Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari.
Loyihalash vaqtida rivojlanuvchi jarayon sifatida
davr (стадия)larga, bosqich (этап)larga, loyihaviy protseduralarga va operatsiyalarga ajraladi.
Murakkab tizimlarni loyihalashda loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va
texnikaviy takliflar, eskiz, texnikaviy, ishchi loyihalash, sinash va tadbiq qilish davrlari ajratiladi.
Loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar davrlarida
jamiyatning yangi buyumlari olishga ehtiyojini, sanoatning ushbu va qo‘shni sohalaridagi ilmiy-
texnikaviy yutuqlarni, mavjud resurslarni o‘rganish asosida texnikaviy ob’yektning vazifasi va uni
qurishning asosiy printsiplari aniqlanadi va uni loyihalash uchun texnikaviy topshiriq (TT)
shakllantiriladi. Bu davrlar
ilmiy-tadqiqot ishi
(ITI)
davri
deb ham ataladi.
Eskiz loyihasi davrida
(boshqachasiga tajriba-konstruktorlik ishi (TKI) davrida) bo‘lajak
ob’yekt funktsiya qila olishini belgilaydigan asosiy printsiplar va qoidalarning to‘g‘riligi va amalga
oshirila olishi tekshiriladi.
Texnikaviy loyiha davrida
loyihaning hamma qismlari har tomonlama ishlab chiqiladi,
texnikaviy yechimlar konkretlashtiriladi va detallashtiriladi.
Ishchi loyiha davrida buyumni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan hamma hujjatlar tayyorlanadi
(shakllantiriladi). So‘ngra tajriba qilish uchun mo‘ljallangan namuna yoki bir nechta namunalar
tayyorlanadi va sinaladi. Sinov natijalari bo‘yicha loyihaviy hujjatlarga zarur bo‘lgan tuzatishlar
kiritiladi va faqat shundan keyin tanlangan korxonada ishlab chiqarishga tadbiq qilish boshlanadi.
L o y i h a l a s h b o s q i c h i – bitta yoki bir nechta ierarxik darajalar va aspektlarga taalluqli
ob’yektning talab qilingan hamma bayonlarini shakllantirishni o‘z ichiga olgan loyihalash
jarayonining bir qismidir. Ko‘pincha bosqich nomi mos ierarxik darajalar va aspektlar nomi bilan bir
xil bo‘ladi. Masalan, texnologik jarayonlarni loyihalashni texnologik jarayonning printsipial
sxemalarini ishlab chiqish, marshrut texnologiyasini va operatsion texnologiyani ishlab chiqish va
24
dasturaviy-boshqariladigan texnologik jihoz uchun mashinali olib yuruvchilarda boshqaruvchi
informatsiyani olish bosqichlariga bo‘lishadi. Katta integral sxema (KIS)larni loyihalashda
komponentlarni loyihalash, sxematexnik, funktsional-mantiqiy va topologik loyihalash bosqichlarni
ajratishadi. Birinchi uchta bosqich o‘xshash nomga ega bo‘lgan funktsional aspektli uch ierarxik
darajali masalalarni yechish bilan bog‘liq. Topologik loyihalash bosqichi KISni loyihalashdagi
konstruktorlik aspektdagi hamma ierarxik darajalarga taalluqli bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi.
Loyihalash bosqichining tarkibiy qismlarini l o y i h a v i y p r o t s e d u r a l a r deb atashadi.
Loyihaviy protsedura – bosqichning bir qismi bo‘lib, uning bajarilishi loyihaviy yechimni olish bilan
tugaydi. Har bir loyihaviy protseduraga ushbu protsedura doirasida yechiladigan loyihalashning
qandaydir masalasi mos keladi. Loyihaviy protsedura tarkibiga kiruvchi loyihalash jarayonining
maydaroq tarkibiy qismi l o y i h a v i y o p e r a t s i y a l a r deb ataladi. Buyum chizmasini
shakllantirish, kuchaytirgich parametrlarini hisoblash, elektr dvigatelini qurish uchun namunaviy
konstruktsiyasini tanlash – loyihaviy protseduralarga, namunaviy grafikaviy tasvirni (tishli ilashma,
chizma ramkasi va sh.k.) chizish, kuchaytirgichning statik holatini bayon qiluvchi algebraik
tenglamalar tizimini yechish, elektr dvigatelning navbatdagi variantini qurishning effektiv
ko‘rsatkichlarini hisoblash – loyihaviy operatsiyalarga misol bo‘la oladi.
Shunday qilib, daraja va aspekt tushunchalari loyihalanayotgan ob’yekt haqida tushunchalarni
strukturlashga, bosqich tushunchasi esa – loyihalash jarayonini strukturlashga taalluqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |