Energetika va xom-ashyo muammolari.
Bular avvalo insoniyatni yoqilg'i va xom-ashyo bilan mustahkam ta'minlash muammolaridir. Insoniyatni resurslar bilan ta'minlash muammosi birmuncha keskinlashgan vaqtlar ilgari ham bo'lgan. Biroq bu muammo odatda tabiiy resurslari yetishmaydigan ayrim rayon va mamlakatlarga tegishli bo'lardi. U dunyo miqiyosida aftidan 70-yillarda birinchi marta namoyon bo'ldi va uning bir qancha sabablari bor edi. Ulardan biri-neft, tabiiy gaz va boshqa xil yoqilg'i hamda xom-ashyo turlari aniqlangan zahiralarning kamligi, tog'-kon ishlari sharoitning yomonlashuvi, qazib olish rayonlari bilan iste'mol rayonlari o'rtasidagi hududiy uzunlikning ortishi, kon qazish ishlarining tabiiy sharoiti nihoyatda og'ir bo'lgan yangi rayonlarga siljishi va shu kabilardir. Binobarin bizning davrimizda mineral resurslardan foydalanish va ularni qayta ishlab chiqarishi ilgarigidan ancha rasional (oqilona) olib borilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |