Kosmosning tinch maqsadda o'zlashtirish.
Kosmos-dunyo miqiyosidagi muhit, insoniyatning umumiy mulki (boyligi) hisoblanadi. Kosmik dasturlar ancha murakkablashgan hozirgi vaqtda bu dasturlarni bajarish ko'plab mamlakatlar va xalqlarning texnikaviy, iqtisodiy, aqliy imkoniyatlarini jipslashtirishni talab etadi. Shu sababli kosmosni o'zlashtirish eng muhim xalqaro, global muammolardan biri bo'lib qoldi. Harbiy dasturlardan voz kechishni ko'zda tutuvchi kosmosni tinch maqsadlarda o'zlashtirish dasturi, eng yangi fan va texnika, ishlab chiqarish hamda boshqaruv yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |