O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


-jadval  Turli organimzlarda trombotsitlar miqdori



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#248516
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
ichki muhit suyuqliklarining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari va uning inson organizmida tutgan orni

6-jadval 

Turli organimzlarda trombotsitlar miqdori 

№ 

 

O„rtacha, ming 

Trombotsitlar miqdori 

(1 mm

3

 qonda minglar 

hisobida) 

Odam 



300 

200-400 


Ot 


350 

300-400 


Qoramol 


450 

400-500 


Qo‗y-echki 

350 

300-400 


 

 

3.2.1. Trombotsitopoez jarayoni mohiyati 

 

Trombotsitlar  yoki  qon  plastinkalarining  hosil  bo‗lishi  suyak  kumigida 

amalga oshadi. 1906 yildayok Obrazsov va Rayt qon plstinkalari suyak kumigidagi 

gigant  hujayralar  –  megakariotsitlar  sitoplazmasining  bo‗laklari  ekanligini  aytib 

o‗tgan  edilar.  Obrazli  qilib  aytganda:  suyak  kumigi  gigantlari  mayda  qon 

hujayralarini yaratadi.  

Sxematik  ravishda  trombotsitopoez  bunday  ifodalanadi:  o‗zak  hujayra  – 

mielopoezning  boshlang‗ich  hujayrasi  –  megakarioblast  –  promegakariotsit  – 

megakariotsit – qon plastinkalari (trombotsitlar). Megakarioblastlar o‗z morfologik 

xususiyatlari  bilan  differensiallanmagan  blast  hujayralarga  o‗xshab  ketadi.  Ular 

ancha  yirik  (15  –  25  mkm)  bo‗lib,  dumaloq  yoki  ovalsimon  shaklga  ega. 

Sitoplazma  Romanovskiy  usuli  bilan  bazofil  buyalib,  to‗q  kuk  rangni  oladi  va 

o‗zida xech qanday donadorlik saqlamaydi.  

Elektron  mikroskopda  megakarioblastlar  sitoplazmasining  erkin  holda 

joylashgan 

ribosoma 

va 

polisomalarga 



boy 

ekanligi, 

mitoxondriyalar, 



 

55 


endoplazmatik  tur  kanalchalarining  esa  juda  kam  sonli  bo‗lishini  kuramiz. 

Megakarioblastlar  takomillashish  davomida  promegakariotsitlar  hosil  bo‗lib,  ular 

megakarioblastlarga  nisbatan  ancha  yirikroqdir.  Ularning  yadrosi  bir  necha 

botiqliklarga  ega  bo‗lishi  tufayli  o‗zining  yumalok  shaklini  yo‗qotib,  bugimlarga 

bo‗lina  boshlagan  bo‗ladi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  yadro  xromatinining  zichlashishi 

ham qayd etiladi.  

Elektron  mikroskopda  promegakariotsitlar  sitoplazmasida  ancha  yaxshi 

tarakkiy  etgan  hujayra  organellalari,  donachalar  va  vakuolalar  borligi  kuzga 

tashlanadi.  Shu  bilan  birgalikda  hujayra  sitoplazmasining  markaziy  qismida  – 

endoplazmada  organellalar  joylashganligi  va  periferik  qismi  –  ektoplazma 

organellalardan  xoli  bo‗lib,  yakka  –  yarim  vakuolalar  va  donachalar  saqlashi 

dikkatni  tortadi.  Promegakariotsitlar  yadrosi  yirik  bo‗lib,  bir  necha  bugimlardan 

iboratligi  tufayli  noto‗g‗ri  shaklga  ega  bo‗ladi.  Bu  bugimlar  segment  yadroli 

leykotsitlardagi  yadro  bo‗laklaridan  farq  qilib,  bir  –  biri  bilan  ingichka  yadro 

ko‗prikchalari bilan bog‗lanmay, balki uzluksiz tutashib ketgandir.  

Rivojlanish  davomida  hujayra  sitoplazmasida  donadorlik  ko‗payadi,  shu 

bilan  birgalikda  sitoplazmadagi  kanalchalar  ko‗payib,  ular  sitoplazmani  alohida 

bo‗lakchalarga bo‗ladi. Bu kanalchalar demarkatsion membranalar ham deb atalib, 

bulgusi qon plastinkalarining ajralib chiqish chegaralarini belgilab beradi.  

Megakariotsitlar  yirik  hujayralardir,  ularning  o‗rtacha  diametrlari  60  mkm 

bo‗lib, bu xol ularning suyak kumigining gigant hujayralari deb atalishi uchun asos 

bo‗ladi.  Voyaga  yetgan  megakariotsitlar  sitoplazmasi  oksifil  buyalib,  unda  juda 

ko‗p  sonli  mayda  azurofil  donachalar  kuzga  tashlanadi.  Megakariotsitlar  yadrosi 

turli xil shakllarga ega bo‗lishi mumkin. Yadro 4  – 5, ba'zan undan ham ko‗proq 

bo‗laklardan iborat bo‗lib, ular bir- biriga tutashgan holda joylashadi va yadroning 

noto‗g‗ri  shaklga  ega  bo‗lishini  belgilaydi.  Elektron  mikroskopda  ko‗rilganda 

megakariotsit  sitoplazmasining  kattaligi  0,  2  –  0,  4mkm  keladigan  donachalarga 

boy ekanligi, ulardan tashqari sitoplazmada erkin joylashgan ribosomalar, yumalok 

mitoxondriyalar  va  vakuolalar  borligi  kuzga  tashlanadi.  Megakariotsitlardan  qon 



 

56 


plastinkalari  hosil  bo‗lish  protsessini  quyidagicha  tasavvur  etish  mumkin. 

Dastavval sitoplazmadagi kanalchalar soni ko‗payadi va ular uzunlashib, uzluksiz 

yoriqlar shaklini oladi. Bu kanalchalar yoki demarkatsion membranalar kengayib, 

sitoplazmani mayda (kattaligi 2 – 3 mkm) bo‗lakchalarga bo‗ladi. Sungra har – bir 

bo‗lakcha  sitoplazmadan  ajralib  chiqib,  mustakil  elementga  –  qon  plastinkasiga 

aylanadi.  Megakarioblastlardan  megakariotsit  hosil  bo‗lish  protsessi  o‗rtacha  25 

soat  ichida  sodir  bo‗ladi.  Megakariotsitlarning  hayot  muddati  esa  o‗rtacha  10 

kunga  teng.  Megakarioblastlar  bo‗linib,  megakariotsitlar  hosil  qilish  davomida 

yadrodagi  DNK  miqdori  bir  necha  baravar  oshadi,  natijada  megakariotsitlar 

yadrosidagi  xromosomalar  soni  92,  ba'zida  184  ga  teng  bo‗ladi,  ya'ni 

megakariotsitlar  yadrosi  o‗zida  xromosomalarning  poliploid  sonini  saqlaydi.  Bir 

megakariotsit  sitoplazmasi  hisobiga  taxminan  16  mingga  yaqin  qon  plastinkasi 

hosil bo‗lishi mumkin. Trombotsitlar hosil bo‗lishi protsessining tezligi, periferik 

qondagi trombotsitlar miqdorining doimiyligi nerv va endokrin mexanizmlar orqali 

boshqariladi. 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish