Videoadapterlar
Videoadapterlar takomillashishning uzoq yo‘lini bosib o‘tishdi; birinchi personal
kompyuterlarda monitor sifatida turmushdagi televizorlardan foydalanishdi, hozirgilari esa
kompyuterni quvvatli grafikaviy stantsiyaga aylantirmoqda. Bu oraliqda plata va standartlarning bir
necha avlodi almashdi.
Dastlab
MDA
–
Monochrome Display Adapter
(displeyning monoxrom adapteri) standarti
paydo bo‘ldi.
MDA
platasi ekranga faqat alfavit-raqamli informatsiya – harflar va raqamlarni
chiqarish qobiliyatiga ega edi; hech qanday grafika va rang yo‘q edi.
MDA
ni almashtirgan CGA –
Color Graphics Adapter
(rangli grafika adapteri) nafaqat matnli,
balki grafikaviy rejimda ham ishladi va berilgan o‘n oltita rangdan to‘rttasi chiqishini ta’minlab turdi.
EGA
–
Enhanced Graphics Adapter
(yaxshilangan grafika adapteri) 64 rang palitrasidan
ekranga chiqadigan ranglarni 16 tagacha yetkazdi va ekranga chiqariladigan grafika sifatini sezilarli
yaxshiladi.
EGA
standarti paydo bo‘lishi bilan grafikaviy dasturlardan, jumladan birinchi Microsoft
Windows operatsion tizimlaridan, keng foydalanish boshlandi.
VGA
–
Video Graphics Array
videostandarti eng qulay, bugungi kungacha foydalanilayotgan
bo‘lib, asta-sekin
SVGA
(
Super-VGA
) standartiga o‘tdi.
VGA
ning birinchi platalari 262 144 rang
palitrasidan 256 rangni ekranga chiqardi. Keyinchalik
VGA
bilan birga mos keladigan juda ko‘p
platalar paydo bo‘ldi, ularda mumkin bo‘lgan rang tuslari 16,8 milliongacha etdi (
True Color
rejimi).
Videoadapterlarni ishlab chiquvchilarning umumiy intilishi – monitor ekranida asliga
maksimal yaqinlashgan mumkin qadar sifatliroq tasvirni olishdir. Bunda quyidagi: aks ettirilayotgan
ranglar sonini ko‘paytirish; aniq va har xil tasvirlash qobiliyatini orttirish; tasvirni ekranga chiqarish
tezligini tezlashtirish vazifalari doim bo‘ladi.
Aniq va har xil tasvirlash qobiliyati
(
разрешающая способность
) bevosita ekranga
chiqariladigan tasvirning alohida nuqtalari –
piksellar
bilan bog‘liq. Odatda gorizontal va vertikal
61
bo‘yicha piksellar soni haqida gapirishadi.
VGA
rejimida aniq va har xil tasvirlash qobiliyati –
640x480 nuqta. Bugungi kunda
SVGA
– 800
600, 1024
768, 1280
1024, 1600
1200 va undan ko‘p
nuqtalar rejimlari qo‘llanmoqda.
Bir paytda aks ettiriladigan ranglar sonini
rang chuqurligi
(
глубиной цвета
) yoki
rang
tasvirlash qobiliyati
(
цветовое разрешение
) deb atashadi. Rang tasvirlash qobiliyati tasvirning har
bir nuqtasi uchun xotiraning necha biti ajratilganiga bog‘liq. Sakkiz bit ajratilganda mumkin bo‘lgan
ranglar soni 256 (ikkining sakkizinchi darajasida)ta, 16 bit 65 536 rangni beradi – bu rejim
High
Color
deb ataladi,
True Color
(16 777 216 rang) rejimi piksellar rangini kodirovkalash uchun 24
bitdan foydalanilganda erishiladi.
Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, masalan bir nuqtaga 32 bit,
lekin bunda ko‘rinadigan ranglar soni ortmaydi. Qo‘shimcha razryadlarda saqlanadigan informatsiya
maxsus dasturlar tomonidan grafikani aks ettirish operatsiyalarini tezlashtirish uchun yoki poligrafiya
mahsulotini tayyorlashda kompyuterdan foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |