hamkorlar, hamkasblar yoki dushmanlar
) kerakli paytda va kerakli
joyda xuddi shu nozik tomoningizga tuzatib bo‘lmas zarba berishlari mumkin.
Shuning uchun, og‘riyotgan joyingiznihech kimsa bilmasin, shunda bu joyingizga
zarba berish dushmanlarning hayoliga ham kelmaydi. Ishingizning eng katta
foyda keltiradigan sifatini ham hech kim bilmagani ma‘qul, aks holda, olayotgan
foydangizdan yoki uning kattagina qismidan mahrum bo‘lishingiz mumkin.
Suhbat qilish san‘ati yaxshilab egallab oling, chunki, suhbatdagina
insonning asli kimligi ayon bo‘ladi. Xat yozayotganingizda o‘ylash uchun ancha
vaqt bo‘ladi, ammo, suhbat tezkorlik bilan fikrlashni talab qiladi. Suhbatda
yoqimli bo‘lish uchun hamsuhbatning ruhiyati va aqliga mos kelish kerak
bo‘ladi. Ammo, suhbatda juda ehtiyot bo‘lish kerak bo‘ladi, chunki, gap aytish
oson, uning uchun javob berish va isbotlash esa qiyin. Gapirgan gap – otilgan o‘q
deb bejiz aytmaganlar! Mayda-chuyda narsalar haqida gapirib turib, o‘zingiz
uchun muhim bo‘lgan ma‘lumot olish uchun imkoniyat qidiring. Suhbat
davomida tez- tez to‘xtab qoladigan odamni ishontirish oson. Bu esa suhbatda
yutib chiqish imkonini yaratadi. Suhbatda chiroyli so‘zlardan ko‘ra, aql bilan ish
ko‘rish muhimroq bo‘ladi.
Har bir hodisa ketidan nima kelishi mumkinligi haqida fikrlab oling.
Ertaga, indinga va bir necha kundan so‘ng nimalar bo‘lishi mumkinligini bilib
olishga harakat qiling. Agar, shunday qilsangiz, og‘ir yo‘qotishlardan o‘zingizni
himoya qilgan bo‘lasiz. To‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik uchun butun umringiz
davomida o‘ylab ishqiling.
Axmoqlardan uzoqroq yuring, chunki, sizning kimligingizni atrofingizdagi
insonlar va oshna-og‘aynilaringizga qiyos qilib, bilib olishadi. Muvaffaqiyatga
121
erishish uchun omadli va hayotda nimagadir erishgan insonlarga yaqin yuring.
Juda ham muvaffaqiyatli va omadli bo‘lsangiz, ko‘proq o‘rtacha insonlar bilan
muloqot qilganingiz ma‘qul. Shunda ko‘pchilik orasida obro`-e‘tiboringiz va
hurmatingiz oshadi.
Ishonishga shoshmang va tez sevib qolmang. Agar, turli xil insonlarga
tezda ishonib qolsangiz, keyinchalik afsus-nadomatlarqilishingiz mumkin.
Yoddan chiqarmang – nafaqat so‘zlar bilan, balki qandaydir ishlar va amallar
bilan ham aldaydilar. Do‘st tanlashga shoshilmang, chunki, insonni uning
do‘stlariga qiyoslab, muomala qiladilar. Aqlli inson nodonlar bilan muloqot
qilmaydi. Har qanday do‘st sinovlarda tekshiriladi. Tasodifiy do‘st yaxshi do‘st
bo‘lolmaydi, sinalgan do‘st eng yaxshi do‘st hisoblanadi. Do‘stlik dardni
yengillashtiradi va qiyinchiliklarni kamaytiradi. Yaxshi do‘st bo‘ladiganlar juda
kam, ammo, do‘st tanlashni bilmaydiganlar uchun do‘stlar undan ham kam
bo‘ladi. Do‘st topishdan ko‘ra, uni yo‘qotish osonroq - shuning uchun, do‘stlarni
iloji boricha, asrab-avaylang.
Doimo
o‘zingiz uchun zahira qoldiring,
chunki, bu g‘alabani
ta‘minlashning asosidir.
Barcha narsangizni, kuchingizni va
imkoniyatingizni
birdaniga
ishlatib yubormang. To‘liq
g‘alabaga
erishishda zahira katta ahamiyatga ega, chunki, unishart-sharoitgamos
ravishdaaqlbilankeraklivaqtdavakeraklijoydaishlatishmumkin.
Hech
nimasi
qolmagan
va
barcha
holatda
ham
hech
nima
yo‘qotmaydiganlar bilan aloqa qilmang va ular bilan kurashmang, chunki, ular
barcha narsalarini allaqachon yo‘qotganlari uchun, har qanday ishga ham qodir
bo‘ladilar, ular uchun hech qanday tartib-qoida bo‘lmaydi. Ularda ma‘naviy
tayanchlar va insof-odob tushunchalari yo‘qolgani tufayli, umuminsoniy
qadriyatlar ham batamom yo‘qoladi va sizning ham ular bilan aloqa
qilganligingiz uchun omma oldidagi obro`-e‘tiboringizga putur tegadi. Kurashga
kirishishdan avval raqibingizni chamalang va agar, uning mavqei siz bilan teng
122
bo‘lsagina, u bilan bellashishingiz mumkin («
Do'stlaringiz bilan baham: |