Fizik jarayonlar va tajribalarni modellashtirish
Tez kechadigan, ko’zga ko’rinmas fizik jarayonlarni modellashtirish va uni
kompyuterda namoyish etish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi. Masalan: jismlarning erkin tushishi, yuqoriga tik otilgan va gorizontal otil-
gan jismlar harakati.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “kadrlash tayyorlashning milliy dasturi”da
qayd etilishicha ta’lim jarayoniga Yangi pedagogik texnalogiyani va zamonaviy
ta’lim usullaridan samarali foydalanish ta’kidlanadi.
Fizika fanining o’quv dasturida ko’zda tutilgan ko’pchilik jarayonlar ko’zga
ko’rinmas (mikroalam) va juda tez kechadigan jarayonlar hisoblanadi. Shu sababli
ularni o’zlashtirishda o’quvchilar ma’lum qiyinchilikka duch kelishadi. Ta’limning
ko’rgazmalilik va onglilik tomoyillarini amalga oshirish uchun fizik jarayonlarni
kompyuter yordamida modellashtirish muhim didaktik vosita hisoblanadi.
Quyida biz ayrim fizik jarayonlarni modellashtirishga doir misollar bilan
tanishamiz. 1-rasmda jismlarning erkin tushishi (a), yuqoriga tik otilgan jism (b),
gorizontga otilgan jismlarning (s) teng vaqtlar oralig’ida ko’chishlari maxsus tuzil-
gan dastur asosida (animasiya) kompyuter ekranida nomoyish etilganligi tasvirlan-
gan.
2-rasm gorizontga nisbatan turli xil burchaklar (
=30,45,60
0
) ostida otilgan
jismlarning harakat trayektoriyasi va o’tgan yo’llari keltirilgan. Turli burchaklar
ostida otila yotgan sharchalar turli ranglar bilan ifodalangan. Kompyuterda ushbu
jarayonni sekinlashtirib namoyish etish orqali ta’limning ongililik va
ko’rgazmalilik tamoyiliga erishish mumkin.
3-rasmda molekulalarning xaotik issiqlik harakati dinamikasi namoyish etil-
gan. Ushbu jarayonni to’g’ridan-to’g’ri kuzata olmaymiz. Kompyuter vositasida
ushbu jarayonni jonli ravishda (animasiya) tarzda tasvirlash mumkin.
4-rasmda gaz molekulalarining tartibsiz issiqlik harakatini tartibli-mexanik
harakatga aylanish jarayoni keltirilgan. Gaz harorati oshganda molekulalarning
57
harakat tezliklari ham ortib, gaz bosimini ortishiga olib keladi va gaz ustida joy-
lashtirilgan porshen yuqoriga harakatlanadi. Gaz harorati pasayganda esa porshen
pastga tushadi. Ushbu jarayonni kompyuter ekranida namoyish etish orqali
o’quvchilarni issiqlik mashinalarida kechadigan jarayonlar bilan mukammal tan-
ishtirish imkoni tug’iladi.
5-rasmda kristall panjarasining dinamikasi tasvirlangan. Kompyuter yor-
damida
panjara
tugunlarida
joylashgan
atom
yoki
molekulalarning o’z muvozanati holati atrofida tebranma harakatini namoyish etish
mumkin.
6-rasmda triod lampasida kechadigan jarayonning modeli tasvirlangan. Ka-
toddan uchib chiqayotgan manfiy zaryadni elektronlar to’rga musbat kuchlanish
berilganda ular anodga kelishi va to’rga manfiy kuchlanish berilganda esa ular
anodga yetib kela olmasligini kompyuterda namoyish etish mumkin.
7-rasmda metallarda o’zgarmas elektr toki jarayonini modeli tasvirlangan. Kristall
panjarasi tuganlarida joylashgan musbat zaryadli ionlar o’z muvozanati holati
atrofida tebranma harakat qilib turadi. Manfiy zaryadli erkin elektronlar tashqi
elektr maydoni ta’sirida tartibli harakat qiladi va ionlar bilan tuqnashuvi oqibatida
ularning to’g’ri chiziqli tartibli harakati buzilib turadi va elektr qarshiligi vujudga
keladi. Ushbu jarayonni sekinlashtirib kampyuterda namoyish etish mumkin.
8-rasmda tebranish konturida yuz beradigan jarayon tasvirlanagan. Kondensatorda
to’plangan elektr maydoni energiyasi solenoidda magnit maydon energiyasiga ay-
lanadi. O’z induksiya tufayli magnit maydoni energiyasi qayta elektr maydon en-
ergiyasiga aylanadi.
9-rasmda yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini elastik sharchalarning hara-
kati oraqali tasvirlangan modeli ko’rsatilgan.
10-rasmda Rezerford tajribasining modeli tasvirlangan. Rezerford tajribasini mak-
tab laboratoriyasi sharoitida amalga oshirib bo’lmaydi. Shuning uchun uni kom-
pyuter orqali jonli ravishda modeli asosida namoyish etish mumkin.
58
а)
c)
б)
1-rasm
2-rasm
59
3-rasm
4-rasm
60
5-rasm
61
6-rasm
7-rasm
62
C
L
C
L
C
L
C
L
8-rasm
63
9-rasm
10-rasm
64
Do'stlaringiz bilan baham: |