23
Vatanimiz mustaqillikka erishgach, yoshlarning ta’lim-tarbiyasini g’oyaviy
asoslarini yaratishga ehtiyoj tug’ildi. Bu muammo ustoz va murabiylar zimasiga
tushgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuning uchun fizika fanini oliy va
umumta’lim muassasalarida o’qitishda milliy qadriyatimiz bo’lmish islom dini va
falsafasi tasavvuf ta’limoti hamda buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy meroslaridan
samarali foydalanish zarurdir. Buyuk allomalarimiz Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy,
Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino, Umar Xayyom, Ulug’beklarning tabiiy fanlar
sohasida, Bohoviddin Naqshbandiyning psixologiya sohasida, Ismoil Buxoriy,
Alisher Navoiy va Yassaviylarning ta’lim-tarbiya va pedogogika sohasidagi ilmiy
va badiiy asarlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bu olimu allomalarimiz Islom ilmi bilan dunyoviy ilmlarni birgalikda olib
borishgan. Ular avvalo Qur’on ilmini egallab, so’ngra tabiiy fanlarni o’rganishga
kirishganligi tarixdan bizga ma’lum. Dinimizning muqaddas kitobi sanalmish
Qur’oni Karimda “Ilm” so’zi 600 dan ortiq marta tilga olinadi va unda barcha
dunyoviy ilmlar mujassamlashgan. Shu jumladan, fizika faniga doir vaqt va
fazoning nisbiyligi, butun olam tortishish qonuni, olamning tuzilishi
(kosmologiya), tabiiy va ijtimoiy jarayonlar mohiyati o’z yechimini topgan. Islom
dini ilmni toat-ibodatdan yuqori qo’yadi va yoshlarni ilm olishlarini farz deb
hisoblaydi. Keyingi o’n yil ichida nazariy fizika sohasida ulkan muvofaqqiyatlarga
erishdik nazariyotchi fizik olimlar tomonidan “yagona maydon” (“torsion”
maydon) nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan inson bilan uni yaratgan
tangri-toolo (xudo) o’tasida “torsion” moydon orqali muntazam aloqa mavjud
ekan. Biz qilgan toat-ibodatimiz yoki gunohlarimiz yorug’lik tezligidan to’qqiz
marta
katta
tezlikda
yaratgan
tangri
dorgohiga
yetar
ekan.
Milliy
qadriyatlarimizning buyuk vakillari islom falsafasi (so’fizm) ning asoslarini yaratib
bizga meros qoldirishgan va biz undan bahramand bo’lishimiz lozim.
Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimizni o’rganish, undan amaliy
foydalanish baxtiga muyassar bo’ldik. Yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga yangicha
yondashuv zaruriyati tug’ildi. Barkamol avlodning ta’lim-tarbiyasini zamona
talabiga javob bera oladigan darajada amalga oshirish uchun islom dini falsafasi
bilan fizika fanining keyingi yutuqlarini birgalikda (mushtaraklikda) o’rganish
hayotiy zaruratga aylandi. Bu muammoni yechimini topish va uni ta’lim jarayoniga
kiritish orqali yoshlar tarbiyasini mukamalligiga erishish mumkin. Xulosa qilib
aytsak islom dini va uning asoslarini ta’lim-tarbiya jarayoni sistemasining bir
bo’lagi (elementi) deb qarash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: