O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat Universiteti
Fizika–matematika fakulteti 184-Fizika guruh
talabasi Hayitov Eldarning Radioelektronika asoslari fanidan bajargan
Kurs ishi
Mavzu: Bipolyar tranzistor kuchaytirgich elementi sifatida.
Topshirdi: Hayitov .E
Qabul qildi: Koshchanova.D
URGANCH-2020
Mavzu: Bipolyar tranzistor kuchaytirgich elementi sifatida
Reja.
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
2.1 Bipolyar tranzistorning elektr modeli.
2.2 Bipolyar tranzistorning statik xarakteristikalari.
2.3 Bipolyar tranzistorlarning chastota xususiyatlari.
3.Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Bugungi kunga kelib oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifa xalqimizning moddiy va ma’naviy hamda madaniy saviyasini oshirishdan iborat.
Bu muhim vazifani hal qilish uchun ishlab chiqariliyotgan mahsulotlar sifatini ko‘tarish, ishlab chiqarish korxonalarining mahsuldorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish lozim.
Og‘ir sanoat, radiotexnika sanoati va radiomexanika tizimida yangi texnologiyalar, shu jumladan, kompyuter texnologiyalarining joriy qilinishi yangi element bazalari, mexanizatsiya va avtomatizatsiya hamda mahsulot sifatini nazorat qilish tizimini yangilashni talab qiladi.
Radiotexnikaning rivojlanishi bevosita uning asosiy bazasi bo‘lgan elektronika va mikroelektronikaning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Mikroelektronikaning yaratilishi radiotexnika sohasida ham katta o‘zgarishlarga olib keldi. Shundan so‘ng elektronika aniq ikki qismga, ya’ni katta quvvatli radioelektronika va mikroelektronikaga ajraldi. Mikroelektronikaning vazifasi ko‘pgina yarim o‘tkazgichli asboblarni hamda bo‘linmaydigan, ma’lum darajada radiosxemalarni o‘z ichiga olgan, kam quvvatli qurilmalarni yaratishdan iborat. Keyingi paytlarda radiotexnika- ning rivojlanishi bilan yangi sohalar ham vujudga keldi. Bularga optoelektronika va akustoelektronika, robototexnika sohalarini misol qilib keltirish mumkin.
Optoelektronika elektromagnit to‘lqinlar shkalasidan joy olgan optik diapazondan axborotni uzatish va qabul qilishda foylanish imkoniyati borligi bilan bog‘liqdir.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2016-yil 27-yanvar- dagi «Radioelektron ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i ahamiyatlidir. Bipolyar tranzistor Bu elektron qurilmalarning asosiy elementlaridan biridir. Uning maqsadi elektr signallarining kuchini uning kiritilishiga keltirish uchun oshirishdir. Quvvat tashqi quvvat manbai tomonidan kuchaytiriladi. Transistorlar uchta pinli radioelektron element hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |