FDD — qayishqoq disklarda to‘plagich
FDD (
Floppy Disk Drive
) – qayishqoq disklar (floppi-disklar, disketalar)ni o‘qish/yozish
uchun qurilma. Ilgari diametrida o‘lchami ikki xil – 5,25
(133 mm) va 3,5
(89 mm) bo‘lgan
magnitli disklardan foydalanishar edi. Dasturlar doim shunday disklarda yetkazilardi. Hozir besh
dyuymli disklar yo‘q bo‘lib ketdi, lazerli disklar (CD-ROM) keng tarqalgani munosabati bilan uch
dyuymli disklar asosan informatsiyani bir kompyuterdan boshqasiga ko‘chirishda ishlatilmoqda.
o‘lchami 3,5
li qayishqoq diskga 1,44 Mbaytgacha informatsiyani yozish mumkin.
Ko‘p yillar davomida qayishqoq disklar diskovodi shunchalik standart qurilma bo‘lib qoldiki,
uni tanlashda hech bir da’vo yo‘q. Istalganini olsangiz o‘n yil davomida ajoyib ishlaydi. Tajriba
ko‘rsatdiki, bu – kompyuterning eng uzoq muddat xizmat qiluvchi qurilmasidir.
3,5
li diskovod ishonchliligi haqidagi gapning 3,5
disketalarga taalluqli joyi yo‘q. Ishlab
chiqaruvchi (va narxi)ga qarab ularga ishonchli emas yoki umuman ishonib bo‘lmaydigan qurilma
deb qarash kerak.
1. Disketalarning ashaddiy dushmani – chang. Ilgari, disketalar qimmat bo‘lgan paytlarda, har
bir disketa alohida plastikli paketda bo‘lar, bu paket uni changdan himoyalardi. Besh yil oldin
disketni ishlab chiqaruvchilar bunday paketlardan voz kechishdi va natijada disketalarning xizmat
muddati keskin qisqardi. Disketani ishdan chiqarish uchun uni bir marta himoyalanmagan holda
cho‘ntakda olib yurish yetarli bo‘lishi mumkin.
2. Disketani qog‘ozga o‘ramang – qog‘oz changli muhitdir. Eng yaxshi variant – disketani
alyumin folgasiga o‘rab olib yurishdir; u tramvayda va metroda tashqi magnit maydonlaridan ham
himoya qiladi.
58
3. Tanlash imkoni bo‘lganda plastmassa korobkalaridagi disketalarni oling. Ularda saqlangan
disketalarning «umri» uzoqroq bo‘ladi.
4. Uzrli sababsiz noma’lum ishlab chiqaruvchilarning disketalarini sotib olmang. BASF va
Verbatim markalari eng yaxshi hisoblanadi (ularda ham qalbakilari bo‘ladi). Teflon qoplamali
Verbatim disketalari qimmatroq turadi, lekin bunday qoplamalar changdan va qalbakilashdan
saqlaydi.
5. Disketalarda muhim ma’lumotlarni saqlaganda yoki transportirovka qilganda doim ikki
nusxa qiling. Informatsiyani oluvchi ma’lumotlarni olganligi haqida xabar bermaguncha bu
informatsiyani o‘z kompyuteringizdan o‘chirmang.
6. Disketada biror ma’lumot olsangiz, o‘sha zahoti disketa ishchanlik qobiliyatini tekshirib,
undan ma’lumotlarni kompyuterga ko‘chiring (ertasiga disketa o‘qiladimi yoki yo‘qmi noma’lum).
Do'stlaringiz bilan baham: |