«Siz mijozlar to‘g‘risida qayg‘ursangiz, bozor Sizning xaqingizda
qayg‘uradi».
Shunga bog‘liq ravishda g‘arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatga
erishish formulasi juda hamoddiy:
«mablag‘ - harakat - malakalilik - odamiylik»
Insonlar orasida yaxshi odam degan fikr uyg‘otish juda ham murakkab,
buning uchun o‘nlab yillar ketishi mumkin. Buni ko‘pincha reputatsiya yoki imidj
deb atashadi, ya‘ni, ma‘lum bir insonning jamiyatdagi bahosi, xurmati, e‘tibori
qanday, unga boshqa insonlar qanday muomala qiladilar. Lekin, ushbularni
343
birgina qaltis harakat, gap yoki ish bilan bir zumda va tamomila yo‘qotish
mumkin. Masalan, biror-bir ishni o‘z vaqtida bajarmadingiz, vaqtida birovga
qo‘ng‘iroq qilmadingiz, xatiga javob bermadingiz, odobsizlik namunalarini
bisyor qilib ko‘rsatdingiz va xokazolar. Reputatsiyani yuqori darajada ushlab
turish uchun hamma narsa muhimdir. Masalan, kiyinish madaniyati, gapirish
madaniyati, jamoada o‘zini tutish madaniyati, ofisning ko‘rinishi va intereri
hamda boshqa bir qancha, ko‘rinishdan mayda-chuyda tuyulgan elementlar juda
katta va hal qiluvchi ahamiyatga molik bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun
ham etakchi tadbirkorlarning quyidagi fikriga qo‘shilmasdan aslo ilojimizyo‘q:
―Foyda biz uchun juda muhim, lekin jamiyatdagi obru-e‘tiborimiz bizga
undan ham muhimdir‖
Barchaning ko‘ziga birinchi bor va yaqqol tashlanadigan liboslar va
kiyinish madaniyati qisqacha haqida so‘zlashib olamiz. Ko‘pchilikka ma‘lumki,
ko‘p joylarda Sizni kiyimingizga qarab kutib olishadi yoki mulozamat qilishadi.
«
To‘nim eya qol
» degan maqolni eslang. Sizning kiyimingiz, tashqi
ko‘rinishingiz Sizning o‘ziga xos va juda muhim tashrif qog‘ozingiz bo‘lib
hizmat qilishi hech kimga ham sir emas. Biror-bir kishi bilan uchrashganda,
uning bir og‘iz ham gapini eshitmasdan turib, uning kiyimi, ko‘rinishi va o‘zini
tutishiga qarab, u to‘g‘risida ma‘lum bir tushunchaga ega bo‘lishingiz mumkin.
Shuning uchun ham ko‘pgina muvaffaqiyatli ish yuritayotgan va rivojlanayotgan
firmalar o‘z xodimlaridan chiroyli kiyinishni hamda o‘z tashqi ko‘rinishlarini
yaxshi saqlashni talab qiladilar. Bunda tashqaridan tashrif buyurgan insonlar
kompaniya xodimining tashqiko‘rinishini tashkilotning jonli timsoli
sifatida qabul qiladilar.
Ishbilarmon va muvaffaqiyat qozonayotgan inson harakatchan bo‘lib,
unda faqat o‘zininggina emas, balki boshqalarning ham muvaffaqiyatini
ta‘minlab berish uchun etarli bo‘lgan kuch va ichki energiya mavjuddir. Agar
Sizda o‘zingizning tashqi ko‘rinishingizni sarishta qilib yurishga vaqt, kuch va
imkoniyat hamda aql-farosat topilgan ekan, demak Siz xaqiqatan ham
344
muvaffaqiyat qozonishi aniq bo‘lgan insonsiz. Yaxshi va sarishta kiyingan
holatda Siz o‘zingizning fikringiz va qalbingizdagi idealga tobora yaqinlashasiz,
ya‘ni, shu kiyimingiz bilan shu bugunning o‘zida o‘zingiz intilayotgan ideal sifat
bo‘lib qolasiz.
Sizning asosiy vazifangiz har bir turga mansub insonlar ichki dunyosiga yo‘l
topish, ularga o‘zingizni muvaffaqiyat qozonishi aniq bo‘lgan va ishonchli inson
sifatida ko‘rsatishdir. Xuddi shu vaqtning o‘zida ular Sizni o‘zlaridek omadli va
aqlli deb qabul qilishlariga intilishingiz lozim. Boshqa so‘zlar bilan aytganda,
Siz o‘zingizni shunday ko‘rsatishingiz kerakki, ular Sizda o‘z ideallarining bir
qismini ko‘rsinlar. Ustki kiyimning did bilan tanlanishi bu xolda katta yordam
beradi. Agar Siz qanday turdagi insonlar orasiga borishingizni oldindan
bilsangiz, iloji boricha ular kabi va o‘sha erda qabul qilingan libos tanlash va
kiyinish harakatini qiling, shunda ular Sizni o‘z odamlaridek qabul qiladilar.
Agarda bunga qo‘shimcha ravishda salgina did bilan kiyinsangiz, Sizni juda ham
omadli inson sifatida qabul qiladilar. Kezi kelganda shuni ham aytib o‘tish
kerakki, boy insonlar bilan, davlat apparati xodimi bilan, uy bekasi yoki talaba
bilan uchrashuvga borilganda, albatta shunda mos ravishda kiyinish lozim
bo‘ladi. Lekin shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, qimmat va didsiz
kiyingandan ko‘ra, oddiy, lekin did bilan tanlangan libos kiyish ma‘qulroqdir.
Insonning o‘zini tutishi, mimikasi va o‘tirish usuli ham muzokaralar
natijasining ijobiy/pozitiv va muvaffaqiyatli bo‘lishiga bevosita ta‘sir qiladi. Siz
bilan muzokara olib borayotgan tomonning ruxiy/psixologik holatiga Sizning u
yoki bu harakatingiz ijobiy yoki salbiy ta‘sir o‘tkazishi mumkin. Avvalo, Sizning
emotsional holatingiz unga bevosita ta‘sir o‘tkazadi. Agarda Siz unga nisbatan
sokin va qiziqish munosabatida bo‘lsangiz, u ham Sizga shunday munosabatda
bo‘ladi. Mabodo Siz unga nisbatan qo‘rqinch, ishonchsizlik bilan muomala
qilsangiz, unga ham bu munosabat virusli kasallikka o‘xshab o‘tib qolishi
mumkin. Oyoqlarni chalishtirib o‘tirish, qo‘llarni ko‘krakda birlashtirib o‘tirish,
345
barmoqlarni musht qilib tugish insonning xarakteri ochiq emasligini, qo‘rqinchni
va xavfni bildiradi. Qo‘l bilan tez-tez harakatlar qilish, ko‘rsatgichbarmoq
bilan so‘zini tasdiqlash muzokara olib borilayotgan tomonga qo‘shimcha manfiy
ta‘sir ko‘rsatadi. Ishonch va yaqinlik xissiyotlari qo‘lni ochiq tutish bilan, tana
a‘zolari harakatlarini engillik bilan bajarish orqali va o‘zini sokin tutish bilan
hosil qilinishi mumkin. Agarda harakatlar yurakdan chiqarilsa, u sahiylikni,
ko‘ngli tozalikni va sevgini bildiradi. Sevgi bor joyda hasadga va qo‘rqinchga joy
yo‘q deb bejiz aytmaganlar, albatta. «
Har kim o‘ziga mos suhbatdosh bilan birga
bo‘lishni xohlaydi
», - degan fikrni qo‘llash ham yaxshi natijalarga olib keladi.
Masalan, Siz o‘z suhbatdoshingizning diqqat-e‘tiborini o‘zingizga qaratmoqchi
bo‘lsangiz, uning falsafasini, intilishlarini va qiziqqan narsalarini o‘rganib
chiqing hamda iloji bo‘lsa, suhbat paytida uning qo‘l va tana a‘zolarining maxsus
va diqqatga sazovor harakatlaridan nusxa oling hamda uni maqsadga muvofiq
tarzda qo‘llang. Lekin buni shunday qilish kerakki, bu harakatlar yaqqol ko‘zga
tashlanmasin, ya‘ni, me‘yor bilan va odob doirasida amalga oshirilsin.
Muzokaralar olib borayotganda suhbatdoshingiz bilan qanday masofada
gaplashayotganingiz ham muhim ahamiyat kasb qiladi. Har bir insonning shaxsiy
biomaydoni xilma-xil bo‘lgani uchun, shunday masofa tanlash kerakki, bunda
uning biomaydoniga kirib, uni noqulay ahvolga solib qo‘ymaslik kerak. O‘z
ahamiyatingizni oshirish uchun, masalan, o‘zingiz kresloga o‘tirib,
hamsuhbatlaringizni stullarga o‘tqazib qo‘yishingiz mumkin. Hamsuhbatlar bir
xil balandlikdagi stullarda o‘tirishganda, Siz sal balandroq stulda o‘tirishingiz
yoki tik turib gaplashishingiz mumkin.
Tadbirkor sifatida biror-bir tovar yoki xizmatni kimgadir taklif qilayotganda
aksariyat ko‘pchilik xollarda taklifingiz nayzalar bilan qarshi
olinadi va ba‘zilar taklifingizga qat‘iyan qarshi bo‘ladilar. Bu xol Sizga ham ta‘sir
qilib, ishingizga ishonchsizlik tug‘dirishi, olg‘a qadam bosishga halaqit berishi,
noumidlik xolatini yuzaga keltirishi mumkin. Bunda Sizdan bir narsa talab
346
qilinadi, ya‘ni bu xolatlarga falsafiy yondashish va ulardan tegishli xulosa
chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |