7-Ma’ruza. Sistema haqida umumiy ma’lumot. Fizikani
o’qitishda sistemali yondashuv usulining didaktik ahamiyat
i.
Reja: Sistema to’g’risida umumiy ma’lumot. Sistemaning tarkibi va
strukturasi. Murakkab va oddiy sistemalar. Tabiy va sun’iy sistemalar. Ochiq
va yopiq sistema. Boshqariladigan, nochiziqli dinamik sistemalar.
Tayanch iboralar: Sistema, element, mexanizasiya, avtomatizasiya
kibernetika, atribut, adekvat.
Sistema so’zi Yunon tilidan olingan bo’lib o’zaro funksional bog’lanishda
bo’lgan bir nechta unsurdan (elementlardan) tashkil topgan butunlikka aytiladi.
Sistemani shartli ravishda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin. S=S(N,R), N-
elementlar (unsurlar) soni, R-elementlar o’rtasidagi funksional bog’lanishlarni
ifodalaydi.
Ta’lim va tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani (YaPT)kirib
kelishi bilan sistemali yondashuv usulini o’rganishga ehtiyoj tug’ildi. Chunki
YaPT asosida sistemali tahlil yotadi. YaPT chet elda 1960 yillardan boshlab ta’lim
jarayoniga qullanila boshlagan bo’lsa, bizda u 1990 yillardan boshlab kirib kela
boshladi. Bu yangilik chet elda approbasiyadan (sinovdan) o’tib o’zining
hayotiyligini isbotladi. Shu munosabat bilan YaPT ni ta’lim-tarbiya jarayoniga
joriy etish uchun sistema va sistemali yondashuv usuli to’g’risida boshlang’ich
ma’lumotlarni o’rganish zarurati tug’ildi. Sistemali yondashuv YaPT ning ilmiy
izlanish uslubi hisoblanadi.
Bizni o’rab olgan olam, unda kechadigan jarayonlar, jamiyat, inson
tafakkuri, qolaversa insonning o’zi ham sistema hisoblanadi. Sistema
materiyaning umumiy, undan ajralmas xossasi (atributi) hisoblana- di.Sistemali
yondashuv usulining asoschilari Amper-fizik, Trentovskiy-filosof, Fedorov-
geolog(kristallograf), Bogdanov-medik, Viner-matema- tik, Bertalanfi-biolog,
Prigojin-fizik hisoblanadi. Bu shu narsadan guvohlik beradiki sistema tabiatdagi
barcha narsa va hodisalarga xos umumiy qonuniyat ekan. 1950 yillarda kibernetika
fani yuzaga keldi. Kibernetika-bu murakkab dinamik sistemalarni optimal
boshqarish haqidagi fan hisoblanadi.
Insoniyat qadim zamonlardan boshlab tirikchilik o’tkazish zaruriyati
yuzasidan mehnat samaradorligini oshirish uchun kurashib keladi. Avvala u
mexanik moslamalar (omoch, ketmon, bolta va hokazo) ixtiro qildi. So’ng bu
qurollar ham ehtiyojni qondira olmagach, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga
o’tildi, hozirga paytda bu ham talabga javob bera olmagach, kibernetikani
qo’llashga o’tilayapti. Kibernetika hozirgi paytda barcha fanlarning metodik va
amaliy asosi hisoblanadi. Sistema biror maqsadni amalga oshirish vositasi
hisoblanadi. Bu sistemaga berilgan birinchi ta’rif sanaladi. Keyinchalik sistema
bilan tanisha borgan sari uning yanada mukammal ta’riflari kelib chiqadi.
41
Do'stlaringiz bilan baham: |