Sen nohaqsan
‖ desangiz, bu bilan uning obro`siga
putur etkazgan bo‘lasiz.
Juda kamchilik insonlar mantiqiy fikrlaydilar. Ko‘pchilik hayotga to‘g‘ri nazar
bilan qaramaydi, nimalargadir ishonadi, boshqa obro`-e‘tiborli shaxslarning
fikrlari bilan zaharlangan, o‘zi haqida juda yuqori fikrda, qizg‘anchiq,
maqtanchoq va o‘ziga juda ishongan bo‘ladi. Shuning uchun,ham ular o‘z odatlari
va ishongan narsalarini o‘zgartirishni istamaydilar. Fikringizni qat‘iy bildiradigan
so‘zlarni ishlatmang, ularning o‘rniga ―
Fikrimcha‖, ―Qo‘rqamanki‖, ―Faraz
qilamanki‖, ―Menimcha
‖ degan so‘zlardan foydalanganingizma‘qul.
Agar, nohaq bo‘lsangiz – buni tanoling!
Agar, suhbat davomida qo‘qqisdan nohaq ekanligingizni bilib qolsangiz,
hamsuhbatingizdan avvalroq buni tan oling. Bunda hamsuhbatingiz payqab
qolganidan so‘nggi uning ayblovidan avvalroq o‘zingizni-o‘zingiz tanqid qiling.
O‘z shaxsiy xatolarini tan olmoqlik insonni umumiy darajadan yuqori qo‘yadi va
uning qalbini yaxshilik hamda tantana bilan to‘ldiradi. Esingizda tursin: ―
Janjal
bilan ko‘p narsaga erisha olmaysan, lekin, kelishish bilan kutganingdan ham ko‘p
narsa olishingizmumkin
‖.
Inson qalbiga eng to‘g‘ri yo‘l topish uchun unga hech qachon bosim
371
ko‘rsatmang, uni hech nimaga majbur qilmang va hech kimni o‘z nuqtai-
nazaringizni va fikringizni tan olishga majbur qilmang. Agar, boshqa
odamlarning o‘z fikringizga qo‘shilishlarini istasangiz, avval boshdanoq ularga
do‘stona uslubda muomalaqiling.
Suqrotning muloqot qilish siri (
insonni ―Ha‖ deyishga majbur qiling).
Biror bir inson bilan suhbat qilishda hech qachon u bilan Siz va u turli xil
fikrlarda bo‘lgan muammolar mavzusidan gap boshlamang va zinhor bu haqda
munozara qilmang. Avval boshdan u bilan bir fikrda bo‘lingan masalalar haqida
gapiring va bularga urg‘u bering. Suhbat davomida doimo ikkalangiz bir maqsad
yo‘lida harakat qilayotganingiz haqida gapiring va ikkalovingiz orangizdagi farq
masala mohiyatida emas, balki uni hal qilish usullarida ekanligiga alohida urg‘u
bering. Hamsuhbatingiz avval boshdanoq ―Ha, Ha‖ degan gaplarni gapirsin, unga
―yo‘q‖ deyishga iloji boricha imkon bermang. Har qanday inson biror bir fikrni
aytgandan so‘ng, unga rioya qilishga majbur bo‘ladi, shuning uchun, bu uni ―Ha‖
deb javob berishga undash, maqsadga erishish yo‘lida sehrli kalit bo‘lib xizmat
qiladi.
Shikoyatlarni ko‘rib chiqishda yordam beruvchiusul.
Hamsuhbatni o‘z fikringizga ishontirish kerak bo‘lganda o‘zingizning juda
ko‘p gapirishingiz juda ham qo‘pol xato bo‘ladi. Insonlarga biror bir narsani
zo‘rlab sotish mumkin emas, ular istasalargina Sizdan nimadir sotib oladilar. Bu
holda ham Siz shikoyat qilgan insonga o‘z fikringizni sotishingiz kerak bo‘ladi,
shuning uchun, ularda bunga istak uyg‘otishingiz maqsadga muvofiq. Esingizda
tursin: fikringizni uqtirmoqchi va biror bir amaliy natijaga erishmoqchi
bo‘lsangiz, iloji yuoricha ko‘proq vaqt hamsuhbatingiz gapirsin. Siz esa asta-
sekin va ehtiyotkorlik bilan unga fikringizni tushuntirishingizmumkin.
14-TOPSHIRIQOmma e‘tiborini qaratishusullari.
Ushbu bo‘limda biznesga oid ommaviy muloqot yoki tadbirkorlikka ommani
jalb qiluvchi ma‘ruzalar qilishda qanday qilib o‘z-o‘ziga ishonchni kuchaytirish
372
va ko‘pchilik oldida ma‘ruzalar qilishdan cho‘chimaslik qobiliyatini rivojlantirish
muammolari haqida gapirib o‘tamiz. Yaxshi ma‘ruzachi (
orator
) bo‘lish uchun
quyidagi to‘rt asosiy qoidaga rioya qilish kerakbo‘ladi:
Birinchi qoida: Ma‘ruzangizni o‘z maqsadingizga erishish yo‘lida kuchli
harakat va ehtiros bilan boshlang. Bilib qo‘ying, inson bolasi ega bo‘lgan hech
qanday qobiliyat unga yaxshi gapira olish san‘ati kabi tezlik bilan ko‘pchilikka
tanilish va xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish imkonini yaratmaydi. Ta‘sirli
ommaviy ma‘ruzalar o‘qiy olish san‘atini mukammallashtirish uchun katta ruhiy
intilish lozim va shuning uchun, ham qiziqish bilan ishga kirishing, orqaga
chekinish mumkin bo‘lgan barcha ko‘priklarni yoqib tashlang, shunda g‘alaba
Sizga yorbo‘ladi.
Ikkinchi qoida: Nima haqida gapirayotganingizni va nimalarni tushuntira
olishingizni juda yaxshi, ipidan ignasigacha bilishingiz kerak bo‘ladi. Agar, Siz
o‘z ma‘ruzangizni yaxshi rejalashtirmagan bo‘lsangiz, Siz boshqa bir ko‘r kishini
yetaklamoqchi bo‘lgan ko‘rga o‘xshab qolasiz. Agar, Siz biror bir narsani
gapirishingiz kerak bo‘lsa, gapira olsangiz va bu sohani yaxshi bilsangizgina
ma‘ruza qiling. Gapirib bo‘lgandan so‘ng, minbarda ko‘p qolib ketmasdan
joyingizga o‘tiring. Agar, ma‘ruza qilayotgan chog‘ingizda u bilan bog‘liq biror
nimanidir ko‘rsatsangiz yoki hayotiy misollarnamoyishetsangiz, auditoriyaga
mavzu yanada tushunarli bo‘ladi va Siz ham ko‘pchilik oldida o‘zingizni yo‘qotib
qo‘ymaysiz.
Uchinchi qoida: Ma‘ruza bo‘layotganda o‘z-o‘zingizga va yoritilayotgan
mavzuga qat‘iy ishoning, aks holda boshqalarni bunga ishontira olmaysiz.
O‘zingizni botir va har narsaga qodir his etish uchun butun irodangizni safarbar
qiling va shundagina qo‘rqinch hissiyotlari ishonch bilan almashiniladi.
Auditoriya oldida turganda taxminan 30 sekund davomida chuqur nafas oling –
bu Sizda kislorod tanqisligining oldini oladi. Yuragingiz qanchalik urib ketsa
ham, hech cho‘chimasdan oldinga chiqing va o‘zingizni bu ish Sizga juda
yoqimli ekanini ko‘rsatishga harakat qiling. Gavdangizni to‘g‘rilang,
373
tinglovchilarning ko‘zlariga tik qarang va shunchalik ishonch bilan gapiringki,
xuddi ular Sizdan ma‘lum bir miqdorda pul qarzday bo‘lsin. Ular bu erga to‘lov
muddatini kechiktirish uchun kelishgan deb faraz qiling. Asabiy holatda
kostyumning tugmalarini echib va yana taqib harakat qilmang, qo‘lingizdagi
narsani asabiy holatda u qo‘ldan bu qo‘lga olishni bas qiling va aslo qo‘lingiz
bilan ma‘nisiz harakatlar qilmang. Agar, asabiy harakatlardan to‘xtash Siz uchun
qiyin bo‘lsa, u holda qo‘lingizni orqaga qilib, barmoqlaringizni qimirlating yoki
oyoqlaringiz barmoqlarini qimirlating, toki bu harakatlarni hech kimsa ko‘rmasin.
Mebel yoki boshqa narsalarning orqasiga berkinishga harakatqilmang.
To‘rtinchi qoida:
Do'stlaringiz bilan baham: |