O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Limfa tarkibi, u bilan bog„liq kasalliklar



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#248516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
ichki muhit suyuqliklarining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari va uning inson organizmida tutgan orni

 

4.2. Limfa tarkibi, u bilan bog„liq kasalliklar 

 

XULOSA  

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati 

 


 



KIRISH 



Bitiruv  malakaviy  ishning  dolzarbligi.  Fiziologiya  fanida  olib  borilgan 

uzoq yillik tadqiqotlar va hozirgi kungacha erishilgan yutuqlarga tayanib aytadigan 

bo‗lsak, issiqqonli hayvonlar va odam organizmida ichki muhit suyuqliklari (qon, 

limfa  va  boshqa  maxsus  suyuqliklar)  ularning  normal  hayot  kechirishida  juda 

muhim  ahamiyat  kab  etadi.  Ichki  muhit  suyuqliklarini o‗rganishga  uzoq  yillardan 

buyon harakat qilib kelinadi. 

―Ichki  muhit‖  terminini  birinchi  bor  fransuz  gistologi  Sharl  Roben  fanga 

kiritdi,  lekin  uning  teoriyasini  boshqa  bir  mashhur  fransuz  olimi  Klod  Bernar 

yaratgan  edi.  Ichki  muhit  suyuqliklarini  1878  yildan  boshlab  chuqur  o‗rganishga 

kirishilgan deyish mumkin. Aynan shu yili K.Bernar ichki muhit suyuqliklarining 

tuzilishi  va  xossalari  va  ularning  o‗zgarmasligi  to‗g‗risidagi  konsepsiyani  ilgari 

suradi.  

Dastlabki  vaqtlarda  olimlar  ichki  muhit  suyuqligi  deganda,  faqat  qonni 

nazarda  tutishgan.  Parij  universitetining  fiziologiya  kafedrasida  o‗qigan 

ma'ruzasida  K.Bernar  quyidagilarni  aytib  o‗tgan  edi:  ―juda  ko‗p  molekuladan 

tashkil  topgan  alohida  organizm  haqida  gap  ketganda  shuni  alohida  ta'kidlash 

lozimki, ichki muhit suyuqligi bu qondir, u alohida suyuqlik bo‗lib, tashqi muhit 

bilan bog‗liq emas‖.    

Odam  va  hayvonlarning  ichki  muhit  suyuqliklariga  –  qon,  limfa,  to‗qima 

suyuqligi va organizmda ishlab chiqariladigan boshqa biologik suyuqliklar kiradi. 

Yuqori  darajada  rivojlangan  hayvonlar  va  odam  organizmi  hujayralar 

protoplazmasi  va  hujayralararo  suyuqliklarda  harorat,  bosim,  metal  va 

metalmaslar,  shuningdek  vodorod  ionlari  miqdori  oziq  moddalar,  kislorod  va 

boshqa  moddalar  miqdori  nisbatan  doimiy  bo‗lgandagina  yuqori  faollikka  ega 

bo‗ladi.  Bu  sharoitni  yuzaga  chiqishi  qon,  to‗qima  suyuqligi,  limfa  va  boshqa 

biologik  suyuqliklarning  doimiyligini  ta'minlovchi  murakkab  gomeostatik 

mexanizmlarga  bog‗liq.  Ichki  muhit  dinamik  doimiylik,  ya'ni  gomeostaz  bilan 



 

xarakterlanadi  va  bu  hol  organizmning  hayot  faoliyatida  muhim  rol  o‗ynaydi. 



Gomeostaz 

tushunchasining 

shakllanishida, 

gomeostatik 

mexanizmlarni 

tekshirishda Klod Bernar, Uolter Kennon, L.S.Shtern va boshqalarning xizmatlari 

katta. 

Ichki  muhitning  doimiyligini  saqlab  turishda  juda  ko‗p  a'zo  va  jarayonlar 

ishtirok  etadi.  Ulardan  birinchi  galda,  teri,  shilliq  parda,  buyraklar,  o‗pka,  jigar,  

taloqni aytib o‗tish mumkin.  

Asosiy  ichki  muhit  suyuqliklari  bo‗lmish  qon,  to‗qima  suyuqligi,  limfa, 

endolimfa  va  perilimfa  hamda  boshqa  biologik  suyuqliklar  (orqa  miya,  bo‗g‗in, 

plevra suyuqligi) tarkibida sezilarli tafovut bor. Organizmning ichki to‗siqlari ana 

shu  tafovutni  saqlab  turadi.  Bularga  gistogematik,  gematoensefalik  va 



gematokoxlear to‗siqlar kiradi. 

Hujayra,  to‗qima,  a'zo  yoki  organizmning  har  qanday  fiziologik  faoliyati 

tirik  mavjudotlarning  tur  yoki  individda  rivojlanishi  tarixi  –  filogenez  va 

ontogenezning natijasidir. Bu rivojlanish jarayonida tirik strukturalarning muayyan 

faoliyatlari paydo bo‗ladi va ular miqdor hamda sifat jihatdan o‗zgaradi. Modomiki 

shunday  ekan,  har  bir  ayrim  faoliyatning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishini 

o‗rganish fiziologiyaning muhim vazifasidir.   

Ichki  muhit  evolyusiyasiga  nazar  tashlasak,  ko‗p  hujayrali  hayvonlarda 

hujayra  elementlarining  ko‗pchiligi  tashqi  muhitga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  tegib 

turmaydi.  Oddiy  organizmlar  evolyusiya  jarayonida  maxsus  kanalchalarga  ega 

bo‗lib, ular orqali suvni o‗z tanalaridan o‗tkazganlar. Ichakbo‗shliqlilarda va tuban 

qurtlarda esa tananing hujayralararo kanallarini to‗ldiruvchi ichki muhit suyuqligi 

hosil  bo‗lgan.  Bu  suyuqlik  gidrolimfa  deb  nomlanib,  tarkibi  bo‗yicha  atrof-

muhitdan kam farq qiladi.  

Shunday  qilib,  bu  organizmlarda  sirkulyasiyaning  gastrovaskulyar  tizimi 

paydo  bo‗lgan,  ya'ni  hayvonlarning  atrofidagi  suv,  oldin  ovqat  hazm  qilish 

bo‗shlig‗ini  to‗ldirib,  keyin  hujayralararo  kanallarga  o‗tadi.  Bo‗g‗imoyoqlilar  va 

molyuskalarda ichki muhit tarkibi murakkablashib, nisbatan doimiy bo‗ladi. ularda 




 

berk bo‗lmagan (lakunar) qon tomirlar tizimining va bu qon tomirlar devorlarining 



pulsatsiyasi  paydo  bo‗lishi  bilan  ichidagi  suyuqlik  –  gemolimfa  tomirlar  orqali 

o‗tkazilib,  hujayralararo  bo‗shliqlarni  to‗ldiradi.  Oligoxet,  polixet  zuluklarda, 

foronid,  nemertin,  goloturiyalarda,  umurtqalilarda  berk  qon  tomirlar  tizimi  paydo 

bo‗lib,  unda  qon  sirkulyasiya  qiladi.  Ularning  qoni  va  hujayralararo  to‗qima 

suyuqligi,  tarkibi  va  vazifasi  bo‗yicha  ikkita  mustaqil  tizim  hisoblanadi.  Qon 

tarkibida  maxsus  hujayralar,  oqsillar,  organik  moddalar,  nafas  pigmentlari,  tuzlar 

bor. To‗qima suyuqligi to‗qima hujayralari va sirkulyasiya qilingan qon o‗rtasidagi 

modda  almashinuvida  vositachi  vazifasini  bajaradi,  shu  tufayli  uning  tarkibi 

uzluksiz o‗zgarib turadi. Umurtqalilalarda bu ikkita tizimdan tashqari, ichki muhit 

suyuqligining  uchinchi  turi  –  limfa  ham  mavjud.  Limfa  maxsus  tomirlar  tizimida 

sirkulyasiya  qiladi  va  shu  tufayli  hujayralararo  to‗qima  suyuqligidan  endotelial 

devor  bilan  ajralgan  bo‗ladi.  Umurtqalilarning  uchchala  ichki  muhit  suyuqligi 

o‗rtasida  doimiy  almashinuv  bo‗lib,  u  hujayralarga  zarur  bo‗lgan  moddalarni 

uzluksiz  kelib  turishiga  va  hayot  faoliyati  mahsulotlarini  esa,  chiqarib 

yuborilishiga yo‗naltirilgan  

Yuksak rivojlangan hayvonlar (issiqqonli) va odam tanasidagi mavjud ichki 

muhit suyuqliklarini 2 ta qismga ajratish mumkin:  

I  -  umumiy  muhitlar  (qon  va  limfa)  bularni  intravazar  muhitlar  ham 

deyiladi; 

II  -  ayrim  ixtisoslashgan  muhitlar  (miya  hujayralari  suyuqligi,  ko‗z  olmasi 

suyuq muhiti, sinovial (moylash) suyuqligi, ichki quloq suyuqligi, plevra pardalari 

suyuqligi, va hokazo) bularni ekstravazar muhitlar ham deyiladi.  

Ichki  muhit  suyuqliklari  ichida  eng  muhimi  qon  hisoblanib,  undan  boshqa 

suyuqliklar  paydo  bo‗ladi.  Qon  va  boshqa  suyuqliklar  o‗rtasida  doimiy  ravishda 

modda almashinuvi sodir bo‗lib turadi. Qon tizimiga, qonning o‗zidan tashqari qon 

yaratilishini  ta'minlaydigan  tuzilmalar,  qonning  yemirilishida  ishtirok  etuvchi 

a'zolar va bu jarayonlarni boshqaruvchi mexanizmlar kiradi.  



 

Qon  organizmning  asosiy  transport  tizimi  hisoblanadi.  Qon  plazma  va 



shaklli elementlardan tashkil topgan suyuq to‗qimadir (8.2-rasm, Almatov). Qonga 

qizil  rangni  eritrotsitlar  beradi,  bu  hujayralar  mikroskop  ostida  deyarli  dumaloq 

shaklda  ko‗rinadi.  Ular  orasida  ancha  kattaroq  bo‗lgan  ba'zi  bir  hujayralar  – 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish