariog`och  toponimi  qurib,  sarg`ayib  borayotgan  daraxt 
(O`simlik) nomidan kelib chiqqan.
 
Teyit 
— YUqori CHirchiq rayonidagi qishloq. Teyit so`zi qirg`iz — qipchoqlar urug`ining 
nomi.  Andijon  viloyati  Xo`jaobod  rayonidagi  Qorateyit,  Teyit,  Sariteyit  qishloqlarining  nomi 
ham ana shu etnonimlar bilan bog`liqdir.
 
Turkman 
—  Toshkentdagi  sobiq  «turkman  bozori».  O`zbekistonda  joy  nomi  bilan 
uchraydigan  etnonim.  Ba`zi  birovlar  (V.  G.  Mogakova)  Samarqand  va  Buxoro  viloyatidagi 
turkmanlarni  turkman  millatiga  mansub  etnik  guruh  deb  hisoblaydilar.  K.  SHoniyozov  esa  bu 
turkmanlar o`zlaricha mustaqil etnik guruh bo`lib, o`zbek millati tarkibiga kiradi, deb hisoblaydi.
 
Xonariq 
— Toshkent yaqinidagi To`ytepadan boshlanadigan ariq (kanal). Bu ariq o`tgan 
asrning  40-  yillarida  Qo`qon  xoni  Madalixon  (Muhammadalixon)  davrida  qazilgan  va  xon 
sharafiga shunday nom berilgan.
 
CHotqol 
— CHirchiq daryosining bosh irmoqlaridan biri. Talas Olatovlaridan boshlanadi. 
CHotqol qadimgi fors-tojik tilida «qayin» demakdir. CHotqol daryosi bo`yida tojiklar yashaydi, 
shuning  uchun  shu  nom  bilan  ataladi.  O`simlik  va  hayvonlarning  eski  nomlari  hech  qanday 
qo`shimchasiz ham toponim shaklida uchraydi (So`kso`k, Do`lta, Qo`lon va hokazolar).
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish