Maktabgacha tarbiya. Xalq ta‘limi tizimida birinchi bosqich - maktabacha tarbiya.
Uning asosiy vazifasi bolalarni sog‗lom va yetuk qilib tarbiyalash, ularni maktabga xam
pedagogik, xam psixologik tarbiyalashdan, ularning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan
iborat. «Bu ta‘lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‗chasida va mulk shaklidan qat‘iy nazar,
boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi».
Boshlang‗ich ta‘lim (I-IVsinf.). Umummaktab ta‘limida boshlang‗ich maktabning
axamiyati muximdir. Chunki boshlang‗ich maktab umumiy o‗rta ta‘lim olish uchun zarur
bo‗lgan bilim, o‗quv ko‗nikmalari bilan qurollantiradi. Boshlang‗ich maktablar aloxida maktab
turi sifatida, ayniqsa qishloq joylarida ko‗p tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |