Daromadlar to'g'risida ta'limot
A.Smit kapitalistik jamiyatning sinfiy strukturasini baholashda fiziokratlarga
nisbatan ancha ilgarilab ketdi. U ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan munosabatiga
ko'ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, kapitalistlar va er egalari.
Har bir sinf o'zining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda,
er egalari esa renta oladilar. Smit turli qatlam va oraliq guruhlar mavjudligini ham
aniqladi va asosiy sinflar deb atalmish daromadni oladilar, barcha boshqa
guruhlarning daromadi esa qayta taqsimlangan yoki ikkilamchidir.
Ish haqi, ya'ni ishchining daromadi Smitning fikri bo'yicha mehnat mahsuloti
bo'lib, mehnat uchun to'lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy takror ishlab
chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi bilan
141
yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. Oddiy takror ishlab chiqarishda
«ish haqi» ishchining butun mehnat mahsulotiga teng.
Smit ish haqi masalasini ilk klassik maktab vakili va fiziokratlaridan, ya'ni
F.Kene va V.Pettilardan boshqacharoq hal etdi. Ma'lumki, V.Petti tirikchilik uchun
zarur bo'lgan minimum harajatlar nazariyasini ilgari surgan, fiziokratlar ham
shunday fikrda edilar. Smit «tabiiy baho» tushunchasini ishlatgan va ish haqi
tirikchilik uchun zarur minimum xarajatlardan ancha ortiq bo'lishi, bolalar hayoti
va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish haqi milliy boylik
o'sishiga bevosita bog'liq degan fikrda edi.
Smit ta'limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo'q, u kapitalist va ishchi
o'rtasidagi munosabatda ishchi mehnati sotiladi deb hisoblaydi.
Ammo ish haqining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining
qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to'g'risida gap borganda esa
tirikchilik harajatlari qiymati hisobga olinishi kerak, deydi. U shuningdek, ish haqi
miqdori o'zgarishining mexanizmini o'rganib, uning quyi chegarasi jismoniy
tirikchilik minimumi bo'lish kerak degan qisqacha xulosalar chiqardi. Agar ish
haqi undan past bo'lsa, ishchilarning ommaviy qirg'ini ro'y beradi, Hindiston va
Xitoydagi ishchilarning ish haqlari iqtisodiyotning tushkunlik yoki turg'unlik
holatida jismoniy minimumga yaqinlashadi.
Angliya va Shimoliy Amerikada, ya'ni rivojlanish me'yorida yoki tez sur'atlar
bilan borgan davlatlarda ish haqi minimumdan yuqori bo'ladi, undan tashqari ish
haqi an'ana, madaniy saviya, tarkib topgan iste'mol me'yoriga ham bog'liq. Ish haqi
miqdorining o'zgarishi bozor mexanizmining harakati asosida shakllanadi, uning
o'zgarishining bevosita sababi mehnat bozoridagi talab va taklifning tebranib
turishi hisoblanadi. Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan - progress,
stasionar - turg'un va tanazzul - regressga uchragan holatlarini farqlagan.
Birinchisida boylik ko'payadi va mehnatga talab-ehtiyoj ortadi. Stasionar holatda
ishchilarning ahvoli og'ir, tushkunlikda esa ayanchli bo'ladi.
Smitning fikricha, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot - progressga yordam
beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag'batlantiradi. U ish haqini
oshirish mehnatga bo'lgan layoqatni kamaytiradi, ishchilarni dangasa qilib qo'yadi,
degan g'oyalarga qarshi edi (buni V.Pettining fikrlari bilan solishtiring). llanma
ishchilar aholining asosiy qismini tashkil etadi va bironta jamiyat, shubhasiz, agar
uning asosiy qismi kambag'al va og'ir ahvolda bo'lsa, baxtli jamiyat bo'la olmaydi.
Undan tashqari, oddiy mantiqiy adolat shuni ham talab qiladiki, butun xalqni
boqayotgan, kiyintirayotgan va binolarni qurayotgan kishilar o'z mehnati tufayli
yaratilgan boyliklardan ma'lum qismini olib, durustgina yashash uchun kerak
bo'lgan mablag'larga ega bo'lishi zarur. Bizningcha, bu fikrga hamma yaxshilab
e'tibor berishi kerak.
Olimning davlat xizmatchilari, advokat, sudya, ruhoniy va o'qituvchilarning
ish haqlari to'g'risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. U, ayniqsa oliy o'quv
yurtlarida «natijaga qarab haq to'lash»ning yo'qligini qattiq tanqid ostiga oladi.
Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh olayotgan o'qituvchi hech qachon to'la
kuch bilan ishlamaydi, chunki u bundan manfaatdor emas.Lekin kam haq to'lash
qanchalik ziyon keltirsa, ortiqcha ko'p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi.
142
A.Smit sohibkorlarga ishchilar sinfining qashshoqligi uning manfaatlariga
qarama-qarshi ekanligini uqtiradi va hatto foyda kamaygan holda ham ish haqi
oshishi mumkinligini ko'rsatib berdi. Jamoatchilik bu fikrga, ayniqsa keyingi
paytlarda katta e'tibor berdi va Smitning o'gitlariga quloq soldi.
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma ishchi
mehnatiga to'lanmagan mahsulotdir, degan qisqacha xulosalar chiqariladi. A.Smit
qo'shimcha qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashga yaqinlashgan,
chunki foyda kapitalist bilan bevosita bog'langan, bunda ishchi o'z mehnat
samarasini kapitalist bilan bo'lishishga majbur bo'ladi. Bu holatda foyda yangi
paydo bo'lgan qiymat bilan ish haqining farqi ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan
tovarning bir qismi tegadi, xolos. Qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi.
Amalda foyda qo'shimcha qiymatdir. Fiziokratlardan farqli ravishda, A.Smit
qo'shimcha mahsulot faqat qishloq xo'jaligida, iste'mol qiymatlarning ortishi
hisobigagina emas, balki xodimning mehnati yaratgan yangi qiymatdir, degan
to'g'ri qisqacha xulosalarga keldi (bu erda ishlab chiqarish sohasining, ya'ni bu
soha sanoatmi yoki agrar sohami, xizmatmi - ahamiyati yo'q). Ammo boshqa
holatda u foydani boshqacha tushunadi: er egasiga rentani to'lagandan keyin sanoat
kapitalistida qoladigan daromad, pul kapitali egasi ssuda foizini to'lagandan keyin
qoladigan daromad. Bu erda foyda xizmatchi kapitalistning korxona daromadi
sifatida amal qiladi. Smit bu holdagi foydani korxonani boshqarish bilan bog'liq
bo'lgan boshqa ko'rinishdagi ish haqi deb e'lon qilishga qarshi chiqdi. U foyda
miqdori korxonani boshqarishdagi mehnatning miqdori va murakkabligiga emas,
balki avans (bo'nak) qilingan kapitalning hajmiga bog'liq ekanligini ta'kidlaydi.
Smit qo'shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo bo'lish
mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avanslangan kapital tufayli tug'iladi, deb
o'yladi. Foyda normasining tekislanib borishini, o'rtacha foyda paydo bo'lishi
jarayonini sezgan olim bu orada yuzaga keladigan qarama-qarshilikni ko'ra olmadi.
Agar qo'shimcha qiymat to'lanmagan mehnat mahsuli bo'lsa, u kapitalga
proporsional bo'la olmaydi. Smit tarixiy rivojlanish tizimi «o'zgaruvchi kapital -
qiymat - qo'shimcha qiymat»dan «yalpi avanslangan kapital - o'rtacha foyda -
ishlab chiqarish bahosi» tizimiga o'tilganligini inkor etib, o'rtacha foydani
qo'shimcha qiymat bilan qorishtirib yubordi. Oqibatda Smit qiymatga kapitalning
unumi natijasi yoki kapitalistga uning faoliyati uchun to'lanadigan haq sifatida
qaraydigan bo'ldi. Shu fikr bilan bog'liq ravishda u foizni to'lagandan keyin
qoladigan foydaning bir qismi kapitalni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan mehnat va
tavakkalchilik uchun to'lanadigan mukofot ko'p hollarda arzimas mukofot yoki haq
deb gapira boshladi.
Smit foyda normasi va prosentning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va
«millatning ravnaqi» ko'rsatkichi deb xarakterladi, ammo foyda normasining
pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. U boy davlatlarda kapital
ortiqligi, kapitalistlar raqobatini foyda normasi pasayishiga sabab deb ko'rsatdi.
Smit sohibkorlarni progressiv ilg'or sinf deb hisoblaydi, chunki u kapital
jamg'arilishiga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. U yirik er
egaligini qo'llab-quvvatlamagan, er rentasi - er egasining daromadini foyda kabi
ishchining mehnat mahsulotidan chegirilgan qismi, deb tushuntirgan. Smit rentani
ijara haqidan ajratgan va rentaning erni yaxshilash uchun sarflangan kapitalga
143
aloqasi yo'q, deydi, chunki bu yaxshilashni ko'pincha ijarachi qoplaydi. Ammo
ijara shartnomasi yangilanganda er egasi rentani oshiradi, erni yaxshilash go'yoki
uning hisobiga amalga oshirilgan bo'ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning haqiqiy tabiati ochib
beriladi. Er kapital kabi o'zga mulk sifatida mehnatkashlarga qarshi turadigan
moddiy sharoit hisoblanadi. Er xususiy mulkka aylangach, xodim, ya'ni ishchi o'z
mehnati yakunlarining bir qismini er egasiga qaytarishga majbur. Renta erga
xususiy mulkchilik monopoliyasi paydo bo'lishining oqibatidir. Er unumi va
joylashuvining turli bo'lishi ham rentaga sabab bo'lishi mumkin, deydi Smit.
Ammo absolyut va differensial renta tushunchasi unda bo'lmagan (absolyut renta
erga xususiy mulk bo'lgandagina paydo bo'ladi, differensial renta esa har doim
mavjud). Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta'siri ham e'tiborga olingan. Bu
variantda rentani hosil qilishda qishloq xo'jaligi ishlari va ishchi hayvonlari
ishtirok etadi. Dehqonchilik kapital qo'yish uchun eng foydali, samarali soha deb
hisoblangan. Smit Angliyaning kelajagi shu sohada, deb noto'g'ri o'ylagan. Uning
renta to'g'risidagi boshqa bir qancha fikrlari bor, lekin ular masalani o'ta chalkash
va noto'g'ri talqin etadi. Pettining rentani Smitdan yaxshiroq tahlil etganini hayot
isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |