Dars berish usullari – ta‘lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir, o‗qish
usullari esa ta‘lim oluvchining faoliyatini tashkil qilish vositasidir.
Ma‘ruza - katta xajmdagi o‗quv materialni nisbatan uzoq vaqt davomida monologik
bayon etish. Bu usulning asosiy vazifasi - ta‘lim berish va o‗rgatish. Belgilari: qat‘iy tuzilmaga
ega; nutqiy-mantiqiy bayon qilish, berilayotgan axborotning ko‗pligi.
Ma‘ruzani o‗qituvchi xikoya qiladi, o‗quvchilar esa ularni sustlik bilan tinglaydilar.
Buning uchun ma‘ruza o‗tkazishning faol usullaridan qo‗llanilsa, ta‘lim maqsadiga erishishning
faol usulini xam tadbiq qilish mumkin: muammoli ma‘ruzalar; ma‘ruza-konferensiyalar;
konspektsiz ma‘ruzalar - fikrni so‗z bilan ifodalash; mualliflik ma‘ruzalari; ma‘ruza
munozaralar; qaytar aloqa texnikasi qo‗llangan ma‘ruzalar; aniq vaziyatni taxlil qilish
ma‘ruzalari.
Ma‘ruza qilayotganda o‗qituvchi o‗quvchilarniishtirok etish elementlarini kiritishi
mumkin: savol berib tinglovchilarning javoblaridan foydalanishi; vaqtincha erkin fikr
almashishga ruxsat etishi; aniq vaziyatlarni taxlil qilishi; kundalik xayotdan misollar keltirishi;
ularni savol berishga undashi; ilgari o‗rganilgan dalil va vaziyatlarni yangilari bilan taqqoslashni
amalga oshirishi; materialni qiziqarli qilib jonli bayon qilishi.
Pedagogik texnikadan foydalanish: nutq oxangini o‗zgartirish (auditoriya bo‗ylab
xarakatda bo‗lish), imo-ishoralardan foydalanish; berilib, qiziqarli ma‘ruza qilish, darsni
qiziqroq va faolroq qiladi; O‗quv materialni bayon qilish sur‘ati (temp) xam katta axamiyat
beradi (o‗quvchilar asosiy joylarini yozib olishlari uchun sekinroq aytib turilishi lozim).
Ko‗rgazmali qurollardan (illyustatsiya, vidio va boshq.) foydalanish xam materialni
samarali qabul qilishga va tushunishga yordam beradi.
Tushuntirish- bayon qilinayotgan materialni turli xolatlarini taxlil qilish, tushuntirish,
izox berish va isbotlash yordamida o‗quv materialni bayon qilish.
Agar o‗qituvchi quyidagi didaktik masalalarni yechmoqchi bo‗lsa, bu usullar birgalikda
bilimni mantiiqiy, tartibli, tushunarli, xis-xayajonli qilib yetkazish uchun qo‗llaniladi:
tushuntirish, tasvirlash, eslash, sanash; toifalar bo‗yicha taxsimlash; ta‘riflab berish; baxolash;
motivlashtirish (mavzu, sabab, dalil) va x.k.
Namoyish – o‗quvchilarni tabiiy xolatda xodisalar, jarayonlar, ob‘ektlar bilan
ko‗rgazmali-xissiy tanishtirish.
Bu usulning yetakchi vazifasi-o‗qitish.
Doskada soddagina ko‗rinishi yoki sxemalar chizish tarzida (tushunishni
yengillashtiradi).
Namoyish natijasida ma‘lumotlar o‗quvchilar ongiga to‗laroq, osonroq va tezroq singadi.
Buning uchun: ob‘ektlarni to‗g‗ri tanlash; o‗quvchilar diqqatini namoyish qilinayotgan
xodisalarning muxim taraflariga yo‗naltirish; namoyish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki,
o‗quvchilar namoyish qilinayotgan ob‘ektlarni nafaqat ko‗z bilan ko‗ra bilishlari, iloji bo‗lsa,
ularni barcha sezish a‘zolari bilan qabul qilishlari lozim; o‗quvchilarga ob‘ektning
o‗rganilayotgan sifatlarini mustaqil o‗lchash imkonini yaratish.
Illyustratsiya - xodisa, narsa, jarayonlarni tasviriy shaklda sxema, reproduksiya, yassi
modellar yordamida ko‗rsatish va qabul qilishni ko‗zlaydi.
Bu usulning asosiy vazifasi - o‗rgatish. Illyustatsiya usulining vositasi bo‗lib suratlar,
jadvallar, rangli xaritalar, albomlar va atlaslar xizmat qiladi.
Ko‗rgazma qurollarini va illyustratsiya shakllarini tanlayotganda o‗qituvchi uning bilim
olish jarayonidagi ta‘lim-tarbiyaviy vazifasini, joyini, rolini puxta o‗ylab ko‗rishi va ko‗rgazma
materiallarini eng ma‘qul xajmini tanlab olishi kerak bo‗ladi. Katta xajmdagiillyustratsiya
o‗quvchini o‗rganilayotgan xodisalarning tub moxiyatini aniqlashdan chalg‗itadi.
Illyustatsiyalarni o‗qituvchi oldindan tayyorlab qo‗yishi va o‗qitish jarayonida kerak
bo‗lgandagina ko‗rsatishi kerak bo‗ladi.
Vidiousul - axborotni ko‗proq ko‗rgazmali o‗zlashtirishga asoslangan bo‗lib, unda
kinoskop, proektor, konoapparat, o‗quv televideniesi, vidiomagnitafon, axborotni displeyda aks
ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi.
Ushbu usulning samaradorligi vidio qurollarining va qo‗llanilayotgan texnik
vositalarning sifatiga xam bog‗liqdir. O‗qituvchidan o‗quvchilarni o‗rganilayotgan muammolar
doirasiga kiritish, ularning faoliyatini yo‗lga solish, umumlashtiruvchi xulosalar yasash, mustaqil
ish jarayonida ularga aloxida yordam berish talab etiladi.
Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar. Ushbu gurux usullari. O‗quvchilarning
nafaqat tayyor bilimlarini o‗zlashtirishni va xotirada saqlab qolishni, balki bevosita ta‘lim
beruvchining raxbarligi ostida algoritm (namuna) bo‗yicha xarakatlarni bajarish maxorati va
ko‗nikmalarini shakllantirishga qaratilgan reproduktiv faoliyatni ta‘minlashga xizmat qiladi.
Laboratoriya usuli- bu shunday ta‘lim usuliki, unda o‗quvchi o‗qituvchi raxbarligida
oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o‗tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi va shu
jarayonda yangi bilimni anglaydi va tushunib yetadi.
Mashq - ta‘lim usuli bo‗lib, o‗tilgan materiallarni amaliyotda qo‗llash maqsadida, reja
bilan tashkil etilgan amallarni ko‗p marotaba bajarishdir.
Bu usulning asosiy funksiyalari: o‗rgatuvchi va rivojlantiruvchi. Bu usul o‗quvchilarda
ko‗nikma va malakalarni shakllantiradi. Mashqlarning quyidagi turlari mavjud: -maxsus;
sharxlangan; yozma; og‗zaki; ishlab chiqarish - mexnat; laboratoriya - amaliy.
Suxbat– o‗qitish va o‗qishning diologik savol-javob usuli.
Munozara – faol ta‘lim usuli bo‗lib muxokama, ma‘lum muammo bo‗yicha fikr
almashinuv ko‗rinishida o‗tadi.
Munozara usuli barcha funksiyalarni bajaradi. Ushbu usuldan, quyidagi maqsadlar uchun
foydalanamiz: yangi bilimlarni shakllantirish; o‗quvchilarda u yoki bu savollarni chuqur o‗ylab
ko‗rish, tub ma‘nosiga yetishga motivatsiyani ta‘minlash; o‗quvchilarga dalil va dalilga
asoslangan xulosa orasidagi farqni tushunib yetishni o‗rgatish; kommunikativ ko‗nikmalarni
shakllantirish, o‗quvchilarga o‗z fikrida mustaxkam turish va uni ximoya qilishga yordam berish.
Munozara rivojlanishi mumkin, qachonki: erkin munozara bo‗lsa; yoki biror yo‗nalishda
– boshqariladigan munozara bo‗lsa.
Miyaga xujum (breynstorming) - g‗oyalarni generatsiya qilish usuli. Qtnashchilar
birlashgan xolda qiyin muammoni yechishga xarakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy
g‗oyalariniilgari suradilar (generatsiya qiladilar).
Bu usul barcha funksiyalarni bajaradi: lekin uning asosiy vazifasi – muammoni mustaqil
tushunish va yechishga ta‘lim oluvchilarni motivatsiyasini uyg‗otish.
Pinbord (inglizchadan: pin-mustaxkamlash; board-doska). Bu o‗qitish uslulining
moxiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o‗quv suxbati amaliy usul bilan bog‗lanib
ketadi. Uning afzallik munozara olib borish funksiyalari – rivojlantiruvchiva tarbiyalovchi
vazifadir: o‗quvchilarda muloqat yuritish va madaniyati shakllanadi,o‗z fikrini faqat og‗zaki
emas, balki yozma ravishda bayon etish maxorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‗nikmasi
rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |