Bolalar ijodini o‘rganish usuli
Bunda maktab o‗quvchilarining o‗ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir
omillar taxlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Maqsad Mustaqil O‗zbekistonimiz
yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning
turli yozma daftarlari, kundaliklari, yozgan xatlari, she‘r va xikoyalari, xayotiy rejalari, insholari,
yozma xisobotlari va xakozo, ular ma‘naviyatini o‗rganish uchun manba bo‗lib xizmat qiladi.
Oqibatda, maktab o‗quvchilari orasidan yetishib chiqayotgan qobiliyatli, iqtidorli, talantli
yoshlarni ertaroq aniqlash, ular uchun zaruriy sharoitlar yaratish imkoni tug‗iladi. Bolalar ijodini
o‗rganish manbalari: fan olimpiadalari, mavzular bo‗yicha konkurslar, maktablar bo‗yicha
ko‗rgazmalar, musobaqalar, sayoxatlar va xakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |