34-mashq.
Bu o’rinda 34-mashqdan 37-mashqgacha bir qancha yuksak maxoratli
mashqlar berilgan. Bu mashqlar o’quvchilar uchun murakkab va og’ir bo’lishi
tabiiy, lekin pedagog ko’rsatmalariga amal qilsa tez o’rganishi mumkin. Kuy
boshida sekin, aniq xarakat bilan tezlashishga o’tish, bir tekisda nafas olish, ovoz
pardasini, bo’g’iz xarakatini yo’lga solishni o’rganish zarur. Soprano do major
ohanggi bilan, Metstso-soprano esa Si major ohanggida kuylanadi. Mashq to’liq
diapazon ovozida aytiladi. Nafas olish faol, akustik apparatlar me'yorida bo’lishi,
tanglay va bo’g’izni, iyak va og’iz xarakatini nazorat qilish kerak. Qorin
mushyaklarini tekis tortilishi natijasida mashq davomida nafas olishni yengil va
me'yorida bo’ladi.
470
Do'stlaringiz bilan baham: |