Mir Arab madrasasi — shaxdrning markaziy qismida ikkita gumbaz atrofidagi
imoratlardan ajralib turadi (1530 yil). Ulardan biri — SHimoliy gumbaz tiklanib, unga yarim
moviy koshin bilan qoplangan bezak berilgan, Janubiy gumbaz esa bezatilmay qolib ketgan.
Madrasaga hashamatli baland peshtoqdan kiriladi. Madrasadagi binolar xuddi Ulug`bek
madrasasidek joylashtirilgan. Faqat darsxona o`rnida go`rxona bor. Bu erda yamanlik shayx
Abdulla (Mir Arab) va uning qarindoshlari dafn qilingan. YOdgorlik shuning uchun hdm Mir
Arab nomi bilan atalgan.
78
Madrasa hovlisining chor atrofini ikki qavatli hujralar o`rab turadi. Hujralar qatorini to`rtta
peshtoq ajratib turibdi. Bir vaqtlar peshtoqlar juda baland bo`lgan.