FO’U ning falsafa fani bilan aloqasi.
FO’U fani falsafa ya’ni dialektika qonunlariga asoslanadi. Dialektika
FO’Uning metodologik asosi hisoblanadi. Fizika fani va uni o’qitish uslubiyati
dialektika qonunlaridan foydalanadi. Bu qonuniyatlar quyidagilar hisoblanadi.
1. Qarama-qarshiliklar kurashi va birligi.
2. Miqdor o’zgarishini sifat o’zgarishga olib kelish.
3. Inkorni-inkor.
Dialektika kategoriyalari: hodisa va mohiyat, mazmun va shakl, zaruriyat va
tasodif. Falsafaning ushbu qonun va kategoriyalari FO’U fanining metodologik
asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |