О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Qadimgi davr yodgorliklari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

5. Qadimgi davr yodgorliklari
 
Bundan  3000  yilcha  ilgari  odamlar  temirni  olovda  eritish  yo`lini  topib,  uni  ishlata 
boshlaganlar.  Bu  davrda  ishlab  chiqarish  imkoniyati  shu  darajaga  etadiki,  bir  kishining 
mehnatidan  unadigan  daromad  uning  bir  o`zini  boqishgagina  emas,  balki  bir  necha  kishini 


 
31 
boqishga  kifoya  qila  boshlaydi.  Dehqonchilikda  va  chorvachilikda  urushda  qo`lga  tushirilgan 
asirlar  zo`rlab  ishlatiladi.  Ular  qullarga  aylantiriladi.  Natijada  quldorlik  jamiyati  kelib  chiqadi, 
jamiyat ko`proq qo`l mehnatiga tayana boshlaydi
 
O`zbekistonda  va  umuman  O`rta  Osiyoda  bu  bosqichning  bo`lib  o`tgan-o`tmaganligi 
haligacha  mutlaqo  tekshirilmagan  edi.  Qadimgi  Xorazm  erlarida,  g`arbiy  Buxoro  cho`llarida 
Ulug` Vatan urushi arafasida o`tkazilgan arxeologiyaga oid tekshirishlar bu masalaga ravshanlik 
kiritdi. SHu tariqa Amudaryo va Zarafshon etaklarida cho`lga aylanib yotgan katta maydonlarda 
arxeologiyaga  oid  tadqiqotlar  o`tkazilgan  vaqtda  bu  erlar  qadimgi  qal`alar,  ko`shklar  va 
shaharlarning vayronalari bilan, ular orasidan o`tgan qadimgi sug`orish kanallari izlari bilan to`la 
ekanligi birmuncha aniqlandi.
 
Arxeologiyaga  oid  tekshirishlarning  aniqlashicha,  Xorazmning  g`arbida,  Qoraqum 
ichlarida  bundan  2500  —  2600  yillar  ilgari  juda  katta  qal`alar  bino  qilingan.  Ular  ichida 
imoratlar  solingan,  aholi  bu  qal`alar  atrofida  Amudaryoning  qadim  Sariqamish  ko`liga  kirib 
ketgan  tarmog`i  bo`lmish  Dovdon  suvi  toshqinlarini  boshqarib,  unda  dehqonchilik  va 
chorvachilik  bilan  shug`ullangan.  Hozirgi  Qoraqalpog`iston  tuprog`ida  ham  ahvol  shunday 
bo`lgan.
 
Bunday  ulkan  qal`alarning  xom  g`ishtdan  bino  qilinishi,  toshqin  suvlarini  tartibga  solib, 
sug`orish  kanallari  qurilishi  bu  davrda  O`rta  Osiyoda  Qadimgi  SHarq    davlatlari      tipidagi   
davlat   bo`lganidan   darak beradi. Ayni zamonda Gretsiya va eronda maydonga kelgan yozma 
ma`lumotlarda miloddan burungi VII asrda O`rta Osiyodagi Saklar davlati bilan g`arbiy erondagi 
Midiya  davlati  o`rtasidagi  Janubiy  Turkmaniston  erlarida  hukmronlik  qilish  uchun  kurash 
borgani,  eronda  Ahamoniylar  davlati  vujudga  kelguncha  bu  joylar  Xorazm  davlatiga  qaram 
bo`lgani hdqida so`z boradi.
 
Buni  g`arbdagi  burjua  sharqshunoslari  pisand  qilmagan  edilar.  Ammo  arxeologiyaga  oid 
tekshirishlar  bu  holning  haqiqat  ekanligini  tasdiqladi  va  juda  ko`p  yangi  muammolarni  o`rtaga 
tashladi.
 
Bundan  2100  yilcha  burun  O`rta  Osiyoga  kelib  ketgan  Xitoy  sayyohi  CHjan  TSyanning 
ma`lumotlariga  ko`ra,  «Davan»  deb  atalgan  Farg`onada  70  ga  yaqin  katta  va  kichik  qal`alar, 
300000 ga yaqin aholi bo`lib, bu erda beda, uzum etishtirilgan va yilqichilik keng rivojlangan.
 
Katta  Farg`ona  kanali  qurilishida  o`tkazilgan  arxeologiyaga  oid  kuzatishlar  va  keyingi 
yillarda  o`tkazilgan  maxsus  ilmiy  safarlar  natijasida  esa  Farg`ona  vodiysida  ashel’  va  must’e 
davrlarida odam yashaganligi, keyingi taraqqiyot natijasida jez davrida CHust va Dalvarzin kabi 
ibtidoiy qishloqlar bo`lgani aniqlandi.
 
Bundan  keyingi  o`troq  madaniyat  soylarning  etagidagi  toshqinlar  va  ko`llar  orasida  keng 
tarqalib, hozir Sirdaryoga yaqin cho`llarda bu davrning xarobalari ko`p uchraydi.
 
Farg`onaning  CHjan  TSyan  safaridan  keyingi  davrda  qanday  bo`lganligi  haqida  yozma 
ma`lumotlar yo`q, lekin arxeologiya bu xususda ko`p ma`lumotlarni aniqlab berayotir.
 
Ko`pgina burjua sharqshunoslari O`rta Osiyodagi qadimgi madaniyatni yo`qqa chiqarib, bu 
erlarda madaniyat  faqat  eron davlati  ta`siri  ostida vujudga kelib, keyinroq  Iskandar  Zulqarnayn 
(Aleksandr  Makedonskiy)  istilosi  va  umuman  greklar  hukmronligi  ta`sirida  taraqqiy  qilgan, 
so`ngra  yana  xarobalikka  yuz  tutib,  faqat  arablar  istilosidan  so`ng  islom  dini  ta`sirida  yana 
ko`tarilgan  degan  fikrni  ilgari  surar  edilar.  Xorazmda,  G`arbiy  Buxoro  cho`llarida  va  umuman 
butun  O`zbekistonda  arxeologiya  yordamida  topilgan  narsalar  va  dalillar  esa  g`arbning  bu 
uydirmalarini fosh qilib tashladi.
 
Eroniylar   va    greklar    istilosigacha    hamda     undan keyin  bo`lgan moddiy madaniyat 
chetdan  kelgan  ta`sirning  yaqqol  izlari  emas,  albatta.  eron  pullari  Makedoniyadan  kelgan,  bu 
erda  rasm  bo`lgan  ba`zi  idish  shakllari  arxitektura  yodgorliklari  topilgan,  ammo  buni  chetdan 
kelgan moddiy madaniyat ta`siri tufayli O`rta Osiyo madaniyatida keskin siljish vujudga kelgan 
deb bo`lmaydi.
 
O`rta  Osiyoda  quldorlik  davrining  yuqori  taraqqiyoti  Parfiya,  Gretsiya,  Baqtriya  hamda 
Kushon  kabi  mahalliy  xukmronlar  zamonida  paydo  bo`ldi.  Bu  zamonda  qal`alar  bino  qilishda, 
sug`orish  kanallari  qurishda,  hunarmandchilik,  shaxar  hayoti,  yo`l  ishlari,  ichki-tashqi  savdo 


 
32 
hamda  san`atda  jiddiy  ko`tarilish  yuz  berganligida  sinfiy  munosabatlarning  keskinlashganligi 
ko`rinadi.  Bu  holat  yolg`iz  Xorazmda  topilgan  arxeologiyaga  oid  ashyolardangina  emas,  balki 
butun O`rta Osiyoda o`tkazilgan va o`tkazilayotgan tekshirishlardan ham yaqqol ko`rinib turadi.
 
Ilgari O`rta Osiyoning madaniy-siyosiy va iqtisodiy aloqalari haqidagi targ`ibot faqat eron 
hamda Old Osiyo bilan munosabat, «Eron ta`siri» degan gaplardan nariga o`tmas edi. Xorazm va 
Buxoro  viloyatida  o`tkazilgan  arxeologiyaga  oid  qazishlar  O`rta  Osiyo  xalqlari  Russiyaning 
markaziy rayonlari, ayniqsa Volga daryosining havzasida bo`lgan davlatlar bylan juda qadimdan 
muntazam  aloqada  bo`lib  kelganini  ko`rsatadi.  Daliliy  ma`lumotlar  qadimdan  boshlangan  bu 
aloqaning  ilgari  etarlicha  o`rganilmay  kelinganini  ko`rsatadi.  Bu  aloqaning  ko`pgina  qirralari 
kelajakda yana ham ravshanroq tekshirilishi shubhasizdir.
 
Otashparastlik  zardusht  (zaroastrizm)  dinining  rivoji  eronda  emas,  O`rta  Osiyoda 
bo`lganligi  arxeologlar  tomonidan  isbotlandi.  Buni  qazishmadan  topilgan  daliliy  ma`lumotlar 
tasdiqladi.  Milodimizdan  bir  necha  asr  burungi  yodgorliklarni  tekshirish  muhim  iarsalarni 
ochmoqda.  CHunonchi,  akademik  YA.G`.G`ulomov  1936  yili  Xorazmning  Mang`it  rayonidagi 
qubba tog` ustida zardushtiylarning qabristonini topdi. Unda katta hom g`ishtlardan qurilgan 60 
metrli  tor  bino  xarobasi  ichida  benihoya  ko`p  odam  suyaklari  topildi.  Suyaklarning  ko`miklari 
g`ajilgan,  ba`zi  mayda  suyaklar  mutlaqo  yo`q.  Suyaklarni  allaqaerdan  to`plab,  binoning  ichiga 
tashlay berganlar. Keyinchalik alohida kishilarning suyaklarini sopoldan yasalgan maxsus qutilar 
(ossuariylar) yoki ostadonlarga solib, o`sha binoda saqlaydigan bo`lganlar. 
Arxeologlar zardushtiylarning muqaddas kitobi sanalgan «Avesto»da ham qadimgi yunon 
yozuvlarida aytilgan marosimga duch kelganlar. «Avesto»da aytilishicha, qadimgi zardushtiylar 
o`likni  erga  ko`mishni,  suvga  tashlashni,  o`tda  kuydirishni  qattiq  gunoh  deb  hisoblaganlar. 
SHuning  uchun  o`likni  uzoqdagi  yalang`och  qoyalar  ustiga  eltib  tashlaganlar.  Uni  yirtqich 
hayvon  va  qushlar  eb  ketganidan  keyin  uning  suyaklari  uzoq  vaqt  quyosh  ta`sirida  qolib 
tozalangach,  yig`ib  olingan  va  boyagi  bino  —  «novus»da  saqlangan.  Suyaklarni  ossuariylarda 
saqlash  odati  keyingi  zamonlargacha,  ya`ni  O`rta  Osiyoda  musulmonchilik  keng  tarqalguncha 
davom  etgan.  Bu  xildagi  suyaklar  solingan  sopol  qutilar  hozir  O`rta  Osiyoning  ko`plab 
joylaridan topilmoqda.
 
Qoraqalpog`istonda  Jonbos  (YOnbosh)  qal`asini  qazishda  zardushtiylarning  otashkadasi, 
ya`ni  o`tga  topinadigan  ibodatxonasi  topilgan.  Qal`aning  darvozasidan  kirilgach,  to`g`ri 
ko`chaning  ikki  tomoni  ikki  imorat  bo`lib,  ko`cha  borib  qal`aning  to`rida  shu  otashkadaga 
taqaladi.  Uning  yonida  qal`aning  hokimi  turadigan  katta  bino  qoldig`i  topilgan.  Otashkadaning 
tashqari xonasi atrofiga supalar qilingan. O`rtada erda ovqat qoldiqlari, suyaklar, danaklar,  siniq  
idishlar  juda  ko`p  topilgan.  Ichkari  xonaning  devorlari  uzoq  yongan  olovdan  yaltirab  qorayib 
ketgan  bo`lib,  uyning  narigi  tomonidagi  maydonchada  benihoya  ko`p  kul  saqlanib  qolgan.  Bu 
kuldan  qisman  olovxona  uyning  ichidan  ham  topilgan.  Demak,  ichkarida  muqaddas  olov 
to`xtovsiz  yonib  turgan,  ziyoratga  kelganlar  tashqari  xonada  supalarda  o`tiruvchi  maxsus  din 
arboblari — «atrabon»larga o`z xddyalarini berib, ular orqali «olovning duosini olib» qaytganlar. 
Arxeologiya  ma`lumotlari  va  turli  e`tiqodlar  to`g`risida  saqlangan  xotiralarning  hammasi 
zardusht  dinining  vatani  xdmda  «Avesto»  kitobi  maydonga  kelgan  joy  O`rta  Osiyo,  ya`ni 
Xorazm  va  Balxda  bo`lib,  200  kiyik  terisiga  zarhal  harflar  bilan  yozilgan  bu  kitob,  1992  yili 
Dushanbeda  oddiy  qog`ozda  nashr  etildi  va  haqiqatdan  ham  uning  Vatani  o`lkamizda  ekanini 
tasdiqlaydi. 
Milodimizdan  avvalgi  III  asrdan  boshlab  O`rta  Osiyo  va  SHimoliy  Hindiston  Grek-
Baqtriya davlati, so`ngra Kushon hamda eftalit davlatlari qo`l ostida bo`lgan; o`sha zamondan bu 
ikki  mamlakat  orasida  ma`lum  munosabat  boshlangan.  Mavjud  yodgorliklar  bu  to`g`rida  juda 
ko`p ma`lumot beradi.
 
1933  yili  Termiz  rayonida,  Ayritom  degan  joyda,  budda  dini  ibodatxonasining  xarobasi 
topilgan.  Ibodatxonada  buddaning  haykali  va  boshqa  ibodatxona  qismlari  qatorida  toshdan 
yasalgan  odam  haykallari  topilgan;  ular  musiqa  chaluvchi,  xadyalar  tashuvchi  erkak  va  ayol 
haykallari  bo`lib,  ibodatxonaning  tashqi  tomon  karnizi  shu  haykallar  bilan  bezatilgan. 


 
33 
Haykallarning  qiyofasida,  kiyimlarida  Hindistonga  xos  belgilar  yorqin  bo`lib,  bu  san`at  ikki 
mamlakat orasidagi munosabatlarning samarasidir.
 
II    asrda  Kushon  davlati  budda  dinini  Hindistondan  O`rta  Osiyo  va  SHarqiy  Turkistonga 
tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko`targan. O`zbekistonda, ayniqsa uning janubiy rayonlarida 
va SHarqiy Turkistonda topilgan ko`plab buddizm yodgorliklari o`sha davrga qarashlidir.
 
III    asrda  eronda  moniy  dini  vujudga  keldi,  lekin  u  uzoq  saqlanmadi,  uning  tarafdorlari 
O`rta Osiyo va SHarqiy Turkistonga qochib o`tib,  ko`proq savdo  yo`li ustidagi shaharlarda bu 
dinni tarqatdilar.
 
Ba`zi      arxeolog      olimlar      o`rta      Osiyoda      topilgan  ko`plab  suratkashlik  va 
haykaltaroshlik  yodgorliklaridagi  tasvirlarning  murakkabligiga  qarab,  ularni  moniy  dini  bilan 
bog`lashga  harakat  qiladilar.  Aslida  bu  hol  Kushonlar  hukmronligi  davri      (I-II    asrlar)  — 
quldorlik   tuzumining   o`rta   Osiyo   sharoitida   eng   rivojlangan   davri    bo`lganligi    bilan    
bog`liqdir.    Bu davrda, bir tomondan, qabilalarning o`troqlikka ko`chib, sug`oriladigan   erlarda   
joylashish   jarayoni   kuchaygan - bo`lsa,    ikkinchidan,    quldor    aristokratiya    jamoalar erini  
tortib      olib,    o`zlashtira    boshlaydi,      shu    tariqa  jamoalar  o`z    ichidan  buzilib,    butun-butun  
qishloqlar quldor aristokrat «dehqon»larga tobe bo`lib qoladi. Bu feodalizmning kurtaklari edi.
 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish