20
hamda ―Ta‘lim to`g`risida‖gi qonun oliy o`quv yurtlari zimmasiga barcha
fanlar qatori rus guruhlarida o`zbek tili ta‘limini yanada takomillashtirish
vazifasini qo`ydi. Jumladan, bo`lajak iqtisodchi-pedagoglarni, oliy o`quv
yurtining rus guruhlaridagi talabalarni iqtisodiyot materiallari asosida davlat
tili – o`zbek tilidan foydalanishga o`rgatish, og`zaki va yozma nutqlarini yanada
takomillashtirish, ularning siyosiy-ijtimoiy sohada hamda iqtisodiyot doirasida
turli matnlar tuza olish va matnlarni isloh qilish malakalarini shakllantirish,
muayyan nutqiy vaziyatlarda tilga xos grammatik bilimlarni berish dolzarb
vazifalardan biridir.
Hozirgi chet tillarini o`rganishga qiziqish kuchaygan bir vaqtda davlat
tili – o`zbek tilini o`rganishga bo`lgan ehtiyoj ham sezilarli darajada
ortmoqda. Ma‘lumki, rus guruhlarida o`zbek tilining to`liq grammatikasini
nazariy fikrlar asosida tushuntirish ancha qiyinchiliklarni tug`diradi.
Talabalarning ham o`zlashtirishlari oson kechmaydi. Shuning uchun
rusiyzabon talabalarga o`zbek tili fanini o`qitishning ham oson, ham samarali
usullaridan foydalangan ma‘qul. Buning uchun har bir o`qituvchi pedagog
zamon talablari asosidagi bilim saviyasiga, yetuk malaka mahoratiga ega
bo`lmog`i lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar jadal sur‘atlar bilan ta‘lim
sohasiga kirib kelmoqda. Bu jarayon ta‘limning an‘anaviy usullarini
takomillashtirishda, darsning yangicha usullaridan unumli foydalanishda,
darslarni elektron versiya, multimedia hamda slaydlar vositasida o`tishda
takomillashishi mumkin. Bunda talaba yangi mavzuni faqatgina eshitib
qolmay, balki slaydlarni ko`rish orqali tezroq qabul qiladi.
Rus guruhlarida o`zbek tili grammatikasidan, nazariy bilimlardan
matnlar va misollarga qarab emas, aksincha, matnlarni og`zaki va yozma
tarzda ishlash orqali o`zbek tilining grammatikasini tushuntirib borishga
erishish kerak. Chunki talabalar matnni osonroq qabul qiladilar. Matndagi
murakkab so`zlarning ma‘nosini aniqlash orqali ular lug`at bilan ishlashni
o`rganadilar. Iqtisodiyotga oid matnlardan foydalanganda talabalar iqtisodiy
terminlar bilan tanishadilar, ularning o`zbek va rus tilidagi muqobillarini
21
topishga harakat qiladilar. Rus guruhlarida o`zbek adabiyotining
namunalaridan foydalanish ham talabalarning og`zaki nutqlarini o`stirishga,
badiiy nafosatni his qilishlariga yordam beradi. Lirikaning go`zal parchalarini
yod olish, hikoya va qissalarni ifodali o`qish, xalq maqollari va hikmatli
so`zlarni o`rganish orqali ham talabalarning o`zbek tiliga bo`lgan
qiziqishlarini orttirish mumkin. Tilni o`rganish, uning nozik qirralarini ilg`ash,
tilga bo`lgan e‘tiborni kuchaytirish orqali talabalarning ma‘naviyatini
shakllantirish, ularning ma‘naviy yuksalishiga ko`maklashish lozim. Umuman
olganda, o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan dars usullari doimo
talabalarning darsga bo`lgan qiziqishlarini orttirishga, mavzularni yengilroq
o`zlashtirishlariga yordam beradi. Dars usullarining rang-barangligi esa
pedagogning mahoratiga bog`liqdir. Shuningdek, talabalarda tilni anglash
hissini o`stirish ularning ma‘naviyatini boyitishga xizmatqilishini unutmasligimiz
kerak.
Til va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liq, ammo ayni paytda bir-biridan
farqlanishi kerak bo`lgan hodisalardir. Tilsiz nutqning, nutqsiz tilning mavjud
bo`lishi mumkin emas. O`zbek adabiy tilining asoschisi ulug` Alisher Navoiy
"Mahbub ul-qulub" asarida so`zning sharafli sifatlari haqida so`zlash asnosida til va
nutq munosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon qiladi: "Til muncha sharaf
bila nutqning olami (quroli) dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa,
tilning ofatidur." Demakki, til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib nutq
tuziladi, nopisandlik, e‘tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo`lmaydi va bu tilning ofati
bo`ladi. Til va nutq bir-biridan farq qiladigan, lekin o`zaro aloqador ikki ijtimoiy,
ruhiy-ma‘naviy hodisadir. Ya‘ni til aloqa quroli, fikr bayon qilish vositasi bo`lsa,
nutq so`zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon
Do'stlaringiz bilan baham: