3-§. Psixologiya - inson sub’ektiv dunyosi xaqidagi fan sifatida.
Xar bir o’quvchi psixologik jixatdan individualdir, shuning uchun xar
birining vokal san’atidagi muvaffaqiyatlari turlidir. O’qituvchi psixolog bo’lishi
kerak, o’quvchida xonandalarga xos xislatlarni tarbiyalashi lozim. Inson ichki
dunyosini idrok etish, emotsional va iroda shakllariga ajratish odatdir. Idrok xis
etishdan boshlanadi, - psixologik protsessning eng oddiysidan, bizning ongimizda
xodisa va narsalarning xislatlarini yoritadi. Narsa va xodisalarni xis etish ongda bir
butun obraz yaratadi. Informatsiya qabul qilayotganimizda aql xam ishtirok etadi,
kerakligini ajratib, bir-biri bilan taqoslaydi, avval ko’rgani bilan solishtiradi.
Faoliyat davomida xonandadaning kasbiy xis tuyg’ulari rivojlanadi,
xususan - bu tovush xissi, tayanch xislaridir. Ijodiy faoliyat davrida o’qituvchi
o’quvchining kuzatuvchanligini rivojlantirishi kerak. Diqqatni oshirish, ongga
boshqa xech qanday narsaga axamiyat berishlikka yo’l bermaydi, qaysiki faoliyatni
muvaffaqiyatli bo’lishiga garovdir. Diqqatni doim mashq qildirish kerak, shunda u
doimo fikrni jamlay oladigan bo’ladi. Markazda faqat ijodiy maqsadni qoldirib,
xonanda ijro vaqtida diqatini juda ko’p ob’ektlarga taqsimlashi kerak.
Qo’shiqchilik faoliyatida eslab qolish
qobiliyati juda zarurdir, chunki xonanda
katta repertuarni, barcha texnik bilimlarni va qo’shiqchilik xissiyotini yodda
saqlashi kerak. Eslash qobiliyatini doim rivojlantirib turishi kerak, bunga doimo
ayrim informatsiyani eslab qolish, uni yodda tutish vaqt davomida uni eslashga
yordam beradi. Eslab qolingan materialni logika nuqtai nazaridan bir-biri bilan
bog’lash va qaytarish kerak. O’rgangan materialni yodda saqlab qolish, uni to’g’ri
218
ijro etishdir. Vokal pedagogikasi kabi artistik faoliyat uchun xam tasavvurga ega
bo’lish zarur. Ijodiyot fantaziya rivojiga asoslangan, xonanda fantaziyalash
xususiyatini doim boyitishi, faraz etish kuchini oshirishi lozim. Vokal o’qituvchisi
o’quvchining kelajagi qanday bo’lishini, uning ovozi qanday tus olishini oldindan
ko’ra bilishi kerak. Xissiyot bu insonning borliqqa bo’lgan munosabatidir.
Musiqa xissiyotni ochib beruvchidir, shuning uchun uni xissiyotlar tili deb
ataydilar. O’zmizda yaxshi emotsiyalarni uyg’ota bilishimiz lozim, ular faoliyatni
yaxshilaydi. Darsni shunday olib borish kerakki, o’quvchida yaxshi emotsiyalar
paydo bo’lsin. O’quvchida dars davomida yomon emotsiyalar paydo bo’lsa, u
darsga kelishni xoxlamay qoladi. O’quvchining emotsional xolati xar xil bo’ladi,
buni o’qituvchi doim esda saqlashi lozim. Ijro doim emotsional jilolar bilan boy
bo’lishi kerak, shuning uchun emotsional sust o’quvchilarda uni rivojlantirish
lozim. Xar bir xonanda eslab qolish qobiliyatini emotsiyaga tayanib rivojlantirishi
kerak. Lekin ijro davomida inson - ijodiy emotsiya bilan o’z emotsiyasini
aralashtirishi mumkin emas. Emotsiya albatta badiiy formada namoyish etilmog’i
kerak. Xis tuyg’ular boyligi inson ichki dunyosi to’lik bo’lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |