O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


  FO’U ning pedagogika fani bilan aloqasi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/106
Sana20.09.2021
Hajmi1,22 Mb.
#179951
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Bog'liq
2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza

 


 
22 
FO’U ning pedagogika fani bilan aloqasi. 
Umumta’lim maktablarida o’qitiladigan har qanday fan o’quvchilarga ta’lim berish 
bilan  birgalikda  ularni  tarbiyalash  vazifasini  ham  bajaradi.  Vatanimiz  istiqlolga 
erishganidan  so’ng  o’quvchilarni    mustaqillik  mafkurasi  ruhida  tarbiyalash  eng 
dolzarb  vazifa  hisoblanadi.  Buni  amalga  oshirish  maorif  xodimlari  zimmasiga 
tushadi. FO’U boy milliy qadryatlarimizdan qaysilarini fizikani o’qitish jarayoniga 
kiritish lozim va ularni qanday ketma-ketlikda o’tish kerakligini hal etish vazifasini 
bajaradi.  Sho’rolar  davrida  fizika  darsliklarida  birorta  ham  Vatanimizdan  yetishib 
chiqqan  buyuk  allomalarimiz  (Ibn  Sino,  Beruniy,  Al  Farg’oniy,  Al  Xorazmiy, 
Mirzo  Ulug’beklar)  nomi  qayd  etilmagan  edi.  Bunday  tarixiy  adolatsizlikka  bar-
ham  berish,  ya’ni  Sharqning  buyuk  allomalari  ilmiy  kashfiyotlarini  umumta’lim 
maktablarining  fizika  fani  darsliklariga  kiritish  orqali  biz  farzandlarimizni  Ona 
Vatanimizga  nisbatan  mehr-muhabbat,  sadoqat,  vatanparvarlik  xislatlarini 
shakllantirishga  erisha  olamiz.  Bu  masalani  hal  etishga  sistemali  tarzda 
yondashmoq,  ya’ni  ta’lim  jarayonini  tashkil  etuvchi  elementlarni  va  ular 
o’rtasidagi o’zaro aloqani tahlil qilish lozim.  Tarbiya jarayoni murakkab sistema 
bo’lib  uning  elementlari  o’quvchi,  o’qituvchi,  o’quv  fanlari,  pedagogika, 
psixologiya,  madaniy  muhit,  maktab,  oila,  mahalla  va  hokazolar  hisoblanadi.  Bu 
elementlar  ham  o’z  navbatida  murakkab  sistemalar  hisoblanadi.  Ular  o’rtasidagi 
axborot  almashinuvi  (o’zaro  munosabat)  turli-tuman  bo’lishi  mumkin.  Lekin  biz 
ulardan eng asosiylarini ajratib olib tahlil qilamiz va tarbiya jarayonini ilmiy tarzda 
boshqara olamiz. 
 
Tarbiya  ishtirokchilari  ham  o’z  navbatida  murakkab  sistema  hisoblanadi. 
Masalan:  ta’lim  jarayoni  ishtirokchisi  bo’lgan  o’quvchi  shaxsini  olib  qaraylik. 
O’quvchilarning  psixologik  xususiyati  har  bir  individda  turlicha  bo’ladi.  Shu 
sababli ta’lim va tarbiyaning samarali bo’lishi ko’p jihatdan o’qituvchining shaxsiy 
xislatlariga  (bilimi,  ijodkorligi,  sabr-  matonati,  vazminligi,  axloqi,  ma’naviyati  va 
hokazo) bog’liq, har bir o’quvchi o’zi bir olam, shuning uchun iloji boricha unga 
individual  yondashuv  zarur.  Xalqimizda  ham:  “Yaxshi  otga  bir  qamchi,  yomon 
otga  ming  qamchi”  degan  maqol  bor,  buning  zamirida  chuqur  ma’no  yotadi. 
Mashhur  chex  pedagogi  Ya.A.  Komenskiy  ham  o’zining  “Buyuk  didaktika” 
asarida  [10]  ta’lim  va  tarbiyani  tabiat  hodisalariga  qiyoslash  orqali  shu  g’oyani 
juda  sodda  va  ishonarli  tarzda  tushuntirib      bergan    edi:        “Hammaga      hamma   
narsani   o’rgatish   mumkin, 
 
 agar  ta’lim  to’g’ri  tashkil  etilsa”.  Ushbu  fikr  hozirgi  payttgacha  o’z  qimmatini 
yo’qotgan emas. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish