O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
Qiymat nazariyasi 
A.Smit  qiymatning  mehnat  nazariyasini  V.Pettiga  nisbatan  ancha  chuqur  va 
to'laroq  ishlab  chiqdi  (shuni  ta'kidlab  o'tish  kerakki,  keyingi  Farb  tadqiqotlarida 
qiymat  o'rniga  qimmat  tushunchasi  ko'proq  qo'llanilmoqda,  marjinalizm 
nazariyasida  ham  shunday).  U  tovarning  bozor  va  tabiiy  yoki  haqiqiy  baholarini 
farqlaydi,  haqiqiy  bahoni  qiymat  bilan  aynan  bir  deb  tushunadi.  «
Qiymat
»  so'zi 
uningcha  ikki  xil  mazmunga  ega.  Bu  so'z  bilan  buyumning  foydaliligi  (balki 
qimmati)  hamda  uni boshqa  buyumga  almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u 
iste'mol  va  almashuv  qiymatlarini  farqlagan.  Masalan,  suv  va  olmosni  olib,  bu 
tovarlarning  almashuv  qiymatini  ularning  foydaliligi  yoki  iste'mol  qiymati  bilan 
tushuntirish  bema'ni  ekanligini  ko'rsatib  beradi.  Qiymatning  yagona  manbai  va 
oxirgi  o'lchovi  shu  tovarni  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan  mehnat  bo'lib,  bu 
mehnat  sarflari  jami  uchun  zarur  o'rtacha  sarfga  tengdir.  Smit  malakali  va 
murakkab  mehnatdan  oddiyga  o'tishga  ma'lum  koeffisientlar  yordamida 
bajarilishini uqtiradi.  
Almashuv  qiymati  tovarning  tabiiy  xususiyati  emas,  tovarlarning  tabiiy 
xususiyati,  ularning  iste'mol  qiymatlari  hisoblanadi.  Agar  tabiiy  xususiyatlarni 
inkor  etsak,  tovarlarda  yagona  xususiyat  qoladi:  tovarlar  inson  mehnatining 
mahsulidir.  A.Smit  V.Pettidan  farqli  ravishda  (u  mehnat  faqat  oltin  yoki  kumush 
ishlab  chiqarishda  qiymat  hosil  qiladi,  degan  edi)  mehnat  barcha  moddiy  ishlab 
chiqarish  tarmoqlarida  qiymatni  hosil  qiladi,  degan  fikrda  edi.  U  ish  vaqti  va 
qiymat  miqdori  orasidagi  to'g'ridan-to'g'ri  aloqadorlikni  aniqladi,  mehnat 
qiymatning haqiqiy asosi ekanligini isbotlashga urindi.  
A.Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini, ya'ni abstrakt va konkret mehnat 
borligini  tushunmadi,  qiymat  o'z  tabiatiga  ko'ra  ijtimoiy  xarakterga  ega,  tovar 
ishlab  chiqaruvchilarning  ijtimoiy  munosabatlarini  aks  ettiradi  va  bir  tovarning 
ikkinchisiga munosabati almashuv qiymati orqali aniqlanadi.  
Smitning  fikricha,  qiymatni  sotib  olinadigan  mehnatga  qarab  aniqlash  shu 
tovarlarni  ishlab  chiqarishga  sarflangan  mehnat  bilan  aniqlash  usuliga  qarama-
qarshi emas.  
Ekvivalentlik  tovar  almashuvining  qonuni:  bir  xil  miqdordagi  mehnat  aks 
etgan  tovarlar  almashadi.  Shundan  Smit  tovar  ishlab  chiquvchi  bir  tovarni 


 
140 
boshqasiga almashganda keng miqdordagi  mehnatni sotib oladi, shu sababli tovar 
qiymatini sarflangan va sotib olingan mehnat bilan bab-baravar aniqlash mumkin, 
degan qisqacha xulosalar chiqaradi. Bu holda qiymat o'lchovi deb ish vaqti o'rniga 
mehnatning almashuv qiymati keltiriladi.  
Sotib  olinadigan  mehnat  nazariyasida  qiymat  tushunchasi  ishlab  chiqarish 
faoliyatidan  almashuv  sohasiga  ko'chirilgan  (bu  esa  xato),  almashuv  qiymati  esa 
o'z hisobiga faqat ma'lum miqdordagi mehnatni olish qobiliyati sifatida izohlagan, 
xolos.  
A.Smit  kapitalist  va  ishchi  o'rtasidagi  munosabatni  tahlil  etib,  bunda 
ekvivalentlik qonunining buzilganligini ko'rdi. Kapitalist ishchiga ish haqi sifatida 
ishchi  mehnati  tomonidan  yaratilgan  qiymatning  faqat  bir  qismini  to'laydi.  Bu 
qiymatning  ikkinchi  qismini  esa  kapitalist  foyda  sifatida  o'zlashtiradi.  Olim 
kapitalizm  davrida  qiymat  qonuni  buzilayotir,  deb  e'lon  qildi  va  qiymatning 
mehnat  nazariyasi  kapitalizmgacha  bo'lgan  sharoitlarda  qo'llanilishi  mumkin,  deb 
hisoblaydi.  Uning  fikricha,  qiymat  faqat  «jamiyatning  dastlabki  holatida», 
kapitalist  va  yollanma  ishchilar  bo'lmagan,  ya'ni  oddiy  tovar  ishlab  chiqarilishi 
sharoitlaridagina mehnat bilan aniqlanadi (ekvivalentlik to'la mavjud).  
Ma'lumki, oddiy  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  mehnat  mahsulotini sotadilar va 
sotib  oladilar,  ishchi  kuchi  u  erda  tovar  emas.  Tushunarliki,  u  sharoitda  begona 
mehnat  faqat  mehnatning  moddiylashgan  shaklida  «sotib  olinadi».  Kapitalizmda 
esa  ishchilar  ishchi  kuchini  tovar  sifatida,  sotuvchilar  sifatida,  kapitalistik  ishlab 
chiqarish vositalari egasi sifatida bu tovarni sotib oluvchilar sifatida ish yuritadilar, 
oqibatda jonli va moddiylashgan mehnat o'rtasida doimiy almashuv ro'y beradi.  
A.Smit  ishchi  kuchi  degan  kategoriyani  bilmagan,  u  ishchi  o'z  mehnatini 
sotadi  deb  o'ylagan.  Shu  sababli  u  kapitalizmda  haq  to'lanmagan  mehnatning 
o'zlashtirilishini  qiymatning  mehnat  nazariyasi  asosida  tushuntirib  bera  olmagan. 
A.Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, 
foyda  va  renta  har  qanday  daromadning,  xuddi  shuningdek  har  qanday  almashuv 
qiymatining  dastlabki  uch  manbaidir.  Demak,  Smit  kapitalizmga  xos  yana  bir 
qiymat  -  daromad  nazariyasini  o'ylab  topdi,  bu  erda  daromad  ish  haqi  darajasi, 
foyda  va  renta  bilan  aniqlanadi.  Qiymatni  daromadlar  asosida  tushuntirish 
olimning  qiymatning  mehnat  nazariyasiga  qarama-qarshidir.  Bu  g'ayriilmiy 
konsepsiya boshqa siyosiy iqtisod namoyandalari tomonidan keng foydalaniladi.  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish