joriy etish vazifasi qo‘yildi va hal etildi.
Boshlang‗ich maktab rivojlanishining xususiyatlarini baholash uchun shuni qayd etish
kerakki, o‗sha paytda o‗qish 8 yoshdan boshlanadigan to‗rt yillik boshlang‗ich maktab tizimi
to‗la tarkib topdi. Keyinchalik u zamonaviy boshlang‗ich ta‘limni qurish asosida tobora
takomillashdi. Bu esa keyingi o‗qish va amaliy faoliyat imkoniyatini ta‘minlaydigan bilimlar,
ko‗nikmalar va malakalarning mukammal doirasidan iborat birinchi bosqich bo‗ldi. Unda ona
tili, arifmetika, geografiya, tabyatshunoslik yetarli darajada o‗rganildi.
O‗sha paytlarda tashabbuskor o‗qituvchilar, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla
Avloniy, Oqilxon Sharofutdinov, Siddiq Rajabov va boshqalar mashhur pedagoglar ilg‗or
g‗oyalarini keng miqyosda amalga oshirdilar. Ijodiy kuchlarniig o‗sishi va faollashuvi
boshlang‗ich ta‘lim-tarbiyaning yanada rivojlanishida g‗oyat muhim ahamiyat kasb etdi.
Ilg‗or o‗qituvchilar va metodistlar, xalq maorifining tashkilotchilari pedagogika fani
oldiga boshlang‗ich ta‘limni qayta qurish vazifasini qo‗ydilar.
Zamonaviy boshlang‗ich maktabni to‗g‗ri baholash uchun uni qayta qurishning
xarakterini, yo‗nalishini belgilaydigan eng muhim umumiy talablar ishlab chiqildi. Ana shular
asosida o‗quvchilarning haddan tashqari qiynalishi bartaraf etildi, maktab dasturidan ortiqcha
tafsilotlar, ikkinchi darajali va bir-birini aynan takrorlaydigan o‗quv materiallari olib tashlandi.
Ilg‗or tajribalarni sinchiklab tahlil qilish, metodistlar, pedagoglar va psixologlarning
tadqiqotlari iatijalarini hisobga olish bilan asosiy pedagogik mezonlar ishlab chiqildi. Bu
mezonlar konsepsiya dasturlar, darsliklar hamda metodikalarda qam amalga oshirilib, ta‘limda
qo‗llandi. Mazkur mezonlar quyidagilardan iborat edi:
-o‗zlashtirishga tavsiya etiladigan yangi bilimlar o‗quvchilarning ongi amaliy
ehtiyojlaridan kelib chiqishi, ularga qiziqish uyyutishi kerak;
-bolalarning o‗zlashtirishi ularning maqsadga muvofiq faoliyati sharoitida amalga oshishi
darkor, bu faoliyatning usullarini esa muntazam ravishda o‗rgatish lozim;
-o‗quv faoliyati muvafaqqiyati o‗quvchilarning yuksak darajada faolligi va mustaqilligiga
bog‗liq. O‗qituvchi esa ularga mana shu sifatlarni shakllantirish maqsadida yordam berishi zarur.
Buning muhim omili o‗quv faoliyatining ta‘lim motivlarini tarkib toptirish, bolalarda bilimga
qiziqish uyg‗otishdir. Shunga ko‗ra o‗qitishning yangi metodlari va usullarini ishlab chiqish,
ularni faollashtirish, o‗quv faoliyatini metodik jihatdan ta‘mginlash kerak;
-o‗qitish jarayonida barvaqtroq umumlashtirishlar qilish va ularga o‗quvchilarni jalb etish
lozim;
-har bir darsda bilimlarni faqat kengaytirishga emas, balki boshqacha sharoitlarda
qo‗llashga ham yerdam beradigan yangi element bo‗lishi kerak;
-takrorlash har bir mashg‗ulotda muntazam ravishda amalga oshirilishi, ularda faqat
eslash emas, balki boshqa akliy ijodiy ishlar ham qo‗llanishi zarur; takrorlash uchun maxsus
darslar shaklida vaqt ajratilmaydi;
-darslarning materiallaridan o‗quvchilarni tarbiyalash maqsadlarida ko‗p foydalaniladi.
Bunda o‗qituvchi o‗quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularga asosan muayyan
tushunchalar shaklida ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, etik va mehnatga doir bilshmlar beradi, bolalarda
voqealarga, faktlar va hodisalarga to‗g‗ri munosabatni vujudga keltiradi, ularni o‗z xatti-
harakatlaridan ana shu bilimlardan foydalanishga o‗rgatadi. Ana shu mezonlarga amal qilinsa
ta‘lim-tarbiya samaradorligi yanada oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |