5.4. Merkantilizm va hozirgi zamon
Evropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, Fransiyada
kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi (bu haqda
quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g'oyalari yana tilga olina
boshlandi.
Avval Rosher
va
Shmoller
, so'ngra ularning ingliz izdoshlari Kanningem
va Eshlilar merkantilizm g'oyalarini to'la rasional va ma'lum istak-natijalariga
erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli
siyosat deb qaradilar.
A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina «
Mamlakat xavsizligi
farovonlikdan muhimroq»
deb yozish bilan shunday nuqtai nazarni ilgari surdiki,
unga ko'ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat
merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga imkon berdi:
davlat qurilishining maqsadi ko'shni davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish
hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro'y beradi.
Lokkning fikricha, bu shunday ro'y beradi: «boylik» oltin va kumushning oddiy
ko'pliginigina anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo'ladi.
Haqiqatdan ham, ko'pchilik merkantilistlar shunday nuqtai nazarni himoya
qilganlarki, unga ko'ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, ya'ni
qarama-qarshidir, go'yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar mavjud,
ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu merkantilistlarning
«
qo'shningni talon-toroj qil
» degan siyosatini uyalmasdan himoya qilishini
tushuntirib beradi. Undan tashqari bu g'oyada ichki iste'molni kamaytirish milliy
siyosatning maqsadi qilib ko'rsatiladi.
Merkantilizmni qaytadan qo'llash, klassik maktabni (bu haqda quyida
gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo'liga keyinroq o'tgan davlatlarda ro'y berdi.
Yangi davlatlar iqtisodiyotda to'la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat
kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o'ylamaganlar. Shu
sababli bu erda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish,
proteksionizm, mamlakatda pul mo'l-ko'lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar
siyosatiga aylantirildi.
XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning
iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi.
Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. Shu
davrda J.M.Keyns nomi bilan bog'liq ta'limot yuzaga keldi. U «
Do'stlaringiz bilan baham: |