KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va tahsirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tahkidlaganidek, “ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”.
Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez surhatlar bilan o‘sib borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida «Elektron ta’lim» milliy tizimini yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 16 apreldagi PQ–1740-son qarori ta’lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi.
Ta’lim tizimiga elektron ta’limni joriy etish birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim resurslarini ishlab chiqishga bog‘liq. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirish, shu jumladan elektron ta’limni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Elektron ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o‘rin olgan.
Ijtimoiy media marketingni internet tarmog‘ida harakatlantirish eng samarali vosita hisoblanib, har qanday biznes vakili ijtimoiy tarmoq, blog va forumlar orqali mijozlarni o‘z saytiga jalb etishi mumkin. Shu bois, o‘z loyihalarini ijtimoiy media orqali yuritishni xohlovchilar soni kundan kunga ortib bormoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda SMM loyihalari yaratilish tarixi, xususiyatlari, klassifikatsiyasi, modelini o‘rganish va ularni oliy ta’limga tadbiq etish oliy ta’lim tizimi oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir.
Malaka ishining maqsadi va vazifalari. Malaka ishning maqsadi: Ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda SMM loyihalari yaratilish tarixini, klassifikatsiyasini, ijobiy va salbiy tomonlarni, SMM loyihalari asosiy platformalarini o‘rganish, ushbu SMM loyihalaridan ta’lim tizimida foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |