O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/106
Sana20.09.2021
Hajmi1,22 Mb.
#179951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

I. FO’U umumiy masalalari. 
 
1-ma’ruza. Respublikamizda milliy ta’lim tizimining isloh 
qilinishi hayotiy zarurat ekanligi 
 
Reja:  Mamlakatimizda  ta’lim  tizimini  isloh  qilish  tarixiy  zarurat 
ekanligi. Milliy ta’lim  muammolari. “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” 
(KTMD).  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun.  Kadrlar  tayyorlash  tizimini 
takomillashtirishning 
asosiy 
yo’nalishlari. 
Ta’limning 
uzluksizligi. 
Islohotlarni amalga oshirish bosqichlari. 
Tayanch  iboralar.        Barkamol  avlod,  ta’lim,  tarbiya,  sistema,  DTM, 
uzluksiz  ta’lim,  o’rta  umum  ta’lim,  oliy  ta’lim,  DTS,  lisey,  kollej,  bakalavr, 
magistr,  aspirantura,  doktarantura,  sertifikat,  akkreditasiya,  monitoring,  in-
ternet. 
O’zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so’ng  bozor  iqtisodiga  asoslangan 
demokratik  jamiyat  qurishga  kirishdik.  Har  qanday  jamiyatning  kelajagi  nafaqat 
yer usti va yer osti tabiiy boyliklari bilan balkim o’zining yuksak ma’naviyati va 
madaniyati bilan belgilanadi. Yuksak ma’naviyat  va madaniyatga  esa  mukammal 
ta’lim-tarbiya  tizimining  ma’lum  bir  muddat  mobaynidagi  faoliyati  natijasida 
erishilishi  o’z-o’zidan  ayon.  Xo’sh,  shu  nuqtai-nazardan  olganda  istiqloldan 
oldingi  ta’lim  tarbiya  tizimi  to’g’risida  nimalarni  aytish  mumkin?  Birinchidan,  
bizga sho’rolar davridan meros bo’lib qolgan ta’lim-tarbiya tizimi zamona talabiga 
javob  bera  olmay  qoldi.  Ikkinchidan,  mustaqillikdan  oldin  va  undan  keyingi 
dastlabki  yillarda  ta’lim-tarbiya  va  o’quv  jarayonida  olib  borilgan  o’zgarishlar  va 
tadbirlar  yuzaki bo’lib, uzluksiz ta’lim tizimining muammolarini  yechishga qodir 
emas edi. Uchinchidan, ta’lim va tarbiya tizimi zamona talabiga, ya’ni iqtisodiy va 
ijtimoiy islohotlar talabiga javob bera olmay qoldi. Ta’lim tizimidagi muammolar: 
maktablarning  moddiy  bazasining  juda  nochorligi,  o’qituvchilar  malakasining 
pastligi, o’quv jarayonining mukammal emasligi, eski qolipda yozilgan darsliklar, 
bitiruvchilar malakasining pastligi, o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi munosabat, 
o’quvchilarning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatining  pastligi,    11  yillik  majburiy 
ta’limning  ilmiy  asoslanmaganligi,  9-sinfni  bitirayotgan  yoshlarning  55%-i  10- 
22%-i,  hunar-texnika  yoki  maxsus  o’quv  yurtlarda  o’qishni  davom  ettirsa, 
qolganlari  ko’chada  qolayotganligi.  11-sinfni  bitirayotgan  yoshlarning  ko’pchiligi 
hyech  qanday  malaka  va  kasb-hunar  egallamayotganligi  kabilar  edi.  Ahvol  juda 
achinarli  bo’lib  ayniqsa,  viloyat  va  tumanlardagi  hunar-texnika  bilim  yurtlarida 
o’quv texnika bazasining nochorligi, o’qitish sifatining pastligi va zamona talabiga 
javob bermasligi aniq bo’lib qolgandi. 
Oliy  ta’lim  tizimi  islohoti.      Birinchidan,  Oliy  ta’lim  muassasalarida  
tayyorlanayotgan talabalar ehtiyojni qanoatlantiradimi, ular zamona talabiga javob 
bera oladilarmi? Ta’lim tizimidagi eskicha o’quv dasturi, eskicha asbob-uskunalar, 
zamonaviy darsliklar va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanmaganlik mutaxassislar 
sifatiga  hamon  salbiy  ta’sir  ko’rsatib  kelmoqda.  Bu  sohada  to’plangan 
kamchiliklar: 
1.  Oliy  o’quv  yurtini  bitirayotgan  yoshlarimiz  qanday  talablarga  javob 
berishini aniqlab olish. 


 

2.  Bilimga  chanqoq,  iste’dodli  yoshlarni  tanlab  olishning  obyektiv 
adolatli  tizimi  va  tartibini  o’rnatish  hamada  yetarli  ma’lumot  olish  uchun  barcha 
imkoniyatlarni yaratish. 
3.  Oliy  ta’lim  o’quv  yurtlarida  necha  xil  mutaxassislik  bo’yicha  ta’lim 
berish lozimligini aniqlash. 
4.  Zamonaviy mutaxassis  tayyorlash uchun zamonaviy  ta’lim  va tarbiya 
bazasini  yaratish.  O’quv  yurtlari  rahbarlari,  o’qituvchi-professorlarning  ish  haqini 
muvofiqlashtirish. 
5.  O’quv    dasturi  va  programmalarni  zamonaviy  talablar  darajasiga 
moslashtirish, ularning zaif tomonlarini bartaraf etish. 
Oliy  ta’lim tizimi islohotida oliy ta’lim muassasalarining chet el oliy o’quv 
yurtlari  bilan  aloqasini  mustahkamlash,  chet  ellardan  professor  o’qituvchilarni 
ishga  taklif  etish.  Chet  ellarda  yoshlarning  o’qishini  ta’minlash,  o’qituvchi  va 
kafedra  mudirlarini  chet  elga  xizmat  safarlarini  (malaka  oshirishni)  uyushtirish 
ko’zda tutiladi. Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo’lgan muammolar:  
-  Uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali 
foydalanish.  
-  Davlat ta’lim standartlarini yaratish va ijrochi mexanizmini ishlab chiqish. 
-  Ixtisoslik,  malaka  darajasiga  ko’ra  mutaxassislarga  bo’lgan  umumdavlat  va 
mintaqaviy talablar istiqbolini aniqlash. 
-  Ta’lim tizimini isloh qilish, o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash. 
-  Kasb  tanlash  bo’yicha  davlat  va  ijtimoiy  muassasalarning  faoliyatini 
takomillashtirish. 
-  O’quvchilarni  Vatanga  sadoqat,  yuksak  axloq,  ma’naviyat  va  ma’rifat, 
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. 
-  Ta’lim  muassasalarini  moliyaviy,  moddiy-texnikaviy  ta’minlash  me’yorlarini 
oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish. 
-  Chet el sarmoyalarini jalb etish. 
-  Oliy  o’quv  yurtlariga  mustaqillik  berish,  o’z-o’zini  boshqarish  usullarini  joriy 
etish. 
-  Davlat  va  jamiyat  kadrlar  tayyorlash  tizimini  uzluksiz  rivojlantirish  va 
takomillashtirishda kafil bo’lmog’i zarur. 
Uzluksiz  ta’lim  tizimi  maktabgacha  tarbiya,  boshlang’ich  ta’lim,  umumiy 
ta’lim va maktabdan tashqari ta’limni o’z ichiga oladi. 
Maktabgacha  ta’lim.    Uch  yoshdan  boshlanib,  olti-yetti  yoshgacha  oilada, 
bolalar bog’chasida va boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. 
Boshlang’ich  ta’lim.  1-  4  sinflarni  o’z  ichiga  oladi.  O’qish  6  yoki  7  yoshdan 
boshlanadi. 
Umumiy ta’lim.  5-9 sinflar doirasida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya beriladi. 
Umumiy  ta’lim  barcha  uchun  majburiy  bo’lib,  yoshlarga  bilim  asoslarini  chuqur 
o’rgatish, ular dunyoqarishini shakllantirish va kengaytirishga asos bo’ladi. 
O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi o’qish muddati 3 yildan kam bo’lmagan 
akademik va kasb-hunar liseylari va kollejlarda amalga oshiriladi. 
Oliy ta’lim. 18 – 19 yoshdan boshlanib, to’rt yildan kam bo’lmagan muddatda 
davom etadi. Oliy ta’lim bakalavriat va magistraturaga bo’linadi. 


 

Bakalavriat.  Yo’nalishlarning biri bo’lib bazaviy oliy ta’lim berish demakdir. 
Unda  o’qish  muddati  4  yil  davom  etib,  oliy  ma’lumot  va  tayanch  mutaxassislik 
diplomini olish bilan tugaydi. 
Magistratura.  Aniq  mutaxassislik  bo’yicha  oliy  kasbiy  ta’lim  bo’lib, 
bakalavriat  negizida  kamida  ikki  yil  davom  etadi.  Undagi  tahsil  kvalifikasion 
davlat  attestasiyasi  va  magistrlik  dissertasiyasini  himoya  qilish  bilan  nihoyasiga 
yetadi. 
Aspirantura. Magistrlik negizida 3 yil davom etadi va muayyan mutaxassislik 
bo’yicha oliy kvalifikasiyali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi. 
Doktorantura.  Fan  nomzodi  ilmiy  darajasi  negizida  3  yil  davom  etadi  va 
dissertasiya  himoya  qilish  bilan  yakunlanadi.  Yakunga  ko’ra,  tanlangan 
mutaxassislik bo’yicha “Fan doktori” ilmiy darajasi beriladi. 
Bulardan tashqari, yangi tizimga qo’shimcha kasbiy ta’lim-qayta tayyorlash 
va malaka oshirish kiradi. 
Shunday  qilib,  12  yillik  umumiy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  berish  davlat 
tomonidan kafolatlanadi va u bozor iqtisodi sharoitida ijtimoiy himoyalanadi. 
O’zbekiston  Respublikasining  ta’lim  to’g’risidagi  qonuni  34  moddadan 
iborat bo’lib ta’lim tizimining barcha sohalarini huquqiy asosi hisoblanadi. 
Masalan:  3-modda:  Umumiy  o’rta,  shunindek,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 
ta’limining majburiyligi. 
4-modda. Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga 
munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqyei, turar joyi, 
O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar 
har kimga bilim olishda teng huquqlar berilgan. 
Respublikada  istiqomat  qilayotgan  fuqaroligi  bo’lmagan  shaxslar  bilim 
olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. 
Oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan 
o’tgan  ta’lim  muassasalarida  eksternet  tartibida  attestasiyadan  o’tish  huquqini 
berish orqali ta’minlanadi. 
6-modda. 
Ta’lim 
muassasalarining 
huquqiy 
maqomi. 
Ta’lim 
muassasalarining  huquqiy  maqomi  akkreditasiyaga  asosan  amalga  oshiriladi. 
Ta’lim  muassasasi  attestasiya  natijalariga  binoan  davlat  akkreditasiyasidan 
mahrum etilishi mumkin. 
7-modda. Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar 
va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat 
ta’lim  standartlarini  bajarish  O’zbekiston  Respublikasining  barcha  ta’lim 
muassasalari uchun majburiydir. 
17-modda.  Maktabdan  tashqari  ta’lim.  Bolalar  va  o’smirlarning  yakka 
tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish 
uchun  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari  tomonidan  ularga  madaniy-estetik, 
ilmiy,  texnikaviy,  sport  va  boshqa  yo’nalishlarda  maktabdan  tashqari  ta’lim 
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
19-modda. Ta’lim to’g’risidagi hujjatlar. 


 

Akkreditasiya  qilingan  ta’lim  muassasalarining  bitiruvchilariga  davlat 
tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi  ma’lumot  to’g’risida  hujjat  (shahodatnoma, 
diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. 
Oliy ma’lumotli diplomga o’zlashtirilgan fanlar ro’yxati, ularning hajmlari 
va fanlarga qo’yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. Ta’lim bosqichidagi 
ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. 
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat navbatdagi 
bosqich ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisos 
bo’yicha ishlash huquqini beradi. 
20-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish.  
(Ushbu qonun 1997 yil 29 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisning IX sessiyasida tasdiqlangan). 
 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish