Dialektik metod faqat ziddiyatni emas, balki qarama-qarshiliklar birligini ham ifodalashi
bir-biri bilan qarama-qarshi hodisalarni bir butun holda ko‗rish imkonini beradi. Kishilik jamiyati
taraqqiyotini iqtisodiy fikrlash tarzining o‗zgarishini, insonlarni tarbiyalash jarayonini
o‗rganganimizda shu metoddan foydalanamiz.
Iqtisodiy tarbiya nazariyasini o‗rganishda qo‗llaniladigan metodlar ilmiy tadqiqot
metodlaridir. Bu metodlarga ko‗ra:
• insonni tarbiyalanuvchi va tarbiyachi
sifatida tadqiq etish;
• insonni o‗rganishning turli jabhalarini sintezlash;
• parallel ravishda ularni pedagogik
jihatdan talqin qilish,
amalga oshirish;
• tajriba va eksperimentlar orqali faktlarni o‗rganish. Jarayonlar va omillarni alohida shaxs
va jamoa misolida o‗rganish, o‗zgarishlarni
aniqlash;
• deduktiv-gipotetik va induktiv-empirik modellar asosida asosiy g‗oyalarni o‗z predmeti
doirasida tadqiq etish.
Iqtisodiy tarbiya nazariyasining muhim metodlaridan biri tarixiylik
va mantiqiylik metodlari
bo‗lib, ular tahlil (analiz) va sintez metodlari bilan uzviy ravishda qo‗shilib ketadi. Chunki tarixiy
faktlar, ma‘lumotlar o‗rganilib tahlil qilinadi. Tarbiyaviy jarayon bo‗yicha dunyo miqyosidagi
tajribalar o‗rganiladi, ulardan foydalaniladi. Sababi, jamiyatni avvalgi taraqqiyot davrini
o‗rganmay, milliy an‘analar ildizini bilmay hozirgi davr uchun mustahkam asos yaratib
bo‗lmaydi.
Aniq fanlarning inson haqidagi ma‘lumotlari pedagogika fani tomonidan o‗zlashtirilishi
mumkin. Buning uchun ular sintez qilinadi va mantiqiy xulosa chiqariladi.
Bundan tashqari induksiya va deduksiya metodidan keng foydalaniladi. O‗z predmeti nuqtai
nazaridan yondashilgan holda boshqa fanlar bilan hamkorlikda tadqiqot olib boradi.
Iqtisodiy tarbiya nazariyasini o‗rganishda adabiyotlar bilan ishlash metodi ham muhim o‗rin
tutadi. Iqtisodiy tarbiya nazariyasiga xos muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‗rganishdan
boshlanadi. Bunda tarixiy pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, maorif, ta‘lim-tarbiyaga oid,
huquqiy hujjatlarni o‗rganish, boshqa mamlakatlarning tajribasini o‗rganish amalga oshiriladi.
Adabiyotlarni o‗rganish orqali insoniyat tomonidan bu borada nimalarga erishilgani o‗rganiladi,
qanday hal etilmagan muammolar borligi aniqlanadi.
Fanni o‗rganishda qo‗llaniladigan yana bir metod germenevtika, ya‘ni talqin qilish metodi
hisoblanadi. Bu metod insonning tabiatini tushunishga yordam beradi.
Tarixdan o‗rganish bu tarixni o‗rganish emas, tarixni yodda saqlash emas, balki unga
yoshlarga iqtisodiy jihatdan tarbiyalashda qanday foydalansa bo‗ladi, degan nuqtai nazardan
qarash tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: