FO’U ning psixologiya fani bilan aloqasi.
Psixologiya fani turmushning turli jabhalariga kirib bormoqda, psixologiya
negizida yangi-yangi fanlar paydo bo’lmoqda. Fizikani o’qitish murakkab
pedagogik jarayon bo’lib, uning ishtirokchilari o’qituvchi va o’quvchilar
hisoblanadi. Darsni samarali tashkil etish uchun o’qituvchi fizika fanini chuqur
tushunishi zarur, aks holda unga hyech qanday uslubiyat yordam bera olmaydi.
O’quvchi ham o’z navbatida murakkab sistema bo’lib, uning ruhiy holati darsning
o’zlashtirish darajasini belgilaydi. Inson ruhiyatini psixologiya fani o’rganadi.
Psixologiya fani shug’ullanish sohasi bo’yicha bir necha tarkibiy qismlarga,
turlarga bo’linadi: ijtimoiy-siyosiy oila psixologiyasi va hokazo. Fizikani o’qitish
jarayonida
o’quvchilarning
yoshini
e’tiborga
oluvchi
yoshlik
davri
psixologiyasidan foydalanish zarurati tug’iladi.O’quv jarayonini ilmiy tarzda
tashkil etish uchun o’qituvchidan nafaqat fizika asoslari hamda uslubiyatidan
chuqur bilim, shuningdek, o’quvchilar ruhiyatini qonunlarini bilishni ham taqoza
etadi.O’quvchilarda mustaqil fikrlash, ko’nikma va malakani shakllantirish
yo’llarini psixologiya fani ko’rsatib beradi. Shuningdek har bir fanni o’qitishdan
uning tarbiyaviy tomoni ham ko’zda tutiladi. O’quvchini his-tuyg’usi, qiziqishi,
mehnatga, do’stlariga bo’lgan munosabati, tashabbuskorlik, sabr-toqat kabi
xislatlarini shakllantirish uchun uning psixologik va fiziologik rivojlanish
darajasini bilishni taqoza etadi. Psixologiya fani asoslariga ko’ra, insonning psixik
rivojlanishi
nerv
sistemasining
tug’ma anatom-fiziologik xususiyatlarga
asoslansada, inson tashqi muhit bilan o’zaro aloqada bo’lib uning psixik holati
qiyomiga yetadi. Bu jarayon inson tug’ulgan kundan boshlanib vafot etgunicha
davom etadi. Shu o’rinda haqli bir mulohazani keltirish lozim. Insonning tug’ma
19
xususiyati, bilan, tashqi muhit o’rtasida dialektik munosabat mavjud. Masalan,
istalgan shaxsga har qancha ta’lim va tarbiya bersak ham u Eynshteyin, Galiley,
Navoiy, imom Buxoriy bo’lib yetisha olmaydi.
Inson psixologisining rivojlanishi tashqi muhit ta’siriga ham bog’liq ekan.
Buni isboti uchun tabiatdan misol olaylik. Agar har qanday saralangan bug’doy
urug’i uchun yetarli harorat va namlik bo’lmasa u tuproqdan unib chiqmaydi.
Xuddi shuningdek, inson bolasi har qanday tug’ma qobilyatga ega bo’lsa ham,
agar unga yetarli shart-sharoit yaratilmasa u buyuk inson bo’lib yetisha olmaydi.
Ushbu mulohazalarga asoslanib fizikani o’qitish jarayonini psixologik jihatlarini
e’tiborga olmasdan ta’lim va tarbiyani to’laqonliligini, samaradorligini ta’minlay
olmaymiz. Hozirda zamonaviy psixologiya fanining xulosalariga ko’ra, o’qitish
jarayonida o’quvchilarga bilimlar sistemasini o’zini berish yetarli emas, balki
o’quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, aqliy faoliyat usullari sistemasini ham
shakllantirish zarur ekan. Shunday qilib, fizikani o’qitish jarayonini tashkil etish
bilan birga fizikani o’qitishning o’zigi xos ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish
lozim ekan. Bu psixologik jarayon avvalo fizika predmetini mazmuni bilan
aniqlanadi. O’rganilayotgan fizik jarayonlarni mohiyatiga kirib borish uchun
o’quvchilarda abstraksiyalash, ideal modellar tuzish, xayoliy operasiyalarni amalga
oshirish talab etiladi. Bu xildagi psixologik holat o’qitish jarayonida amalga
oshiriladi va o’quvchilar yoshi ulg’ayib borgan sari u ham rivojlanib takomillashib
boradi. Shu sababli umumta’lim maktablarida fizika predmeti ikki bosqichda, 4 yil
davomida o’qitiladi.
Fizika fanini o’qitishning o’ziga xos yana bir psixologik tomoni shundan
iboratki, o’quvchilar fizik hodisalarni o’rganishda turli-tuman abs-rakt modellar,
formulalar, sxemalar, grafiklar bilan ish ko’radi. O’quvchilardan abstrakt
tushunchalarini real obyektlarga ko’chirish mahorati talab qilinadi. Bu kabi
psixologik jarayonlar tufayli fizik tushunchalar va bilimlar sistemasi yuzaga keladi.
Fizika fanini o’qitishning yana bir muhim tomoni shundan iboratki fizik
jarayonlarni, obyektlarni, o’rganayotganda iloji boricha insonda mujassamlashgan
5 ta sezgi a’zolarining hammasi ishtirok etsin, o’shanda talaba to’laqonli
mustahkam bilim olishi mumkin.
Zamonaviy psixologiya fani yutuqlariga ko’ra o’quvchi biror axborotni
eshitsa, uni 10% ni esida saqlar ekan, agar o’quvchi ham eshitsa ham ko’rsa u
axborotni 50% ni xotirasida saqlar ekan, agar o’quvchi ham eshitsa, ham ko’rsa va
o’zi ham shu axborotni yuzaga kelishida ishtirok etsa, u axborotni 90% ni
xotirasida saqlab qolar ekan. Shuning uchun milliy ta’lim konsepsiyasida
yoshlarning mustaqil bilim olishlariga keng e’tibor qaratilgan.
Ta’lim va tarbiyaning samarali bo’lishi yana bir psixologik jarayon, ya’ni
o’qishning maqsadi (motiv) ni aniqlashga bog’liq. Psixologiyada motiv deganda,
o’quvchilarni xati-harakatlarga undaydigan sabablar majmuasi tushuniladi.
Motivlarni shakllanishida, talablar, mayllar, instinklar, emosiyalar, g’oyalar,
qiziqishlar muhim omil hisoblanadi. Masalan, ma’lumot olishga undovchi
sabablar: ota-onaning talabi, boshqalardan orqada qolmaslik, institutga kirish,
Vatanga sadoqatli, foydali fuqoro bo’lishi va hokazolar. Eng yuqori motiv mustaqil
20
Respublikamizning kelajagi uchun fidokor, zahmatkash, sodiq, bilimdon, komil
inson darajasiga ko’tarilish his-tuyg’ulari hisoblanadi.
O’qituvchining vazifasi o’quvchilarda oliy darajali motivlarni shakllantirish,
ya’ni Ona Vatanimizga foydali inson bo’lish uchun bilim olish lozimligini
tarbiyalashdan iborat. O’qishdan maqsad aniq bo’lgandagina o’qitish jarayoni
samarali bo’lishi mumkin. O’qishga qiziqish uyg’otish ta’lim-tarbiyaning muhim
omili hisoblanadi. Har bir o’quvchi qalbida yashirin tarzda ma’lum bir fan sohasini
egallash imkoniyatlari mavjud bo’ladi. O’qituvchining vazifasi o’quvchidagi ana
shu yashirin imkoniyatni ochishdan iborat, ya’ni o’quvchi qalbidagi qo’ng’iroqni
chala bilish zarur. Ana shundan keyingina o’quvchining mustaqil ijodiy ishlari
uchun imkoniyat tug’iladi, u bilim olish yo’lida turli qiyinchiliklarni yengishga
intiladi.
O’qishga bo’lgan qiziqish tufayli o’quvchida intellektual aktivlik oshadi,
xotira takomillashadi, tasavvur etish, qabul qilish jarayonlari kuchayadi, fikrni bir
nuqtaga to’plash, abstrakt fikrlash kabi xislatlar shakllana boshlaydi. Bilimga
qiziqish tufayli, o’quvchida u yoki bu sohaga nisbatan qiziqish uyg’onadi va unda
kelajakda kim bo’lish orzusi shakllana boshlaydi.
O’quvchilarga «Fizikani o’rganish qiziqarli bo’lishi uchun nima qilish
kerak»? degan savol berilganga ular: “Fanni qiziqarli o’tish”, “O’qituvchining
shaxsiy xislatlari” degan javobni berishgan. Darsni qiziqarli bo’lishi o’qituvchi
qo’llaydigan uslubiyatga bog’liq. Bu muammo darsni didaktik tamoyilar asosida
olib borish orqali yechiladi, ya’ni darsning ilmiylik darajasi bilan soddalik darajasi,
fikr bayon etishda sistemalilik, ko’rgazmalilik tamoyillariga amal qilish, darsni
muommoli tarzda tashkil etish bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
FO’U fani zamonaviy psixologiya fani yutuqlaridan samarali foydalanadi.
Oliy, umumta’lim, o’rta maxsus ta’lim, akademik liseylarda fizika fanini o’qitish
samardorligi quyidagi psixologik qoidalarga bog’liq:
1. Bolani necha yoshdan boshlab maktabga berish lozim? Yoki nechanchi sinfdan
boshlab fizikani o’qitish maqsadga muvofiq? Degan savollarga psixologiya fani
quyidagicha javob beradi. Bolaning aqliy rivojlanishida 6-7 yoshdan boshlab bilim
olishga imkoniyat vujudga kelar ekan. Shuning uchun fizika fanini 6-sinfdan
boshlab o’rgatish maqsadga muvofiq ekan.
Har bir o’quvchi individ hisoblanadi, ya’ni uning o’ziga yarasha psixologik
tomonlari mavjud bo’ladi. Ta’lim va tarbiyani samarali bo’lishi uchun
o’quvchilarning ruhiy kechinmalarini ham hisobga olish lozim.
2. Psixologiya fanida kompensasiya degan tushuncha bor. Agar insonning biror
a’zosi sust ishlasa, boshqa a’zosi kuchli rivojlanar ekan. Masalan ko’zi ojizlarning
eshitish qobilyati yuqori bo’lar ekan. Yoki abstarakt mushohada kuchli bo’lgan
bolada amaliy ishlarga layoqat kuchsiz bo’lar ekan. Ba’zi bolalarda ikkala
xususiyat ham namayon bo’lar ekan.
3. O’quvchilar taqlidchan bo’lishadi, ya’ni o’zlarining xatti-harakatlarida
kattalarga o’xshagisi keladi.
4. Psixologik baryer. O’quvchilarni o’z imkoniyatlariga ishonchini yuzaga
keltirish lozim. Psixolog olimlari tomonidan shunday bir psixologik tajriba
o’tkazilgan. Ikkita bir xil sichqondan bittasi suv solingan idishga tushurilganda u
21
3-4 minut suzib so’ngra suvga g’arq bo’lgan. Ikkinchi sichqon esa 15-20 minut
suvda suzib cho’kib ketmagan. Xo’sh, buning siri nimada? Ikkinchi sichqon 3-4
minut o’tgach cho’kaman deganda uni ko’tarib cho’kishdan saqlab qolishgan va
yana u suzib yurib 4-5 minutdan keyin cho’ka boshlaganda uni yana ko’tarib
cho’kishdan saqlab qolishgan. Ana shu tarzda ikkinchi sichqonda psixologik
jihatdan g’arq bo’lmaslik instinkti hosil qilingan ekan. Inson psixologiyasi juda
ham murakkab sistema hisoblanadi, uning hamma qirralarini biz hali yaxshi bilib
olganimiz yo’q. Ushbu misoldan ko’rinadiki o’quvchilarda o’z kuchi va
imkoniyatlariga ishonchni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Fizikadan u yoki
bu mavzuni o’zlashtirishda, amaliy mashg’ulotlarni o’tishda oddiydan murakkabga
degan tamoyilga amal qilish lozim. O’quvchilarga avvalo soddaroq masalalarni
yechishni o’rgatish va sekin astalik bilan mavzuni murakkablashtirib borish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |