shohning dushmani shoh, gadoniki
esa gado» - deb bejizaytmaganlar
).
Maslahat so‘rashdan tortinmang, chunki, bu sizni kamsitmaydi, balki sizga
nisbatan e‘tiborni orttiradi. Maslahatga quloq solish va shunga mos ravishda
harakat qilish aql yetukligidan nishona beradi. Yuqori mansabdagilar bilan juda
ham yaqin bo‘lish xavfli, pastdagilarbilan juda ham yaqin bo‘lish esa, obro`ga
putur etkazishi mumkin. Hech qachon yolg‘on gapirmang, ammo, haqiqatni
ham to‘liqgapirmang, chunki, haqiqat bilan juda ehtiyot bo‘lib muomala qilish
kerak. Bir marta aldasangiz, sizning rostgo‘y inson sifatidagi ta‘rifingizga tuzatib
bo‘lmas dog‘ tushadi. Aldanganni sodda odam deb bilishadi, ammo, aldoqchini
esa firibgarga chiqarib qo‘yishadi. Barcha haqiqatni ham gapirib bo‘lmaydi, ba‘zi
haqiqatlarni o‘zingizning foydangiz uchun bildirmaganingiz ma‘qul bo‘lsa,
ba‘zilarni esa boshqa insonlar foydasi uchun aytmaganligingiz ma‘qul. Mansab
tashqi ko‘rinishga zeb beradi, ammo, bu shaxsning ichki ma‘naviy holatiga juda
ham kam ta‘sir qiladi. Taqdir ba‘zi insonlarga katta mansablar berib, ular
qalbining kamchiliklarini yo‘qotishga harakat qiladi deyish ham mumkin.
Mansab egalarining tasavvuri juda ham ilgarilab, o‘z imkoniyatlari doirasidan
ko‘ra ko‘proq narsalarga erishishga intiladi va bu bilan tuzoqqa tushib qolishadi
(«
tekinga o‘rgansa baliq, qarmoqqa ilinishi aniq» - deb bejizaytmaganlar
).
O‘jar bo‘lmang, chunki, barcha kaltafahmlar o‘jar, o‘jarlar esa kaltafahm
bo‘ladilar. Tortishuvda o‘jar bo‘lsangiz, foydadan ko‘ra ko‘proq zarar ko‘rasiz,
haqiqatning tagiga etolmaysiz, hamda ko‘pchilik orasida tarbiya ko‘rmagan inson
sifatida tanilasiz. O‘jarlik fikr yuritishingiz tavsifi emas, balki istak-
xohishlaringizga intilishda sizning irodangiz tavsifi bo‘lishi kerak.
Sizni juda ham maqtaydiganlar va sizga tilyog‘lamalik qiladiganlarga
ishonmang. Ba‘zilar maqtov va yaltoqlik bilan maqtovga o‘ch bo‘lgan
mansabdorlar pinjiga kirib oladilar. Vaqt o‘tishi bilan, ishonchga kirib olib,
ularga katta zarar keltiradilar. Haqiqiy hurmat burch hisoblanadi, yolg‘ondakam
hurmat esa firibgarlikning bir ko‘rinishidir,xolos. Tilyog‘lama insonlar sizning
123
yaxshi tomonlaringizni ko‘pirtirib, bu bilan faqatgina o‘z manfaatlarini
ko‘zlaydilar.
Birovning manfaatlarini himoyalayman deb, o‘z manfaatlariga erishmoqchi
bo‘lgan ayyor insonlardan juda ham ehtiyot bo‘lish kerak. Ular bir karra aqlli
bo‘lsa, siz ularndan ikki karra aqlliroq bo‘lishga harakat qiling. Agar, ularning
qarmog‘iga ilinib qolsangiz, kimnidir foydasi deb, o‘zingizga katta zarar yetkazib
qo‘yishingiz mumkin. Dono inson barchadagi yaxshi xislatlarga ahamiyat beradi
va yaxshi amal qilish qanchalik qiyinligini ham anglaydi. Aqlsiz inson esa hech
kimda biror bir yaxshi xislatni ko‘rmay, faqatgina ulardagi yomonliklarni
ko‘radi, xolos.
O‘zingizning kimligingizni, qanday inson ekanligingizni, qanday
kamchilik va afzalliklaringiz borligini yaxshi bilib oling. Chunki, sizning obro`-
e‘tiborli bo‘lib, hayotdagi ezgu maqsadlaringizga erishishingiz xuddi shularga
bog‘liq bo‘ladi. Laqma, yolg‘onchi, yengiltabiat va firibgar insonlar bilan aloqa
qilmang – ular siz bilan juda ham yaqin bo‘lib qolganlarida juda ham xavfli
bo‘lib qoladilar. Bunday insonlarni bilmaganlarning o‘zi ham laqma hisoblanadi,
ammo, bilib turib, ular bilan aloqa qilganlar esa kaltafahm deb hisoblanadilar.
Hurmat qozonishning eng yaxshi yo‘li – yaxshi amallar bilan
shug‘ullanishdir. Savob amallar qilganingizda ular bilan maqtansangiz,
hurmatingizga putur etishi mumkin. Haqiqatni ochiq aytish juda xavfli, ammo,
vijdonli inson haqiqatni aytmasdan jim tura olmaydi. Shuning uchun, haqiqatni
aytishda uni boshqacha tarzda, misollar vositasida bildirgan ma‘qul. Chunki,
bunda haqiqatni bilishi kerak bo‘lgan kimsalarning ko‘ngliga ozor etmaydi va uni
aytish ham katta xavftug‘dirmaydi.
Yolg‘onchi kimsa sifatida nom qozonmang. Undan ko‘ra ehtiyotkor inson
sifatida taniling. Ko‘rinishdan sodda bo‘lishga harakat qiling, ammo, laqma
bo‘lmang. Sinchkov bo‘ling, ammo, ayyor bo‘lmang. Iloji boricha atrofdagi
insonlar sizni ikkiyuzlamachi emas, balki aql-farosatli inson sifatida tanisinlar.
Ishonuvchan va soddadil insonlarni yaxshi ko‘radilar, ammo, ko‘pincha ularni
124
aldashga harakat qiladilar. Eng oliy ayyorlik – ayyorlikni yashirishdir,
chunki,,buni yolg‘onchilik bilan tenglashtiradilar.
Agar, sher bo‘la olmasangiz, tulki terisini yopinib yurganingiz ma‘qul.
Vaqtida yon bossangiz, yutishga imkon topasiz. Agar, kuchingiz yetmasa, aql-
farosat bilan harakat qiling. Kuchdan ko‘ra chaqqonlik ijobiy natijaga olib kelishi
osonroq. Ko‘pincha aqllilar kuchlilarni yengadilar. Buning teskarisi juda kam
kuzatilgan.
Boshqalardan juda ham ajralib turishga harakat qilmang, chunki,
birinchidan, ko‘pchilik buni to‘g‘ri qabul qilmaydi va ikkinchidan, bu holat
o‘zingizni noqulay holatga solib qo‘yadi. Atrofdagi insonlardan juda ham katta
farq qilsangiz, sizdan do‘stlaringiz ham yuz o‘girishi mumkin. Chiroyli va aqlli
so‘zlar gapiraman deb, atrofingizdagilarni xafa qilib qo‘ymang. Siz bittasiz,
dushmanlaringiz esa ko‘pchilik - ularga biror bir nimani uqtirganingizcha, ular
sizni osongina yengadilar. Barcha ig‘vogarlarni yomon ko‘rgani bilan, ko‘pincha,
ularni gapga solib, o‘z qiziqishlarini qondiradilar. Ammo, ularga bo‘lgan nafrat
esa hech qachon kamaymaydi.
Yarim bajarilgan ishni hech qachon ko‘rsatmang – ish tugagandan so‘ng
uni chiroyli qilib ko‘rsatganingiz ma‘qul. Aks holda, birinchi bor ko‘rilgan chala
ish barchaning xotirasiga muhrlanib qoladi. Iloji boricha, kechirimli bo‘ling. Juda
ham zarur bo‘lmaguncha, o‘zingizni oqlashga harakat qilmang, chunki, juda ham
berilib o‘zini oqlash jinoyat qilganlik nishonasi deb tushuniladi. Oldindan
kechirim so‘rash – o‘z- o‘zini ayblashdir. Haqligingizni bildirish uchun oldindan
o‘zingizni oqlab, o‘zingizga nisbatan shubha uyg‘otasiz va qilmagan ishingiz
uchun ham sizni nohaq ayblashlari mumkin. Faqat, o‘zingiz uchungina emas,
balki, boshqalar uchun ham yashashga harakat qiling. Faqat, o‘zi uchun
yashaydiganlar barcha narsa o‘zlariniki bo‘lishini istab, do‘stlardanajrab
qoladilar. Ammo, faqatgina boshqalar uchun yashaydiganlar ham bo‘ladi - ular
mustaqil hayot kechira olmaydilar. Esingizdan chiqmasin, begonalar sizdan foyda
125
chiqqani uchungina sizga yaqin bo‘lishga harakat qiladilar. Shuning uchun,
yaxshilikni avvalo o‘z do‘stlaringiz va yaqinlaringizga qiling.
Yaxshilikni ham oz-ozdan, tez-tez va aql bilanqiling.Sizga bo‘lgan
minnatdorchilik doimiy bo‘lishiga vatugamasligigaharakat qiling. Agar,
yaxshilik qilish imkoniyatidan mahrum
bo‘lsangiz, do‘stlaringiz ham
buni
ko‘rib,
sizdan uzoqlasha
boshlaydilar.
Do‘stlarni
yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ular to‘layolmaydiganqarzlarni so‘rab
o‘tirmang,
aks
holda,
do‘stlaringizdan tezda ajrab
qolasiz.
Istalgan
odam
dushman
bo‘lib
qolishi
mumkin,
ammo,
har
kimhamdo‘st
bo‘laolmaydi.Engashaddiydushmanlareskido‘stlardanchiqadi,chunki, ular sizning
nozik tomonlaringizni juda
yaxshi bilishadi.
Dushmanlik qilishning oldini oling va uniyaxshitomonga o‘zgartirishga
harakat qiling. Qasos
olishga emas,
balki,xafagarchiliklarning oldini olishga intilgan ma‘qul.Eng yaxshisi–
raqobatchi bo‘lishi mumkinbo‘lganlarni o‘z tomoningizgaog‘dira olishingizdir.
Ularni
minnatdorchilik
bildirishga
majburqilib,dushmanchilikka
imkon
qoldirmaganingiz ma‘qul.
Barchaga yoqadigan narsalarni (
Do'stlaringiz bilan baham: |