Qo‟zg‟alish.
Qo’zg’alish qo’zg’aluvchan to’qimaning nisbiy, fiziologik
tinchlik holatidan faol faol holatiga o’tishidir. Qo’zg’alish murakkab hodisa bo’lib,
uning umumiy va o’ziga xos belgilari bor. To’qima qo’zg’alganda dastavval
umumiy belgilari yuzaga chiqadi: moddalar almashinuvi tezlashadi, turli miqdor va
sifat o’zgarishlari ro’y beradi, hujayra membranasining elektr zaryadi o’zgaradi.
So’ngra qo’zg’alayotgan to’qimaning o’zi uchun xos, maxsus bo’lgan reaksiyasi
kuzatiladi, masalan, muskul qisqaradi, nerv tegishli impulslarni o’tkazadi, bez shira
ajratadi (sekretsiya) va hokazo. Qo’zg’alishning umumiy qonuniyatlari nerv-
muskul preparatida o’rganiladi. Nerv-muskul preparati baqaning qovmich nervi va
boldir muskulidan tayyorlanadi. To’qima qo’zg’alganda kuzatiladigan asosiy
jarayonlardan biri bioelektrik hodisalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |