7.4. EHM tashqi qurilmalari
EHM tashqi qurilmalari – ma’lumotlarni kiritish, chiqarish, tayyorlash va katta hajmli
informatsiyalarni xotirada saqlab qolish uchun foydalaniladigan EHM qurilmalaridir. TQlarning
farqli xususiyati shundaki, ular ish jarayonida informatsiya mazmunini o‘zgartirmagan holda,
ularning taqdim etilishi shaklini o‘zgartiradilar. Markaziy qurilmalarning tez takomillashtirilishi,
o‘lchamlarining kichiklashishi, narxining muntazam arzonlashib borishi TQlar ahamiyatining ortib
borishiga olib keldi. Hozirgi kunda TQlar narxi EHM narxining katta qismini tashkil qiladi, ularning
gabarit o‘lchamlari esa EHM o‘rnatiladigan xonaning o‘lchamlarini belgilaydi. Buning asosiy sababi
– TQ asosan elektromexanik qurilma bo‘lib, ularning tezkorligi, shtampliligi, gabarit o‘lchamlari va
boshqa xarakteristikalari cheklangandir.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |