O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/226
Sana27.08.2021
Hajmi1,52 Mb.
#157514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   226
Bog'liq
pedagogika (1)

Quldorchilik  davriga  kelib  quldorning  bolasiga  beriladigan  tarbiya  bilan  qullarning 
bolasiga  beriladigan tarbiya  o‗rtasida  tafovut  vujudga keldi. Bu davrga  kelib  ta‘lim-tarbiyaning 
kamol  topishini  belgilaydigan  qonun-qoidalar,  urf-odatlar  tizimi  shakllandi  va  taraqqiy  etdi. 
O‗qituvchi-tarbiyachi  faoliyati  bilan  shug‗ullanuvchi  kasb  egalari,  maktablar  paydo  bo‗la 
boshladi. 
Feodalizm  jamiyati  davriga  kelib  ta‘lim-tarbiya  mazmuni  xayotda  aloxida  yuqori 
darajaga  erishdi.  Dexqonchilik,  chorvachilik,  katta-katta  yer  maydonlarini  boshqarish  ko‗plab 
bilim talab eta boshladi.  Ilm-fan, madaniyat, san‘at taraqqiy etdi, vujudga keldi.  Ayniqsa islom 
dinining kirib kelishi jamiyatning ma‘naviy xayotiga tub o‗zgarish yasadi. Bu orada o‗zbek xalq 
pedagogikasi  shakllandi  va  o‗z  tarbiyaviy  vazifasini  o‗tadi.  O‗sha  davr  ta‘lim-tarbiyasi  ta‘siri 
ostida Markaziy Osiyoda Al-Xorazmiy, Beruniy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Al-Buxoriy kabi ko‗plab 
allomalar yetishib chiqdilarki, ularni aytib ado qilib bo‗lmaydi. 
Xozirgi  pedagogika  fani  jaxon  pedagogikasining  yetakchi  bir  qismi  xisoblanib, 
pedagogika  fani  tarixi  bilan  mustaxkam  bog‗likdir.  Pedagogika  tarixi  zsa  pedagogika  fanining 
tarmoqlaridan  biridir.  Ilmlar  tarkibiniishlab  chiqish  bilan  faylasuflardan  tashqari  xar  xil 
yunalishdagiilm  namoyondalari  shug‗ullangan.  Shu  bilan  birga  pedagogika  fanining 
tarkibiniishlab chiqish necha yillardan beri davom etib kelmokda. Ilmlarni turkumlashda boshqa 
fanlar  bilan  birga  pedagogika  fani  xam  xisobga  olingan.  Lekin  uni  fan  sifatida  aniqlashda 
olimlarning qarashlari bir xil bulmagan. 
Pedagogika  fanini  mustaqil  fan  sifatida  ajratishga  xarakat  qilganlardan  biriFreensns 
Bekkon  (1561—1626)  bo‗lib,  u pedagogikaning tarbiya nazariyasi  qismini falsafa fani  tarkibiga 
kiritgan.  Natijada  pedagogika  faniikkita  (falsafa  va  ta‘lim  berish  nazariyasi)  xar  xil  sinflar 
turkumiga  kiritilgan.  Shuningdek,  Bekkonning  fikrlariga  Deni  Didro  (1713—1784)  xam 
qo‗shilgan. Pedagogikaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga  Iogani Fridrix Gerbat (1776—
1841) va Andre Mari Amper (1775—1836) lar xam katta xissa qo‗shganlar. 
Gerbat  pedagogika  fanining  chegarasini  kengaytirib  unga  ta‘lim  berish  va  tarbiya 
nazariyasidan tashqari ta‘lim-tarbiya jarayonini boqarish nazariyasini xam qo‗shgan. Amper xam 
pedagogikani  neologik  (neologizm  -  yangi  so‗z  yokiibora)  fanlar  (odamning  ruxi  va  ma‘naviy 
xayoti to‗g‗risidagi fan) guruxiga qo‗shib, maorif to‗g‗risidagi fan sifatida ta‘riflagan. 
Shunday  qilib,  Gerbat  va  Amper  fanlar  tizimida  pedagogikaning  tutgan  o‗rnini  va 
mavqeini bir xil aniqlashdi. Shundan so‗ng "pedagogika" mustaqil fan sifatida tan olinib, uning 
asosiy  tavsiflariniishlab  chiqish  boshlandi.  U,  asosan  jamiyatda  shaxsning  ma‘naviy  xayotini 
tashkil  etish  xakidagi  fan  sifatida  tan  olingan.  Pedagogikani  yagona  bir  butun  fan  sifatida  tan 
olish 200 yilga yakin davom etdi. 
XX  asrning  birinchi  choragida  N.M.  Somov  tomonidan  yaratilgan  tasniflagichda 
pedagogika  fani  kutubxona  va  ijtimoiy  pedagogikaga  ajratilib,  birinchisi  "umumiy  fanlar", 
ikkinchisi "ijtimoiy fanlar"  guruxlariga kiritilgan. Keyinchalik barcha fanlar: tabiiy, ijtimoiy va 
texnik guruxlarga bo‗linib: pedagogika ijtimoiy fanlar guruxining psixologiya sinfiga kiritilgan. 
Bu  yerda shuni ta‘kidlash joizki,  pedagogika va  psixologiya fanlarining  vazifasiikki  xil  bo‗lib, 
ularni  biriga  o‗qitish  maqsadga  muvofiq  emas.  Pedagogikani  faqat  ijtimoiy  fanlar  turkumiga 
kiritish xam unchalik to‗g‗ri emas, chunki, pedagogika fani kasbiy ta‘lim berishda matematika, 
fizika,  texnika,  o‗qitish  metodikasi,  ishlab  chikarish  ta‘limi  va  boshqa  fanlar  bilan  bog‗langan 
xolda o‗tkaziladi. 
 Yuqoridagilarni  taxlili  shuni  ko‗rsatadiki,  fanlarni  turkumlash  jarayonida  pedagogika 
fanining o‗rni va moxiyatini belgilashda ma‘lum noaniqliklarga yo‗l qo‗yilgan. Shu paytga qadar 
ishlab chiqilgan tasniflagichlarning birontasi o‗quv predmetlarning aniq o‗rnini aniqlashga qodir 
emas, ayniqsa u fanlararo bog‗lanishni xisobga olmay tuzilgan bo‗lsa. 
 Jamiyat  xayotini  qayta  qurish,  o‗sib  kelaetgan  yosh  avlodni,  shuningdek  xamma 
mexnatkashlar  tabaqalarini  tarbiyalashni  kuchaytirishni  talab  etadi.  Bunday  sharoitda 
pedagogikaning tadqiqot soxalari doirasi kengaya boshladi.  
 1. Umumiy pedagogika. U tarbiyaning asosiy konuniyatlarini tadqiq qiladi. 
 2.  Yoshlar  pedagogikasi.  U  kishilarni  xar  xil  yosh  guruxlarida  tarbiyalashning  o‗ziga 


 
xos xususiyatlarini o‗rganadi.  
 3.  Maktab  pedagogikasi.  U  ommaviy  o‗rta  maktabda  o‗quvchilarga  ta‘lim  berish  va 
tarbiyalashning  qonuniyatlarini  tadqiq  etadigan  bo‗lsa,  kasbiy  ta‘lim  pedagogikasi  umumiy 
maktablarning  yuqori  sinf  o‗quvchi  yoshida  bo‗lgan  bolalar,  o‗quv-tarbiyaviy  jarayonining 
o‗ziga xosligini tadqiq etadi. 
4.  Maxsus  pedagogika  -  u  o‗z  navbatida  qator  soxalarga  bo‗linib  ketadi:  kar,  soqov 
bollarni  tarbiyalash  va  o‗qitish  masalalari  bilan  surdopedagogika;  ko‗r  va  ko‗zi  ojizlar  bilan 
tiflopedagogika;  aqli  zaif,  aqliy  jixatdan  qoloqlar  bilan  oligofrendo  pedagogikasi;  nutqi  yaxshi 
rivojlanmagan bolalarni tarbiyalash va o‗qitish masalalari bilan logopediya shug‗ullanadi. 
5.  Metodika.  Muayyan  o‗quv  predmetining  (til,  matematika  va  x.  k)  larni  o‗qitishda 
ta‘lim berishning umumiy qonuniyatlarini qo‗llash xususiyatlarini tadqiq qiladi. 
6.  Pedagogika    tarixi.  Turli  tarixiy  davrlarda  pedagogik  g‗oyalarni  va  tarbiyalashning 
taraqqiyotini o‗rganadi.  
7. Bundan tashqari pedagogikaning milliy armiyamiz uchun mutaxassislar tayyorlaydigan 
xarbiy o‗quv yurtlari yoshlariga ta‘lim-tarbiya berish muammolari bilan shug‗ullanadigan xarbiy 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish