OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА MАXSUS
TА`LIM VАZIRLIGI
BUXORO DАVLАT UNIVERSITETI
«IQTISODIYOT» kafedrasi
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
“Iqtisodiyot» kafedrasi
_________________
“____” ___________ 2021 y.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan
“Global muammolar. Global muammolarning belgilari. Global muammolarning guruhlanish.” mavzusidagi
MUSTAQIL ISH
BАJАRDI: 5230100 - Iqtisodiyot
(tarmoqlar va sohalar boʼyicha)
taʼlim yoʼnalishi 3-2 IQT IM-19
guruh talabasi Jo`rayev Sunnatillo
TEKSHIRDI: «Iqtisodiyot» kafedrasi
Qudratov A.
Buxoro– 2021
Reja:
Global muammolar tushunchasi va mazmuni.
|
|
Global muammolarning turlari.
|
|
Global bashoratlar, goyalar va loyihalar
|
|
GLOBAL MUAMMOLAR TUSHUNCHASI VA MAZMUNI.
“Global muammolar” - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Global muammolarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan Global muammo — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bo`lgan Global muammo — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-a. oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |