O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


-§. Qo‘shma gap turlarini nomlovchi terminlar xilma-xilligi



Download 353,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana31.12.2021
Hajmi353,15 Kb.
#276664
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Dinora Homidova kurs ishi

 

3-§. Qo‘shma gap turlarini nomlovchi terminlar xilma-xilligi 

 

O„zbek  tilshunosligida  bog„lovchisiz  bog„langan  qo„shma  gaplar  tadqiqiga 

maxsus  monografik  ishlar  bag„ishlanmagan  bo„lsa-da,  mazkur  mavzuni  mutlaqo 

ishlanmagan  deb  bo„lmaydi.  Bu  sohada  darslik  va  o„quv  qo„llanmalarida, 

                                                 

27

 Nurmonov A., Maxmudov N., Axmedov A., Solixo„jayeva S. O„zbek tilining mazmuniy sintaksisi. – Toshkent: Fan, 1992, 



176-b. 


 

33 


shuningdek,  ayrim  monografik  tadqiqotlarda  olimlarimiz  ilmiy  mulohazalari 

berilgan.  Mazkur  mavzu  bo„yicha,  ayniqsa,  G„.Abdurahmonov  va  M.Asqarova 

kabi  yetakchi  tilshunoslar  tomonidan  aytilgan  fikrlar  muhim  ilmiy  salmoqqa 

egadir. 


G„.Abdurahmonovning  ilmiy-monografik  ishlarida  tarkibiy  qismlari 

bog„lovchi  vazifasidagi  so„zlarning  yordamisiz  aloqaga  kirishib,  yaxlit  bir  fikrni 

ifodalovchi qo„shma  gaplarning maxsus turi bog„lovchisiz qo„shma gap sanalishi 

ta‟kidlanadi  va  bunday  gaplarda  ohangning  hamda  ayrim  leksik  unsurlarning 

mavqei oshishi alohida uqtiriladi

28



G„.Abdurahmonovning  fikriga  ko„ra,  bog„lovchisiz  qo„shma  gapni  tashkil 

etgan sodda gaplar mazmunan va ohangda qorishib ketadi. Ular alohida olinganda 

mazmuniy  va  ohang  tugalligiga  ega  bo„lmaydi.  Bunday  qo„shma  gap  tarkibiy 

qismlari o„zaro qo„shilib ma‟lum bir fikrni ifodalaydi

29



Yuqorida  keltirilgan  fikr  va  mulohazalarga  qo„shilgan  holda  shuni 



ta‟kidlamoqchimizki,  bog„lovchisiz  shakllangan  MSQ  komponentlari  alohida 

olinganda  mazmun  va  ohang  butunligini  yo„qotishi  xususidagi  fikr  doimiy 

ravishda qat‟iylik kasb etmaydigan ko„rinadi, zotan, ayrim paytlarda bog„lovchisiz 

shakllangan  MSQ  komponentlari  alohida  olinganda  ham  mazmun  va  ohang 

butunligi saqlanishi ko„zga tashlanadi. Fikr isboti uchun quyidagi MSQni mustaqil 

sodda gaplarga ajratib ko„raylik: 

Yigitlik kuchimning qaymog„ini boy oldi, men uni boy qildim (Hamza. Boy 

ila xizmatchi). – Yigitlik kuchimning qaymog„ini boy oldi. Men uni boy qildim. 

G„.A.Abdurahmonov  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplarning  tuzilishida  ayrim 

so„zlarning qo„llanilishi, umumiy ikkinchi darajali bo„laklarning bo„lishi, ma‟lum 

gap bo„laklarining har ikki qism tarkibida takroriy qo„llanilishi kabi omillar vosita 

bo„la  olishini  mutlaqo  to„g„ri  ko„rsatadi  va  bu  bilan  bunday  sintaktik 

qurilmalarning  mikromatn  qolipini  taqozo  etishi  haqidagi  fikr  dalili  uchun  zamin 

                                                 

28

. Abdurahmonov G„. A. Qo„shma gap sintaksisi.- Toshkent, 1964, 20-21-betlar.  



29

. Abdurahmonov G„. A. O„sha asar, 21-bet.  




 

34 


yaratadi

30

.  Chunki  eslatib  o„tilgan  omillar  matn  komponentlarining  sintaktik 



derivatsiyasini ta‟minlashda salmoqli o„rin tutadi. 

M.Asqarovaning  tadqiqotlarida  bog„lovchisiz  qo„shma  gap  komponentlari 

bog„lovchilarsiz  yoki  bog„lovchi  vazifasidagi  grammatik  formalarsiz,  faqat 

intonatsiya bilangina birikib, sintaktik butunlik hosil qilishi ta‟kidlanadi va bunday 

qo„shma gapning ikki turi mavjudligi aytiladi: 

1.Teng qismli qo„shma gap.  

2.Tobe qismli qo„shma gap.  

Teng  qismli  qo„shma  gapda  komponentlar  bir-biri  bilan  mazmunan  teng 

munosabatda  bo„ladi  va  o„zaro  tenglik  intonatsiyasi  orqali  birikadi.  Tobe  qismli 

qo„shma gapda esa komponentlar tobelanish intonatsiyasi yordamida birikadi

31



Bunday  mulohazalar  nafaqat  o„zbek  tilshunosligida,  balki  boshqa 



tilshunosliklarda  ham  kuzatiladi.  Bu  haqda  ishimizning  birinchi  bobida  eslatib 

o„tilgan  edi  (A.N.Gvozdev,  A.G.Rudnev).  Nazarimizda,  bog„lovchisiz  qo„shma 

gap  haqida  so„z  yuritilganda  «tobe  qism»  tushunchasi  birmuncha  noqulaylik 

tug„diradigan  ko„rinadi.  Chunki  tobelik  haqida  mulohaza  yuritilganda,  hokimlik 

to„g„risidagi  fikr  ham  o„z-o„zidan  kun  tartibiga  qo„yilmog„i  lozim  bo„ladi  va 

natijada  «bog„lovchisiz  qo„shma  gap»  hamda  «ergash  gapli  qo„shma  gap» 

tushunchalari  qorishib  ketadi. Bunday  vaziyat,  bizningcha,  masala  tavsifini  ancha 

murakkablashtirib  yuboradi.  Bu  haqda  R.R.Sayfullayevaning  mulohazalari  ham 

ishning birinchi bobida keltirilgan edi. 

M.Asqarovaning bog„lovchisiz qo„shma gaplarni tarkibiy qismlarining o„zaro 

munosabatiga  qarab  bog„langan  yoki  ergash  gapli  qo„shma  gap  deyish  qiyinligi, 

bunday  qo„shma  gaplar  ba‟zan  tuzilishiga  ko„ra  bog„langan  qo„shma  gapga, 

mazmunan  esa  ergash  gapli  qo„shma  gapga  o„xshashi  xususida  aytilgan  fikriga 

to„liq  qo„shilish  mumkin.  Chunki  ularda  komponentlar  munosabatlari  buday 

xulosaga kelish uchun to„liq imkoniyat yaratadi

32



                                                 

1.

 



Abdurahmonov G„. O„zbek tili grammatikasi.-Toshkent, 1996, 133-bet. 

31

. G„ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o„zbek adabiy tili.- Toshkent,1987,223-226-betlar.   



1. G„ulomov A., Asqarova M. Ko„rsatilgan asar, 223-bet. 


 

35 


M.Asqarova  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplar  tarkibiy  qismlarining  bog„lanishi 

har  ikki  qism  uchun  umumiy  so„zlar,  olmoshlar  ishtirokida  voqelanishi 

mumkinligini  ham  to„g„ri  ta‟kidlaydi

33

.  Bunday  mulohaza  qo„shma  gapning 



mazkur  turini  mikromatn  tarzida  o„rganish  uchun,  ayniqsa,  ularning  derivatsion 

xususiyatlari talqinini berishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

I.Rasulov  ham  bog„lovchisiz  qo„shma  gap  tarkibiy  qismlarining  o„zaro 

sintaktik  munosabati  xususida  ancha  teran  fikr  bildiradi:  «Qo„shma  gap  tarkibida 

kelgan ayrim so„zlar sodda gaplarning o„zaro birikishida xizmat qiladi. Tarkibida 

bu  xil  so„z  mavjud  bo„lgan  sodda  gap  ikkinchi  bir  gapni  talab  qiladi».  Bundan 

tashqari,  olim  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplar  komponentlarining  ayrim  so„zlar 

takrorlanishi, gapning grammatik  qurilishi, har ikki tarkibiy qism uchun umumiy 

bo„lgan  ikkinchi  darajali  bo„laklar,  shuningdek,  sodda  gaplarning  o„rni  orqali 

o„zaro bog„lanishini ham to„g„ri ta‟kidlaydi

34



Bog„lovchisiz  qo„shma  gap  tarkibiy  qismlarining  o„zaro  bog„lanishi  haqida 



so„z yuritganda B.O„rinboyev, yuqorida eslatib o„tilgan vositalar bilan bir qatorda, 

sinonimlar, antonimlar, kirish so„zlar hamda yuklamalar ham muhim mavqega ega 

ekanligini ko„rsatadi. 

Mazkur  fikr  bilan  to„liq  qo„shilish  mumkin,  chunki  qo„shma  gapga  matn 

maqomini berishda bunday leksik vositalarning alohida xizmati bo„ladi.  


Download 353,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish