O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Reproduktiv  ta‘limdan  amaliy  ta‘limga  o‗tish



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/226
Sana27.08.2021
Hajmi1,52 Mb.
#157514
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   226
Bog'liq
pedagogika (1)

Reproduktiv  ta‘limdan  amaliy  ta‘limga  o‗tish.  Biz  maktabda  insonga  xayotiy 
masalalarni  mustaqil  xolda  xal  qilishni  o‗rgatamiz.  Buning  uchun  faqat  bilimlar  emas,  balki 
ularniishlatish  va  turli  sharoitlarda  qo‗llash  ko‗nikmasi  xam  kerak.  Ana  shu  nuqtai  nazardan 
xozirgi maktabda ustunlik qiladigan o‗qitishning reproduktiv usuli maqsadga muvofiq emas. 
Masalan,  xozir  teatrlashtirish  keng  tarqalgan.  Bunda  jiddiy  spektakllarni  qo‗yish  xaqida 
gap borayotgani yo‗q. Darsda kichik saxnani o‗ynash: bolalarga tasodifan qadimgi odam uchrab 
qolsa,  u  bilan  nimalarni gaplashishlarini  o‗ylab  ko‗rishni  taklif  qilish  mumkin.  Shu  payt  birdan 
shkafning eshigi ochilib, undan «Qadimgi odam» chiqadi.  
U  teriga  o‗ralgan  va  qo‗liga  so‗yil  (tayyoq)  ushlab  olgan.  Teri  bo‗lmasa  ag‗darma  nim 
po‗stin  kiygan.  So‗yilning  og‗irligini  chamalab  va  terini  siypalab  ko‗rib,  «Qadimgi  odamdan» 
uning  qabiladoshlari  va  yuz  ming  yil  avval  qanday  yashaganini  so‗rash  o‗quvchilar  uchun 
qiziqarlidir. Undan gugurtsiz olov yoqishni xam o‗rganish mumkindir. 
Bilishga  doir  yurishlar  va  ekskursiyalar  xali  barchaga  ma‘lum.  Lekin  bunda  bolalarning 
o‗zlari  muammolarni  qo‗yishlari,  gipotezalarni  bayon  qilishlari  va  ularga  javob  topishlari 
muximdir.  Bu  borada  daladagi  o‗simliklarning  nima  uchun  xar  xil  o‗sishi,  gunafshaning 
chiroyliligi va xokazolar xaqida fikr yuritish g‗oyat foydalidir. Sinfda o‗quv jarayonini bolalarni 
qiziqtiradigan savollarga javob topish yo‗sinida tashkil qilish mumkin. 
Xech  qachon  unutmaslik  kerakki,  pedagogik  jarayonning  ikkita  qatnashchisida  — 
o‗qituvchi va o‗quvchida ikki xil maqsad bo‗lishi mumkin. Masalan, o‗qituvchi o‗quvchini tabiat 
xodisalari bilan tanishtirishniistasa, o‗quvchi o‗yin uchun vaqt topish xaqida o‗ylaydi. Buni bitta 
yo‗ldan ikki xil maqsadga qarab borish desa bo‗ladi. 
Faoliyatga  intilishning  eng  yaxshi  omillaridan  birig‗ayratlanishdir.  O‗qituvchilardan 
o‗quvchi darsdan nima olib ketishi kerakligini so‗ralsa, ular uyga vazifa, yangi bilimlar, baxolar, 
deb  javob  beradilar.  Aslida  o‗quvchi  uyiga  zavq-shavq  va  qoniqish  bilan,  yana  darsga  kelish 
ishtiyoqi  bilan  qaytishi  kerak.  O‗qituvchining  darsda  nimanidir  amalga  oshirishda  ulgurmagani 
xech gap emas. Uning bolalarda uyg‗otgan qiziqishi keyingi safar kamchilikni to‗ldirishda unga 
yordam  beradi.  Dars  oxirida  o‗qituvchi  bolalarni  g‗ayratlantiradigan  savolni  ochiq  qoldirsa, 
bolalar sarguzashtlarning davomini kutgandek u bilan yana uchrashishga intiladilar. 
Afsuski,  darsliklarimizdagi  matnlarda  aqlga  nomuvofiq  fikrlar  uchramaydi,  barcha 
ziddiyatlar  bartaraf  etilgan  va  shunga  ko‗ra  darsliklar  zerikarli.  Odatda  dastlabki  manbalarda 
aqlga  nomuvofiq  fikrlar,  ziddiyatlar,  to‗qnashuvlar  juda  ko‗p  bo‗ladi.  Dastlabki  manbalardan 
foydalanish yaxshi, lekin ularni o‗qish qiyin. Shuning uchun, bir tomondan, bolalar tushunadigan 
tilda  yozilgan,  ikkinchi  tomondan,  o‗zaro  zid  fikrlar  uyg‗otadigan  mazmundagi  o‗quv  matnlari 
zarur. 
Bizning  juda  bo‗sh  o‗quv  materiallarimizni  xayoliy  qo‗shimchalar  bilan  jonlantirish 
mumkin  va  bu  ish  murakkab  emas.  Masalan,  o‗qituvchi  darsni  quyidagicha  boshlaydi: 
«O‗zimizni  kosmik  kemada  uzoq  galaktikadagi  noma‘lum  planetaga  uchib  kelgandek  xis 
qilamiz.  Undagixamma  sharoit  xuddi  yerdagidek,  lekin  faqat  tortish  kuchi  kam.  Unda  qanday 
xayvonlar  yashashi  mumkinq»  Bu  xolda  bolalarning  maqsadi  mazkur  planetada  xayvonot 
dunyosini  ko‗paytirishdan  iborat  bo‗ladi.  O‗qituvchi  esa  ularga  yerdagi  xayvonot  dunyosini 
o‗rgatishni ko‗zlaydi. O‗qituvchi xam, o‗quvchilar xam o‗z maqsadlariga erishadilar, binobarin 
taqqoslash bilishning yaxshi yo‗lidir. 
Maktablarimizdagi  o‗quv  predmetlarimizning  mazmunida  asosiy  e‘tibor  definisiyalarga, 
ya‘ni tushunchalarni ta‘riflashga qaratilgan. Lekin ana shu tushunchalarga turli nuqtai nazardan 
qarash g‗oyat foydalidir. Xar qanday ob‘ekt o‗zi xaqidagi tushunchaning ta‘rifidan ancha boydir. 
Bolaning  miyasiga  tushunchalar  ta‘rifini  qanchalik  ko‗p  tiqishtirsak,  ana  shu  boylikning 
imkoniyatlari shunchalik yo‗qolib boradi. 
O‗qituvchining  materialni  takrorlash  va  mustaxkamlashga  qaratilgan  vazifalari  xam 


 
o‗quvchilarning  faoliyatini  kuchaytirishi  lozim.  Uyga  beriladigan  vazifaning  o‗qish  va 
so‗zlashdangina  iborat  bo‗lishi  ma‘qul  emas.  Undan  ko‗ra  bolalarning  o‗qituvchiga  savollar 
bergani  yaxshiroqdir.  Ammo  o‗tilgan  mavzu  bo‗yicha  berilgan  savollar  o‗quvchilarni  yangi 
bilimlarni  o‗zlashtirishga  tayyorlashi  kerak.  Suv  solingan  idish  isitilsa,  itarilish  kuchi  qanday 
o‗zgaradi. O‗ituvchi darsda isbotlagan qoidalarni amalda sinab ko‗rishni bolalarga tavsiya etish 
mumkin. Chunki baxslashish uchun bilim kerak. 
Xozir  maktablarda  o‗quvchilarga  o‗zlari  o‗rganadigan  predmetlarni  yoki  mavzularni 
tanlash  xuquqini  berish  mumkinligi  xususida  gaplar  bo‗layotir.  Boladan  ko‗chaga  chiqishdan 
oddin  etigini  kiyish  yoki  kiymasligini  so‗rash  kerak  emas.  Chunki  u  «kiymayman»  deyishi 
mumkin  va  so‗ragan  kishi  mulzam  bo‗lib  qoladi.  Undan  etikni  avval  chap  yoki  o‗ng  oyoqqa 
kiyishini so‗rash boshqa gap. U o‗zining tanlash xuquqidan qoniqish bilan foydalanadi. 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish