О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1.
 
Karimov I.A. «Vatan sajdogox kabi muqaddasdir. Toshkent O`zbekiston 1996 yil. 
2.
 
Artsikovskiy A. V «Arxeologiya asoslari» Toshkent. “O`qituvchi” 1974 y.  
3.
 
Axmedov B. «O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari» Toshkent. “O`qituvchi” 1991 yil 
4.
 
Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik»  Toshkent. “O`qituvchi” 1996 yil 
5.
 
Sulaymonova F. G`arb va shark. Toshkent. “O`zbekiston” 1997 yil 
 
 
4-MAVZU: O’LKAMIZ O’RTA ASRLAR VA YANGI DAVRINING O’RGANILISHI. 
Reja: 
1.
 
Ilk o`rta asr yodgorliklari. 
2.
 
Rivojlangan o`rta asrlar yodgorliklari. 
 
Ekin  maydonlarining  ko`payib  borishi,  xususan  sug`oriladigan  erlarning  kengayishi, 
qishloqlarning  ko`payishi,  er  hosildorligini  orttiruvchi  sun`iy  o`g`itlarning  yaratilishi,  suvni 
baland  erlarga  ko`taradigan  charxpalaklarning  va  suv  tegirmonining  kashf  qilinishi,  paxta 
ekinining  tarqalishi,  meva  navlarining  yaxshilanishi  yo`lidagi  muvaffaqiyatlarning  hammasi 
zamonaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini o`stirib yuborgan va uni yangi feodal munosabatlarga 
olib kelgan yangi ijtimoiy voqea bo`ldi.
 
Bunday  muhim  sharoitda  kushonlarning  saltanatiga  putur  etib,  inqirozga  yuz  tuta  borishi 
bilan  birga  ichki  ziddiyatlarga  muvofiq  diniy  oqimlar  o`rtasidagi  munosabatlarning  ham 
murakkablashmasligi mumkin emas edi.
 
III  asrdan  boshlab  quldorlik  davrining  shaharlari  xarobalikka  yuz  tutib,  iqtisodiy  hayot 
asosan alohida vohalarga, qishloqlarga ko`chadi. Er aristokratiyasi — «deh,qon»lar qishloqlarga, 
ariqlar  boshiga  kelib,  ko`shklar  bino  qiladi.  VI  asrga  kelib  ular  qullardan  qurolli  yigitlar  — 
chokarlar  saqlab,  atrofdagi  qishloq  aholisini  o`z  foydasiga  ishlatib  kun  kechiradi.  SHu  taxlitda 
Milodning  I  asrining  25  yilidan  to  IV  asrning  50-yillariga  qadar  hukm  surgan  markazlashgan 
kuchli  Kushon  davlati  tugab,  har  qaysi  shahar  atrofidagi  vohada  alohida-alohida  mustaqil 
hukmdorlar paydo bo`ladi, ularning boshida «dehqon»larning vakili turadi.
 
Hozir  Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Jizzah  Farg`ona  vodiysidagi  va  boshqa  ko`plab 
shahdrlar  atrofidagi  sug`oriladigan  erlarda  baland-baland  «oqtepalar»  bor.  Arxeologiyaga  oid 
qazilmalar,  bularning  xdmmasi  feodallarning  xom  g`ishtdan  solingan  feodal  ko`shklarining 
xarobasidan iborat bo`lib, «dexqonlar» yapgab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatadi. 
Akademik  YA.  G`.G`ulomovning  kuzatishlari  bunday  ko`shklarning  hozirgacha  saqlanib 
kelganligini ko`rsatadi.
 
Feodallashish  jarayonida  ichki  urushlar,  xalq  qo`zg`olonlarini  bostirish  uchun  keskin 
choralar  ko`rish  natijasida  ancha  vayronagarchilik,  qirilishlar  bo`lib,  butun-butun  rayonlar 
vaqtincha  bo`shab  qolgan.  SHunga  qaramay,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  rivojida  ma`lum 
siljishlar bo`lgan. SHu siljishlarni madaniyat soxasida ham ko`rish mumkin. Masalan, Xorazmda 
Tuproqqal`a  (IV  asr)  ko`shkini  qazishda  u  erdan  «podsholar  zali»  deb  atalgan  zal  topilgan. 
Zalning  atrof  devorlariga  taxmon  singari  ravoqlar  ishlanib,  ularning  har  biriga  turli  qiyofadagi 
kishilarning haykallari o`rnatilgan. Haykallar nihoyatda yuqori did bilan ishlangan. Professor S. 
P. Tolstov  «Bu zalda Xorazmda Ofrig` xonadoniga mansub podsholarning haykali ota-bobolar 
ruhiga  sig`inish  tariqasida  aks  ettirilgan»,  deb  aytadi.  Bu  joyda  haykallardan  tashqari,  turli 
bo`yoqli  devor  suratlari  ham  bo`lib,  undagi  manzaralarda  dengiz  to`lqini,  baliqlar,  yirtqich 
hayvonlar,  sozanda  qizlar  surati  va  boshqa  narsalar  tasvirlangan.  Bu  saroydan  Xorazm 


 
35 
shox.larining  yozma  hisob-kitob  arxivi  ham  topilgan.  Bular  qadimgi  Xorazm  yozuvi  bilan 
taxtaga va charmga bitilgan.
 
1938  yili  VI  —  VIII  asrlarga  oid  Xorazm  pullaridagi  yozuvlar  yordamida  ularning 
ko`pgina  asoslari  aniqlangan.  Umuman,  Tuproqqal`adan  topilgan  arxiv  yozuvi  fanga  juda  ko`p 
yangilik bergan.
 
1934  yili  Samarqand  yaqinidagi  Mug`tepadan  Panjakent  hokimi  Devashtichning  VIII 
asrdagi  arxivi  to  pildi.  Arxivdagi  so`g`diycha  va  arabcha  xatlar  asosida  so`g`d  yozuvining 
xususiyatlari  aniqlandi,  bu  esa  tarix  faniga  ancha  ravshanlik  kiritdi.  Bunga  Xorazm  arxivining 
qo`shilishi  esa  O`rta  Osiyodagi  o`sha  zamon  hayoti  va  madaniyatiga  doir  ko`p  masalalarni 
aniqlash imkoniyatini yaratdi.
 
Keyingi  yillarda  Surxondaryo  viloyatida  «Bolaliktepa»  degan  joyni  qazish  jarayonida 
uning bir zali devorlari odam suratlari bilan bezatilgan ibodatxona ekanligi ma`lum bo`ldi. Unda 
zeb-ziynatli  kiyimlar  kiyib,  qo`llarida  qimmatli  qadahlar  tutgan  va  tavoze  bilan  allaqanday  bir 
ishorat  ko`rsatib  turgan  erkak  va  ayol  suratlari  shubhasiz,  moniy  mazhabi  ibodatxonasida 
o`tkazilayotgan marosimdan darak beradi. Bu bino V asr oxirlariga tegishli deb topildi.
 
1937  yildan  boshlab  to  1956  yilga  qadar  Buxorodan  40  km  g`arbdagi  cho`lda  Varaxsha 
shahrining  xarobalari  tekshirilgan.  Bu  erda  VII  —  VIII  asrlarda  Buxoro  hukmdorlari  solgan 
Rachfandun  saroyining  xarobalari  topilgan.  Unda  3  zal  va  bir  ayvon  ochilgan.  Ayvonning  oldi 
tomoni  o`ymakor  ganchdan  qilingan  dabdabali  toqi  varavoqlar  bilan  bezatilgan,  ichkari  tomoni 
allaqanday  meva  bog`larini,  ov  manzaralarini  tasvirlovchi  bo`rtma  ganch  suratlar,  bulbullar, 
duldul otlar haykali bilan bezatilgan.
 
Zallarning  birida  oq  fil  mingan  kishilar  filga  hujum  qilayotgan  allaqanday  afsonaviy 
yirtqich  hayvonlar,  qoplonlar  bilan  olishib  turgani,  ikkinchi  zalda  rum  qo`shinlari,  yana  bir 
devorda  ustiga  oltin  taxt  qo`yilgan  qanotli  tuya  va  boshqa  ko`p  ajoyib  narsalar  rang-barang 
bo`yoqlar bilan tasvirlangan,
 
Qadimgi  Panjakent  xarobasi  marhum  professor  A.YU.YAkubovskiy  boshchiligida 
qazilganda,  u  erda  ham  VII-VIII  asrlarga  doir  shunday  bino  topilgan.  Devorlarga  bo`yoqli 
suratlar solinib, ularda dafn marosimi, bazm va allaqanday diniy bir marosim tasvirlangan.
 
Tuproqqal`a,  Bolaliktepa,  Varaxsha,  Fayoztepa,  Panjakentlarda  topilgan  rasmlarning 
san`ati  va  tasvirlarining  boyligi  ilk  feodalizm  madaniyatining  o`z  zamonasida  ancha  rivoj 
topganligini  va  mulkdorlik  davrida  an`anaviy  ravishda  taraqqiy  qilib  kelgan  tasviriy  san`atning 
bu  davrga  kelib  avj  olganini  tasdiqlaydi.  VIII  asrda  arablar  istilosidan  keyin  bunday  san`atga 
ham ahamiyat berilgan.
 
Bu  davrda  savdo-sotiq  va  hunarmandchilik,  xususan,  idishlarni  sirlash  va  nozik  shisha 
buyumlar ishlash rivojlandi.                                                                  
 
SHaharlarning  quldorlik,  ilk  feodalizm  davrlaridagi  va  so`nggi  asrlardagi  tarixiy  
topografiyasi,  arxitektura  yodgorliklari  va  boshqa  o`rta  asr  inshootlari  hozirgi  kunda  ancha 
yaxshi  o`rganilgan.  eski  Urganch,  eski  Marv,  Buxoro,  Xiva,  Samarqand  va  boshqa  bir  qator 
shaharlarning  tarixiga  bag`ishlangan  maxsus  asarlar  maydonga  keldi.  Bulardan  tashqari, 
Samarqandda Go`r Amir maqbarasidagi mozorlarning ochilishi, Ulug`bek rasadxonasining qayta 
tiklanishi (1941, 1948, 1967), SHahrisabzda Amir Temur tomonidan soldirilgan bir dahmatsing 
1933 yilda ochilishi va hokazolar ko`pchilikning e`tiborini o`ziga jalb etdi.
 
Garchi  Ulug`bek  rasadxona  (observatoriya)si  1908  yili  topilib,  uning  er  ostidagi  sekstant 
qismi  qazib  ochilgan  bo`lsada,  bu  yodgorlikning  er  ustidagi  shakli  qanday  bo`lgani  noma`lum 
edi.  Rasadxona  1948  yilda  V.A.SHishkin  boshchiligida  qazilib,  uning  qanday  bo`lganligi 
aniqlandi.  Uni  Bobur  Mirzo  uch  qavatli  azamat  bino  deb  ta`riflagan  edi.  Arxeologlar  qazish 
ishlari  olib  borishlari  natijasida  bino  to`garak  shaklda  ekanligi,  ichkarisi  juda  ko`p  qismlarga 
bo`linganligi,  hozirgi  Samarqand  madrasa  va  maqbaralari  singari  rang-barang  koshinlar  bilan 
bezatilganligi  aniqlandi.  SHu  ma`lumotlarga  asoslanib,  arxitektor  V.A.Nil’sen  rasadxonaning 
tashqi ko`rinishini taxminiy ravishda chizib berdi.
 


 
36 
SHunday qilib, respublikamizda keng ko`lamda olib borilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar 
tufayli xalqimizning uzoq o`tmishi, sug`orish sohasida asrlar davomida orttirgan tajribalari ochib 
berildi.
 
Keng  ko`lamda  respublikamizda  olib  borilayotgan  arxeologiyaga  oid  tadqiqotlar  tufayli 
O`zbekiston  arxeologiyasining  deyarli  hamma  davrlariga:  paleolit,  mezolit,  neolit,  eneolit, 
bronza  va  temir  davrlari  hamda  antik  dunyo  va  o`rta  asrlarga  oid  juda  ko`p  xilma-xil  ajoyib 
moddiy  madaniyat  yodgorliklari  topib  tekshirildi.  Arxeologiyaga  oid  tekshirishlar  natijasida 
to`plangan  boy  va  qimmatli  moddiy  manba  O`zbekiston  xalqlarining  qadimgi  tarixini  yoritish 
imkonini beribgina qolmay, balki o`rta asrlar tarixi, shuningdek, shaharlar «yoshini» aniqlashga 
ham katta yordam berdi.
 
Ozbekistonda  arxeologiya  fanining  rivojlanishida  yirik  rus  olimlari:  A.YU.YAkubovskiy, 
S.P.Tolstov,  M.E.Masson,  A.P.Okladnikov,  V.X.SHishkin,  birinchi  o`zbek  arxiologi,  akademik 
YAxyo  G`omovning  xizmatlari  benihoya  kattadir.  Atoqli  olim  o`zining      qisqa  va  mazmundor 
hayotida  tarix  fanlari  doktori,  professor,          O`zbekiston      Fanlar  akademiyasining  akademigi    
darajasiga  ko`tarildi.  Iste`dodli  olimning  fan  sohasidagi  faoliyatlari  uchun  unga  O`zbekistonda 
xizmat ko`rsatgan fan arbobi degan yuksak unvon berildi.
 
Olimning    ijodiy   faoliyati   ham o`ziga xosdir. U 1926 yilda   Toshkentdagi O`zbekiston 
erlar bilim yurtini, 1930 yili Samarqanddagi Pedagogika  akademiyasini tamomladi. 1931-1932 
yillarda Toshkent    pedagogika texnikumida o`qituvchi   bo`lib   ishladi. YOshlik chog`idayoq 
keng ilmiy jamoatchilikning    e`tiborini    qozondi. Ilmga, tarixga chanqoqligini sezgan mashhur 
o`lkashunos arxeolog  V.  L.  Vyatkin uni  o`zi rahbarlik  qilayotgan ko`hna   Afrosiyobda   olib   
borilayotgan      qazishmalarda  ishtirok      etishga    taklif      etdi.      YA.      G`ulomov      mustaqil 
arxeologik  tadqiqotlarni  ilk  bor  1936  yili  qadimgi  Xorazm  erlaridan  boshladi.  1933  —  1940 
yillarda  O`zbekiston  qadimgi  davr  va  san`at  yodgorliklarini  muhofaza  qilish  qo`mitasi 
(Uzkomstaris)da  ilmiy  xodim,  so`ngra  ilmiy  kotib  bo`lib  ishladi.  YA.  G`ulomov  1940—1943 
yillarda   sobiq   SSSR   Fanlar   Akademiyasi    O`zbekiston bo`limi   Tarih  til   va  adabiyot  
instituti      arxeologiya  bo`limining  mudiri  va  1943  yildan  Ozbekiston  FA  Tarix  va  arxeologiya 
institutining qadimgi  va  o`rta asrlar tarixi  sektori mudiri, institut  direktori  vazifasini bajaruvchi 
(1956-1959  yillar)  bo`lib  ishladi.  «Xorazmning  sug`orilish  tarixi.  Qadimgi  zamonlardan 
hozirgacha»  mavzuida  doktorlik  dissertatsiyasini  yoqladi.  YA.  G`ulomov  1936  yildan  to 
umrining  oxirigacha  bir  qancha  arxeologiyaga  oid  (Toshkent,  Buxoro,  Farg`ona,  Xorazm  va 
boshqa)  otryadlarga  rahbarlik  qildi.  YA.  G`ulomov  4  jildli  «O`zbekiston  SSR  tarixi»,  2  jildlik 
«Samarqand  tarixi»  asarlarining  mualliflaridan.  YA.G`ulomovning  O`zbekistonning  sug`orilish 
tarixiga doir ilmiy ishlari qadimgi dehqonchilik massivlari (Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo 
va boshqa daryolarning qadimgi o`zanlari)ni aniqlash va undan xalq xo`jaligi maqsadlari yo`lida 
foydalanishda  katta  ilmiy  ahamiyat  kasb  etadi.  YA.G`ulomovning  O`zbekiston  vodiy  va 
vohalarida  olib  borgan  arxeologiyaga  oid  tadqiqotlari  O`zbekistonda  qadimgi  tosh  davrlari: 
paleolit,  mezolit,  neolit,  eneolit,  jez  va  temir  davrlarini  o`rganishda  muhim  rol’  o`ynadi.  YA. 
G`ulomov  bir  qancha  xalqaro  konferentsiya  va  simpozi-umlarda  muhim  ilmiy  dokladlar  bilan 
qatnashdi. O` ajoyib tashkilotchi va pedagog ham edi. Xalqlar Do`stligi ordenli Nizomiy nomli 
Toshkent Davlat pedagogika institutida O`zbekiston tarixi va arxeologiyasidan ma`ruzalar o`qib, 
ko`pgina  hozirgi  zamon  talabiga  javob  beradigan  pedagog  kadrlar  etishtirgan.  4  tomlik 
«O`zbekiston irrigatsiyasi» tarixiga oid masalalarni yoritishda faol ishtirok etgan. O`zbek Sovet 
entsiklopediyasi Bosh tahrir hay`ati a`zosi bo`lgan.
 
YAxyo  G`ulomov  bag`ri  keng  va  mehribon,  g`amxo`r  odam  edi.  O`z  shogirdlarig`a  fan 
so`qmoqlari qiyinchiliklarini engish yo`llarini, ilmiy izlanish uslublarini, davr talablarini izchillik 
bilan qabul qilish va uni amalga oshirishda faol  qatnashishlarini o`rgatish bilan ham respublika 
olimlari orasida katta obro`-e`tibor qozongan.
 
O`lkani  o`rganishda,  ayniqsa  O`zbekiston  vodiy  va  vohalarining  tarixini,  etnografiyasini, 
arxeologiyasini,  toponimikasi  va  nodir  qo`lyozma  asarlarini  o`rganishda  tarix  fakul’teti 
studentlari uchun YA.G`ulomov asarlari dasturamal bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Ularning qunt 


 
37 
va  matonat  bilan  olib  borgan  arxeologiyaga  oid  tadqiqotlari  tufayli  jahon  ahamiyatiga  ega 
bo`lgan qator moddiy-madaniyat yodgorliklari kashf etildi.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish