O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Anomal bolalar bilan ishlash



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/226
Sana27.08.2021
Hajmi1,52 Mb.
#157514
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   226
Bog'liq
pedagogika (1)

3.Anomal bolalar bilan ishlash 
2.Anomal  bolalarni  tarbiyalash  -  korreksion  pedagogikaning  asosiy  tushunchasi 
bo‗lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda 
vositalar  yordamida  anomal  bolalarni  faol  ijtimoiy  hayot  va  mehnatga  tayyorlash,  ularda 
fuqarolik  sifatlarini  shakllantirishdan  iborat.  Anomal  bolalarni  tarbiyalash  oila  va  ta‘lim 
muassasasi o‗rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo‗llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko‗rsatish, 
talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi. 
Tarbiyaviy  ishlar  anomal  bolalarning  individual  va  yosh  xususiyatlarini  inobatga  olish 
asosida  ularda  mustaqillik,  o‗ziga  xizmat  ko‗rsatish,  mehnat  ko‗nikmalari,  xulq  madaniyati, 
shuningdek,  ijtimoiy  muhitda  yashash  va  ishlash  ko‗nikmalarini  shakllantirishga  yo‗naltiriladi. 
Anomal  bolani  tarbiyalash  atrofdagilarning  uning  psixik  yoki  jismoniy  kamchiliklariga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‗lishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni 
tarbiyalash,  qobiliyatini  shakllantirish  yoki  uning  o‗rnini  bosuvchi  imkoniyatni  rivojlantirish, 
ijobiy  sifatlarini  tarbiyalash  hamda  harakatlari  va  xulqini  tanqidiy  baholash  qobiliyatini 
rivojlantirish juda muhim.  
3.Korreksiya  (yunoncha  tuzatish)  bolaning  psixik  va  jismoniy  rivojlanishidagi 
nuqsonlarni tuzatish, yo‗qotish va pasaytirishni nazarda tutadi. 
4.Korreksion-tarbiyaviy  ishlar  kategoriya  sifatida  shaxsning  anomal  rivojlanishi 
xususiyatlariga  ko‗ra  umumiy  pedagogik  ta‘sir  ko‗rsatish  chora-tadbirlari  tizimidan  iborat. 
Korreksion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan 
foydalaniladi.    Korreksion  –tarbiyaviy  ishlar  anomal  bolalarni  o‗qitish  jarayonida  amalga 
oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat 
ta‘limi  jarayonida  faqat  kasbiy  malakalari  emas,  balki  o‗z  ishlarini  rejalashtirish  ko‗nikmalari, 
og‗zaki  ko‗rsatmalarga  amal  qilish  malakasi,  ishning  sifatini  tanqidiy  baholash  va  boshqa 
malakalari  tarbiyalanadi.  Kamchiliklarini  tuzatish  yordamida  anomal  bolalarning  normal 
rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal 
bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va 
nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo‗ladi. 
5.Kompensatsiya  (yunoncha  «compensatio»  –  o‗rnini  to‗ldirish,  tenglashtirish) 
organizmning  buzilgan  yoki  rivojlanmagan  funksiyalarining  o‗rnini  to‗ldirish  yoki  qayta 
qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.  
6.Ijtimoiy  reabilitatsiya  (yunoncha  «rehabilitas»  –  layoqati,  qobiliyatini  tiklash) 
tibbiy-pedagogik  mazmunida anomal bolaning psixofiziologik  imkoniyatlari darajasida ijtimoiy 
muhitda  ishtirok  etishi  uchun  sharoit  yaratish,  uni  ijtimoiy  hayoti  va  mehnatiga  jalb  etishni 
anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. 


 
Reabilitatsiya  nuqsonlarini  yo‗qotish  va  yumshatishga  yo‗naltirilgan  maxsus  tibbiy 
vositalar  hamda  maxsus  ta‘lim,  tarbiya  va  kasbiy  tayyorlash  yordamida  amalga  oshiriladi. 
Reabilitatsiya  jarayonida  kasallik  oqibatida  buzilgan  funksiyalarning  o‗rni  to‗ldiriladi. 
Reabilitatsiya  vazifalari  anomal  bolalarning  turli  kategoriyalari  uchun  maxsus  o‗quv  
muassasalari  tizimida  hal  etilib,  unda  o‗quv  jarayonini  tashkil  etish  xususiyatlari  bolalarning 
anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab belgilanadi. 
7.Ijtimoiy  adaptatsiya  (yunoncha  «adapto»  -  moslashish)  –  anomal  bolalarning 
individual  va  guruhli  xulqlarini  jamoatchilik  qoidalari  va  qadriyatlari  tizimiga  mos  kelishini 
ta‘minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo‗layotgan 
o‗zgarishlarga  mos  ravishda  javob  qaytarish  qobiliyati  past,  shu  bois  murakkab  talablarni 
bajarishga ularning layoqati  yetmaydi.  Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda  
faol ishtirok etish uchun  imkoniyat yaratadi.  
8.Oilaviy  tarbiya  reabilitatsiyani  samarali  tashkil  etish  omili.  Oila  va  maktabning 
hamkorlikdagi  harakatlari  anomal  bolani  ijtimoiy  faoliyatga  jalb  etish,  uning  mehnat 
qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko‗nikmalarni shakllantirishni ta‘minlaydi. 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish