O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Savdo boyligi to'g'risida



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Savdo boyligi to'g'risida..
.» kitobida (1803 
y.)  sanoat  to'ntarilishining  ijtimoiy-iqtisodiy  mazmuni  va  imkoniyatlarini  yuksak 
baholadi.  S.Sismondi  Angliyaga  ikkinchi  marta  borib  kelganidan  keyin  endi 
kapitalizmni, shuningdek klassik maktabni qattiq tanqid qila boshladi.  
«Siyosiy  iqtisodning  yangi  ibtidolari  yoki  boylikning  aholi  nufusiga 
munosabatlari»  (1819  y.)  kitobi  uning  shuhratini  yanada  oshirdi.  S.Sismondi 
odamlar baxt va tenglikni ta'minlash uchun birlashdilar, degan fikrga asoslanadi. U 
mayda  ishlab  chiqarishni  ko'klarga  ko'tarib  maqtaydi,  mehnatkashlarning 
manfaatlarini himoya qilishga intiladi, hammaga hamdardlik bildiradi, fabrikaga oid 
qonunlarni  tabriklaydi,  bolalar  mehnatining  ekspluatasiya  qilinishini  qoralaydi. 
Kapitalizmni  ijtimoiy  adolatdan  mahrum  bo'lgan  jamiyat  deb  ma'lum  qiladi. 
S.Sismondi  iqtisodiy  qarashlarining  sistemasida  daromad  to'g'risidagi  ta'limot 
alohida  o'rin  olishini  kitob  nomining  o'ziyoq  ko'rsatib  turibdi.  U  taqsimotning 
ko'pdan-ko'p muammolari to'g'risida fikr bildiradi. Kapitalni, krizislarni, mahsulotni 
realizasiya  qilish  masalalarini  tadqiq  etadi,  jamiyatni  o'zgartirishning  mayda 
burjuacha dasturi (programmasi) ni ilgari suradi. 
 A.Smitning  ta'limotida  mehnat  qiymat  va  boylikning  birdan-bir  manbai  deb 
tahlil qilingan edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi bor joriy etildi. S.Sismondi 
pul  ichki  qiymatga  ega  bo'lgan  mehnat  mahsulotidir  va  shu  sababli  qiymatning 
umumiy  mezoni tarzida namoyon bo'ladi, degan  to'g'ri qisqacha  xulosalarga  keldi. 
Pulning qadrsizlanishi ortiqcha qog'oz pullar muomalaga chiqarilishi haddan oshib 
ketishining natijasi, deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga kelishi jarayonini, 
uning  vazifasini  tadqiq  etmaydi.  S.Sismondi  iste'mol  qiymat  o'rtasidagi  ziddiyatni 
ko'ra bilgan bo'lsa ham, ammo uning mohiyatini tushunmaydi. U qiymatdan chetga 
chiqishni  qiymat  qonunining  buzilishi  deb  hisoblaydi.  S.Sismondining  ta'biricha, 
ijtimoiy  fan  ikki  qismdan:  oliy  siyosat  va  siyosiy  iqtisoddan  iborat,  agar  siyosat 
davlat  tartibining  qanday  vujudga  kelishini  o'rgatsa,  fuqarolarni  diyonat  va  din 
ruhida  tarbiyalasa,  siyosiy  iqtisod  xo'jalikni  qanday  boshqarishni,  ijtimoiy  tartibni 
saqlashni  hukumatga  tavsiya  qilishi  kerak.  Umuman  siyosiy  iqtisod  ma'naviy  fan 


 
154 
bo'lib,  u  odamlarning  his-tuyg'ulari,  ehtiyojlari  va  ehtiroslarini  o'rganishi  kerak. 
S.Sismondining  fikricha,  «odamlarning  moddiy  farovonligi,  inson  tabiati»  siyosiy 
iqtisod  predmeti  bo'lishi  kerak,  «odamlarning  moddiy  farovonligi»  esa  davlatga 
bog'liq.  S.Sismondi  siyosiy  iqtisod  predmetini  davlatning  iqtisodiy  siyosati  bilan 
ayni  bir  narsa  deb  bildi,  uni  sinflardan  ustun  turadigan  fan  deb  talqin  etdi.  Ishlab 
chiqarish  munosabatlarini,  iqtisodiy  qonunlarni  bilish  zarurligini  inkor  qildi.  U 
insonning fe'l-atvorini birinchi o'ringa qo'ydi.  
S.Sismondi  uslubiyoti  (metodologiyasi)ga  1.  Ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni 
sub'ektiv-idealistik  talqin  etish;  2.  Ilmiy  abstraksiya  usulining  yo'qligi;  3.Tarixdan 
tashqari  yondashuv;  4.  Ayirboshlash  konsepsiyasi  xosdir.  Mayda  burjua 
nazariyotchisi  bo'lgan  S.Sismondi  iqtisodiy  qonunlarning  ob'ektiv  xarakterini  tan 
olmadi.  U  kapitalistik  iqtisodiyot  notekis  rivojlanishini  haqli  ravishda  ko'rsatgan 
bo'lsa ham, bu narsa iqtisodiy qonunlar amal qilishining o'ziga xos tarzda namoyon 
bo'lishi  ekanligini  ko'ra  bilmadi.  U  o'zining  rahmdillik  bilan  (sentimental)  qilgan 
tanqidini  ijtimoiy  fanning  alohida  usuli  darajasiga  ko'tarishga  intildi.  S.Sismondi 
insonni unutib, abstraksiyaga  berilgan  A.Smit  va  uning  tarafdorlarini  qattiq  tanqid 
qildi.  U  kapitalizm  ko'p  mamlakatlarda  amal  qila  boshlagan  bo'lishiga  qaramay, 
kapitalistik  rivojlanishdan  voz  kechish  mumkinligini  asoslamoqchi  bo'ldi.  U 
iste'mol ishlab chiqarishdan ustun degan fikrga asoslandi. Butun iste'molni shaxsiy 
iste'moldan iborat deb bildi. 
 S.Sismondi  kapitalizmni  antagonistik  jamiyat  deb  bildi  va  shu  bilan  klassik 
iqtisodiy maktabning namoyandalaridan ilgarilab ketdi. U kapitalizmning o'ziga xos 
xususiyatini  -  boylikning  oz  sonli  kishilar  qo'lida  to'planishi  va  ko'pchilik 
mehnatkash  aholining  chor-nochor  kun  kechirishini,  jamiyat  bilan  xususiy 
sohibkorning manfaatlari bir-biriga mos emasligini, qishloq xo'jaligining savdodan 
va  sanoatdan  orqada  qolayotganini  ko'rsatdi.  S.Sismondi  burjua  boyligining 
ko'payishini  bosh  vazifa  deb  va  iqtisodiy  taraqqiyot  mezoni  deb  hisoblashdan  voz 
kechdi, «kapitalizmning ziddiyatlari» masalasini birinchi bo'lib maydonga tashladi 
va shunday qilib tahlilni yanada davom ettirish vazifasini qo'ydi.  
Klassik 
maktabga 
qarama-qarshi 
o'laroq 
mayda 
tovar 
ishlab 
chiqaruvchilarning  xonavayron  bo'layotganini,  «ortiqcha»  aholi  paydo 
bo'layotganini,  mashinalar  ishchilarni  siqib  chiqarayotganini  ko'rsatdi,  biroq 
kapitalizm  ziddiyatlarining  asl  sababini  payqay  olmadi.  S.Sismondi  klassik 
maktabning  krizislar  bo'lishi  mumkin  emas  va  kapitalizm  ziddiyatlar  nimaligini 
bilmaydi  degan  mulohazalarini  tanqid  qildi.  Uning  tarixiy  xizmati  mana  shundan 
iborat.  
Shu  bilan  birga  S.Sismondi  kapitalizmning  ilg'or  mazmunini,  uning 
feodalizmdan  ustunligini  tushunmadi.  U  kapitalizmni  romantiq  tarzda  g'ayri  ilmiy 
asosda tanqid qildi, kapitalistik tuzumning imkoniyatlariga mayda burjuaziya nuqtai 
nazaridan baho berdi.  
U  kapitalizmni  tartibga  solish,  mayda  hunarmandlarning  sex  tuzumi  tarzida 
orqaga  qaytish  ehtimoli  bor,  deganlarida  ham  mayda  burjuacha  romantizm 
namoyon  bo'ldi.  S.Sismondi  revolyusiyaga  qarshi,  u  kapitalizmni  isloh  qilish,  uni 
tiyib turish tarafdori.  
Milliy  daromad  va  kapital  S.Sismondining  iqtisodiy  qarashlari  sistemasida 
etakchi  muammodir.  U  o'zining  «Siyosiy  iqtisodning  yangi  ibtidolari»  asarining 


 
155 
dastlabki  uch  bobini  ayni  shu  muammoga  bag'ishlaydi.  A.Smitdan  keyin 
S.Sismondi  ham  daromadlarning  uch  turini:  foyda,  renta  va  ish  haqini  alohida 
ajratib ko'rsatadi, dastlabki ikki turni umumlashtirib, ustama qiymat tushunchasidan 
foydalanadi,  ularni  ichki  mahsulotdan  chegirma  deb  hisoblaydi.  Biroq  S.Sismondi 
shu tariqa qo'shimcha qiymat nazariyasini maydonga tashladi deb aytish uchun asos 
yo'q. U ish haqi ishchi mahsulotining jami qiymatiga teng bo'lishi kerak deb aytish 
bilan  birga  shu  zahotiyoq  kapitalistning  kapital  yaratish  sohasidagi  «dastlabki 
mehnati»  uchun  unga  odilona  mukofot  deb,  rentani  esa  erning  ehsoni  deb  e'lon 
qiladi.  A.Smitning  iqtisodiy  taraqqiyot  davomida  ish  haqi  oshishi  xususidagi 
umidiga S.Sismondining qo'shilmaganligi uning ijobiy jihatidir. 
 Yakka tartibdagi daromadlardan S.Sismondi «boyliklardan olingan foyda» va 
ishchi  ish  haqining  yig'indisi  bo'lmish  milliy  daromad  muammosiga  o'tadi.  Bu 
milliy daromad bilan  yalpi mahsulotni aynan bir narsa deb bilganligi uning asosiy 
nazariy  xatosidir.  Agar  u  birlamchi  mahsulotda  A.Smitning  izidan  borib  uch 
qismdan: xom materialning va mehnat qurollarining o'rni qoplanishini, ish haqi va 
foydani  ajratgan  bo'lsa,  yig'indi  mahsulotdan  faqat  so'nggi  ikki  qismni  ajratadi. 
Doimiy qism yo'q bo'lib ketadi. 
 Kapital  deganda  S.Sismondi  ishlab  chiqarish  zapaslarini  (ishlab  chiqarish 
vositalarini)  tushunadi.  U  kapital  jamg'arilishini  tejamkorlik  bilan  bog'laydi. 
S.Sismondi asosiy mashinalar, ish qurollari va aylanmalar, urug'lik, xom ashyo, ish 
haqi  kapitalini  bir-biridan  ajratib,  A.Smitning  hamma  xato  va  yutuqlarini 
takrorlaydi.  U  kapitalni  doimiy  va  o'zgaruvchi  kapitalga  ajrata  bilmadi.  Oxir-
oqibatda  S.Sismondi  kapitalning  milliy  daromaddan  farqini  izohlay  olmadi  va 
buning ustiga A.Smitning shu ikkisi o'rtasidagi tafovutni nazariy jihatdan isbotlash 
yo'lidagi intilishlarini pisand qilmay, orqaga qadam tashladi. 
 S.Sismondi  kapitalistik  aholi  nufusi  jarayonini  tahlil  etishga  harakat  qildi.  U 
iqtisod  fanida  birinchilardan  bo'lib  foydani  ko'paytirish  manfaatlari  yo'lida 
mashinalarni  joriy  etish  ishsizlar  vujudga  kelishiga  olib  boradi,  ishsizlarning 
mavjudligi esa ishlab turganlarning ahvolini yomonlashtiradi degan faktni tan oldi. 
Ammo  S.Sismondi  ortiqcha  aholini  kapitalistik  fabrika  mexanizmining  zarur 
tarkibiy  qismi  deb  bilmadi.  S.Sismondi  kapitalistik  fabrika  chor-nochor  ishchini 
kelajakka  boqqanda  «kelgusi  shanbadan  narini»  ko'rmaslikka  o'rgatganligini, 
undagi ahloqiy tuyg'ularni siyqalashtirib yuborganligini ishsizlar paydo bo'lishining 
sabablaridan  biri  deb  hisobladi.  U  din  ishchilarning  «nojo'ya  nikoh»larini 
qoralamayotganligini aytib, dinga hujum qildi.  
«Uchinchi shaxslar» nazariyasi S.Sismondi nazariy qarashlarida asosiy o'rinni 
egallaydi.  U  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  daromad  hajmlarining  birligini  ijtimoiy 
mahsulotni  to'la-to'kis  realizasiya  qilishning  asosiy  sharti  deb  hisoblaydi.  Bunday 
tenglikka avtomatik tarzda o'z-o'zidan erishilmaydi deb hisoblaydi, u aksincha yirik 
sanoatning  rivojlanishi  ishlab  chiqarishning  muqarrar  ravishda  iste'moldan  o'zib 
ketishiga olib boradi. Kapitalizm o'zi uchun hal etilmaydigan muammoni qiymat va 
«ustama qiymat»ni realizasiya qilish muammosini keltirib chiqaradi, yalpi ortiqcha 
ishlab chiqarish  krizisi kapitalizmga  xos  xususiyatdir. S.Sismondining o'ylashicha, 
ichki kapitalistik bozor qisqarib boradi, chunki ishchilarning daromadlari kamayadi. 
Kapitalistlar  o'z  daromadining  bir  qismini  iste'mol  qilmaydi,  balki  jamg'aradi, 
mayda  ishlab  chiqaruvchilar  xonavayron  bo'ladi  va  ularning  iste'moli  kamayadi. 


 
156 
Vaziyatni  tashqi  bozorlar  engillashtirishi  mumkin.  Ammo  bunday  bozorlarni 
qidirish tobora qiyinlashadi. Kapitalizm maqbul emas va mumkin ham emas. 
 S.Sismondi  «uchinchi  shaxslar»,  ya'ni  mayda  ishlab  chiqaruvchilarga  madad 
berishga 
umid 
bog'laydi. 

burjua 
mamlakatlarining 
hukumatlarining 
hukumatlariga murojaat etib, ular kapitalistik rivojlanishni to'xtatsinlar deb so'raydi. 
Jamiyat  mayda  ishlab  chiqarishga  qaytgan  taqdirdagina  go'yo  mo'l-ko'lchilik 
boshlanar  emish.  S.Sismondining  tutgan  o'rni  -  takror  ishlab  chiqarish  asosiy 
qonunlarini  tushunmaslik  natijasidir.  Ishlab  chiqarish  bilan  iste'mol  o'rtasidagi 
ziddiyatni,  shaxsiy  iste'molning  takror  ishlab  chiqarish  ziddiyatini,  shaxsiy 
iste'molning  takror  ishlab  chiqarish  jarayonlari  uchun  muhimligini  tan  olganligi 
S.Sismondi o'rtaga tashlagan konsepsiyaning ijobiy jihatidir.  
S.Sismondi  iqtisodiy  krizisni  daromadlar  o'rtasidagi  nomuvofiqlik  deb 
tushunadi,  ayrim  olimlar  chinakam  ilmiy  nazariya  kapitalizm  sharoitida  ishlab 
chiqarish bilan iste'mol o'rtasidagi nomuvofiqlikni tan oladi, biroq unga tobe' o'rin 
beradi  deb  ta'kidlagan  edi.  Etarli  iste'mol  qilmaslik  nazariyasi  krizislar  arafasidagi 
davrda  ishchilarning  iste'mol  quvvatining  oshib  borishi,  etarsiz  iste'mol  qilish  esa 
kapitalizmdan  avval  ham  mavjudligi,  ammo  krizislar  faqat  kapitalizmning  belgisi 
ekanligi va surunkali bo'lmasligi vaziyatini izohlay olmaydi. Iqtisodiy krizislarning 
haqiqiy  sababi  ishlab  chiqarishning  ijtimoiy  xarakteri  bilan  iste'molning  xususiy 
xarakteri o'rtasidagi ziddiyatdir. 
 S.Sismondi kapitalistik yo'ldan voz kechishni taklif qildi, kapitalizmni tartibga 
solishga,  ishchilar  bilan  kapitalist  o'rtasida  patriarxalchilik  munosabatlarini 
o'rnatishga, ishchilarni foydani taqsimlashda qatnashtirishga, ishsizlar va nogironlar 
haqida g'amxo'rlik qilishga va buning uchun maxsus fondlarni vujudga keltirishga, 
mayda  ishlab  chiqarishni  saqlab  qolish  va  qo'llab-quvvatlashga,  manufakturaga 
bo'lgan yirik mulkchilikni ko'p sonli kapitalistlar o'rtasida taqsimlashga chaqirdi. U 
yollanma ishchilarni ham  mulkdorlar sinfi safiga qo'shishni orzu qildi. S.Sismondi 
davlatning yordamiga umid qildi. 
 Uning  ijtimoiy  tadbirlar  dasturi  mayda  burjuacha  va  reaksion  xayolparastlik 
xarakteriga egadir. S.Sismondi ob'ektiv tarixiy jarayonga to'sqinlik qilishga urindi. 
Shu  sababli  u  reaksioner  bo'lib  qoladi,  o'z  mulohazalarini  Fransiyada  hali  ham 
kuchli bo'lgan feodal tuzum himoyachilariga qo'l kelishini sezmaydi.  
XIX  asr  oxirlarida  rus  narodniklari  S.Sismondining  qisqacha  xulosalarlarini 
ko'klarga  ko'tarib  maktaganliklari  sababli  Lenin  S.Sismondining  iqtisodiy 
qarashlarini batafsil va mufassal tahlil etish zarur deb bildi. Chunki S.Sismondining 
qisqacha  xulosalarlarini  bunday  maqtash  marksizmning  iqtisodiy  ta'limotini 
yoyishga  halaqit  berar  edi.  U  o'zining  «

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish