bilan bevosita aloqada bo‗lmaydi. Evolyusiya jarayonida sodda hayvonlarning,
ya'ni bir hujayralilarning (bulutlar) tanasida suv o‗tkazadigan maxsus kanal hosil
11
Keyingi bosqichdagisi, ya'ni ikki qatlamli tuzilishga va radial simmetriyaga
ega bo‗lgan ko‗p hujayrali hayvonlarning tuban tipiga kiruvchi, kovakichlilar va
tuban chuvalchanglar. Bu hayvonlarning tanasida hujayralar oralig‗ida
kanalchalarni to‗ldirib turadigan ichki muhit suyuqliklari bo‗ladi. Bunda hayvonni
o‗rab turgan hazm bo‗shlig‗ini to‗ldiradi va undan suyuqlik hujayralararo
kanalchalarga o‗tadi. Hujayralar orasidagi suyuqlikni suv limfa deb ataladi.
Tarkibi bo‗yicha suv limfa atrof muhitdagi suyuqlikdan deyarli farq qilmaydi.
Shunday qilib, bunday hayvonlarda xuddi murtakning 2 qavatli taraqqiyot
bosqichidagi (gastrula) birlamchi hazm bo‗shlig‗iga o‗xshagan sirkulyasiyani
gastrovaskulyar tizimi hosil bo‗la boshlaydi. Ichki muhit tarkibini keyingi
murakkablashuvi, o‗ziga xosliklari va nisbatan doimiyligi bo‗g‗imoyoqlilarda
(tanasi xitin bilan qoplangan kutikulaga va bo‗g‗imli oyoqchalarga tutashmagan
qon aylanish tizimiga, qorin asab zanjiriga, aralash tana bo‗shlig‗iga ega bo‗lgan
hayvonlarda) kuzatiladi. Bu hayvonlar uchta kenja tipga: 1) jabrasi bilan nafas
oluvchilarga; 2) xelitseralilarga; 3) traxeya bilan nafas oluvchilarga bo‗linadi.
Bunday ko‗rinishdagi va tarkibli ichki muhit suyuqligi 1 mln. dan ortiq turlarni
birlashtiradigan bo‗g‗imoyoqlilar tipi va molyuskalarda kuzatiladi. Bir-biri bilan
tutashmagan lakunarli (botiqli) (masalan, hasharotlarda gemolimfa suyuqligi bilan
to‗lgan a'zolar orasidagi yoriqlar) tomir tizimi va o‗zida gemolimfa saqlaydigan
tomir devorlarining bir me'yorda pulslanishi suyuqlikni tomirlar bo‗ylab oqimini
amalga oshiradi va shu yo‗l bilan hujayralar oralig‗idagi bo‗shliqlarni to‗ldirib
turadi. Bu bo‗shliqlar maxsus rezervuar-lakuna (bo‗shliq) ko‗rinishda bo‗ladi.
O‗zida nafas olish va gemolimfasi bor bo‗g‗imoyoqlilar faqatgina ozuqa
moddalarnigina emas, balki gazlar tashilishini ham amalga oshiradi. Ularning
gemolimfasida temir va mis saqlovchi (gemoglabin, gemotsianin) nafas olish
pigmentlari ham bor. Ammo bunday hasharotlarning qonida yuqori metabolik
faollikni saqlab turishga qodir bo‗lgan va faqat yuqori takomillashgan murakkab
tuzilishga ega bo‗lgan hayvonlarga xos nafas olish pigmentlari topilmagan.
Bo‗g‗imoyoqlilarning tanasini traxeyali trubkachalar (hasharotlarning nafas olish
12
a'zosi) qoplangan bo‗lib, ular sirtiga yoriqsimon teshikchalar-stigmalar bilan
ochiluvchi nafas naychalari teshib o‗tadi. Stigmalardan o‗tgan havoto‗qima
hujayralarini bevosita kislorod bilan ta'minlaydi. Bo‗g‗imoyoqlilar qonining asosiy
vazifasi g‗umbaklarning o‗sishi va rivojlanishi uchun o‗ta muhim bo‗lgan ozuqa
moddalar, metobolitlar va gormonlarni yetkazib berishdan iborat.
Oligoxiy, polixiy, zuluklar, folonid, namertin, boshoyoqli molyuskalar,
goloturiy va ignatanlilar ichki muhiti. Bu hayvonlarda yopiq tizimli qon tomirlar
hosil bo‗lgan va bu tomirlarda qon aylangan. Shuning bilan birga qon va hujayralar
oralig‗i suyuqligi tarkibi va faoliyati bo‗yicha ikki mustaqil tizimni tashkil qilgan.
Qon tarkibida ixtisoslashgan hujayralar, oqsillar, organik moddalar, nafas olish
pigmentlari va tuzlarni saqlaydi. To‗qima suyuqligi tomirlarda aylanib yurgan qon
bilan to‗qima hujayralari o‗rtasida vositachi rolini bajaradi. Shuning uchun ham
uning tarkibi uzluksiz ravishda o‗zgarib yangilanib turadi.
Ayrim umurtqasiz hayvonlarda (chuvalchanglar, sakkizoyoqlilar va dengiz
yulduzchalarida) qon to‗qima suyuqligi bilan birganilkda gidravlik skeletni hosil
qiladi va bu orqali harakatlanish aktini amalga oshiradi. Gidravlik skeletni ishlashi
uchun suyuqlik chegaralangan yopiq bo‗shliqda bo‗lishi lozim va bu suyuqlikda
bosimni hosil qilish uchun mushak kuchidan foydalaniladi. Lokomatsiyada
gidravlik skeletni roli yomg‗ir chuvalchanglarida to‗liq o‗rganilgan.
Umurtqali hayvonlarga yuqorida aytib o‗tilgan tizimlardan tashqari, yana
ichki muhit suyuqligining uchinchi tipi – limfa ham xos. Limfa maxsus
ixtisoslashgan tomir tizimlarida harakatlanadi. Ularning hujayralar oralig‗i
suyuqligi endotelial devor bilan to‗silgan. Umurtqali hayvonlarning ichki muhitini
tashkil qiluvchi uchchala suyuqlik orasida doimiy ravishda almashinuv jarayonlari
bo‗lib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: