Fizikani o’qitish jarayonida modellashtirishning
didaktik asoslari
Fizikani o’qitish jarayonida darsning samaradorligini oshirish, o’quvchilar
bilimini chuqurligi va ongliligini ta’minlash maqsadida modellardan foydaliniladi.
O’quv jarayonida qo’llaniladigan modellar moddiy (ashyoviy) va abstrakt (xayo-
liy) modellarga bo’linadi.
Ashyoviy modellarni fizika darsida qo’llanilishining didaktik tomonlari bi-
lan tanishaylik. Fizika fanini o’rganish moddiy nuqta kinematikasini o’rganishdan
boshlanadi. “Efir”, elektr va magnit “flyudi”, “teplorod” modellari abstrakt model-
lar hisoblanadi.
Moddiy nuqta modelini kiritish orqali qanday didaktik muammo hal etiladi?
Bizga ma’lumki harakatlanayotgan mexanik jismlar o’lchamga ega, lekin ularning
o’lchamini ma’lum sharoitda hisobga olmaslik mumkin, ya’ni mexanik jismning
o’lchami
qaralayotgan sharoitda S masofaga nisbatan juda kichik bo’lsa (
<uni moddiy nuqta bilan almashtirib, harakat qonunlarini o’rganamiz. Bunday xayo-
liy soddalashtirish nafaqat Yer sharoitida kechadigan jarayonlarda, balkim kosmik
jismlar harakatiga ham, mikrozarrachalar harakatiga ham qo’llash mumkin. Ma-
salan, Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofaga (S
o’rt
= 150 Gm = 1,5
10
11
m), Yern-
54
ing radiusi (R
yer
= 6,4
10
4
m) ga teng. Demak, (R
yer
<< S) Yer sharimizni ham Yer-
dan Quyoshgacha bo’lgan masofaga nisbatan moddiy nuqta deb olsak bo’ladi.
Xuddi shunday Quyosh sistemasiga kiruvchi boshqa planetalarni ham moddiy nu-
qta deb qarashimiz mumkin ekan.
Mikroolam sharoitida ham moddiy nuqta tushunchasini qo’llash mumkin.
Masalan: vodorod atomida yadro o’lchami r
ya
10
-13
sm bo’lsa, yadrodan birinchi
elektrongacha bo’lgan masofa S = 0,5
10
-8
sm ga teng, ushbu sharoitda ham
(r
ya
<moddiy nuqta modelini qo’llash mumkin emas. Masalan: 10 m uzunlikdagi yuk av-
tomobili 20 m uzunlikdagi ko’prikda harakatlanayotgan bo’lsa, ko’prik uzunligiga
nisbatan avtomobilni moddiy nuqta deb bo’lmaydi.
Boshqa bir abstrakt model “Ideal gaz” modelini olaylik. Gaz holatini
o’rganishda uning eng sodda modeli olib o’rganiladi. Gaz molekulalari absalyut
qattiq shar deb, ularning o’zaro va idish devori bilan to’qnashuvi ideal sharlarning
elastik to’qnashuviga qiyoslanadi. Xuddi shuningdek molekulalarning o’lchami hi-
sobga olinmaydi, ularning o’zaro va idish devori molekulalari bilan o’zaro ta’siri
e’tiborga olinmaydi va ular elastik to’qnashadi deb qaraladi. Xuddi shuningdek
gaz molekulalariga boshqa bir necha tashqi ta’sirlarni ham inobatga olmaymiz.
Gravitasiya, elektr, magnit maydonlari ta’siri ham yo’q deb qaraymiz. Aslida gaz
molekulalari bu maydonlar ta’sirida bo’ladi. Boshqa sharoitlarda bu tashqi ta’sirlar
hisobga olinganda gaz holatini boshqa xossalari kelib chiqadi. Shunday qilib ideal
gaz modeli gaz holatining eng sodda holatini ifodalab bizni qiziqtirayotgan savol-
larga qisman javob beradi. Keyinchalik ideal gaz modelidagi cheklanishlarga bar-
ham berilib “Real gaz” modeli yaratildi. Bu modelga asoslanib Van-der-Vaals to-
monidan tajriba natijalariga mos keluvchi gazning holat tenglamasi keltirilib
chiqarildi.
RT
b
V
V
a
P
)
)(
(
2
. Ushbu tenglamada
2
V
a
- ifoda gaz molekulalari bi-
lan idish devori molekulalarining o’zaro tortishuv yoki itarishuv jarayonini hisobga
olsa, b – barcha molekulalarning xususiy hajmlarini yig’indisini ifodalaydi. Real
gaz modeli ham to’lasincha gaz holatini ifoda eta olmaydi. Chunki bu modelda biz
gaz molekulalarini elementar zarracha deb oldik, aslida har bir gaz molekulasi bir
nechta atomlardan tashkil topgan sistema hisoblanadi. Xuddi shuningdek har bir
atomni o’zi, uning yadrosi ham podsistema hisoblanadi. Qolaversa hozirgi ilmiy
tasavvurlarga ko’ra, elektron, proton, neytron va biz hozirgi paytda elementar deb
hisoblab kelayotgan barcha 250 dan ortiq zarrachalar ham tarkibiy qismlar (kvark-
lar) dan tashkil topgan. Shuning uchun o’ta yuqori temperaturalarda gaz holati
(plazma) o’zida yana ko’pgina xususiyatlarni namoyon etadi. Bu holatlarda real
gaz modeli sistemada kechadigan barcha jarayonlarni tushuntira olmaydi. Ajab
emas kelajakda gaz holatining to’la tushuntira oladigan mukammal nazariya
(model) yaratilishi mumkin.
Mexanika va molekulyar fizika bo’limida “absalyut qattiq jism” modeliga
duch kelamiz. Qanday zarurat tufayli ushbu model qabul qilingan? Absalyut qattiq
jism deganda, har qanday kuch ta’sirida ham deformasiyalanmaydigan jismga ayti-
ladi. Ammo real narsalar ichida bunday xossaga ega jismlar yo’q, tabiatdagi barcha
jismlar tashqi kuch ta’sirida ozmi-ko’pmi deformasiyalanadi. Deformasiya jaray-
55
onida mexanik energiyaning bir qismi jismning ichki energiyasiga aylanadi. Nati-
jada biz qarayotgan jarayonda energiya va impulsning saqlanish qonuni bajaril-
maydi, uni o’rganish imkoni bo’lmaydi. Shu sababli fizik jarayonlarni o’rganishda
modellashtirish ilmiy tahlilning zaruriy vositasi bo’lib hisoblanadi. O’quv jaray-
onida modellashtirishning didaktik ahamiyati to’g’risida to’xtalamiz. Fizikani
o’qitish jarayonida modellashtirish vositasi bilan o’quvchilarda ilmiy dunyo-
qarashni shakllantirish, matematik tahlil, analiz, sintez, sistemalashtirish, xulosa
chiqarish, hodisa va jarayonlarga ijodiy yondashuv kabi xislatlarni shakllantirishga
erishiladi.
Ta’lim va tarbiya jarayoni murakkab, boshqariladigan, ochiq, nochiziqli di-
namik sistema hisoblanadi. Ta’lim jarayonini modellashtirish, uni tarkibi va struk-
turasini aniqlash va uni takomillashtirish muammolarini o’rganish shu kunning
eng dolzarb vazifasidir. Bu muammoni hozirgi paytda shakllanayotgan yangi
pedagogik texnologiya fani o’rganadi. Texnologiya so’zi sanoatdagi ishlab chiqar-
ish jarayonidan analogiya sifatida olingan bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy
ravishda boshqarishga tushuniladi. Yangi pedagogik texnologiyani ilmiy izlanish
metodi bu sistemali tahlil hisoblanadi. Sistemali yondashuv vositasida ta’lim va
tarbiya jarayonining boshqarish, ta’lim jarayonini tashkil etish, o’qitish,
o’quvchilar bilim va malakasini nazorat qilish va unga kerakli tuzatishlar kiritish
kabi vazifalarni amalga oshirish mumkin. Yangi pedagogik texnologiya keng qam-
rovli tushuncha bo’lib, u turli fanlarning zamonaviy yutuqlariga asoslanadi. Mu-
rakkab dinamik sistemalarni boshqarish bilan kibernetika fani shug’ullanadi. De-
mak qisqacha qilib aytganda yangi pedagogik texnologiya – bu ta’lim tarbiya
jarayoni kibernetikasi deyish mumkin. YaPT to’g’risida keyingi ma’ruzalarda
batafsil to’xtalamiz. Har qanday model sistema hisoblanadi va uni tarkibi va struk-
turasini quyidagi sxema orqali tasvirlash mumkin (3-rasm).
1) Subyekt – modelni yasovchi
2) Obyek-orginal
3) Model
4) Model faoliyat ko’rsatadigan madaniy muhit.
Ushbu to’rtala elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar son-sanoqsiz bo’lishi
mumkin, ammo biz ulardan faqat asosiylarini tanlab olamiz.
1
2 3
56
4
1- subyekt, 2-obyekt (orginali), 3- model, 4-madaniy muhit.
Shuning uchun har qanday model originalga qaraganda zaifroq, soddarog’
bo’ladi. Modelning madaniy muhit bilan chiqisha olishiga, yashab ketishiga
“Ingridiyent” ligi deyiladi, bu so’z kogerent so’zi bilan hamohang hisoblanadi.
Ingridiyent (ingliz tilidan)– “ichki, moslik, chiqisha olishlik degan
ma’nolarini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |