6-topshiriq.
Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering.
Til va nutq.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg`u bo`lsa, bu millatning milliy
o`zligini anglash tuyg`usidir. Milliy o`zlikni anglashning birinchi belgisi esa bu
milliy tilni bilish demakdir. Til nafaqat aloqa vositasi, balki milliy
madaniyatning ulkan yutug`i, xalq ma‘naviy hayoti rivojining ko`zgusi
hamdir. Til shu til egasi bo`lgan xalqqa kuch va qudrat, ruhiy barkamollik
beradi, milliy faxr-iftixor tuyg`usini shakllantiradi. Shaxsning madaniy va
ma‘naviy saviyasi uning ona tilini mukammal bilishi bilan belgilanadi. O`z
ona tilisini bilmagan kishi boshqa xalqlarning tillarini bilgan taqdirda ham
uning qadriga yeta olmaydi.
Ta‘lim sohasida ham davlat tilining mavqeini tiklashga yo`naltirilgan
sa‘y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖
Do'stlaringiz bilan baham: |