1.2. ALT tarkibi va strukturasi
Nimtizimlar ALTning tarkibiy strukturaviy qismi bo‘lib, loyihalovchi tashkilotning tashkiliy
strukturasi bilan chambarchas bog‘lanadi; ularda ixtisoslashgan vositalar kompleksi yordamida
ALTning funktsional tugal masalalar ketma-ketligi yechiladi.
Vazifasi bo‘yicha nimtizimlarni loyihalovchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga ajratishadi.
Loyihalovchi nimtizimlar.
Ular ob’yektga yo‘nalgan bo‘ladi va loyihalashning ma’lum
bosqichini yoki o‘zaro bevosita bog‘langan loyihalash masalalarining bir guruhini amalga oshiradi.
* Loyihalovchi nimtizimlarga misollar: buyumlarni eskiz loyihalash, korpus detallarini loyihalash, mexanik
ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |