2.6. TALABANING AQLIY MEHNATINI TASHKIL ETISH
Mustaqil ish tashkil etishi lozim bo„lgan ma‟lum
sharoitlardagina muvaffaqiyatli bo„lishi mumkin. Aqliy mehnat
diqqat-e‟tiborini talab qiladi, hamma tashqi chalg„itishlar chuqur
o„ylab ishlashga xalaqit beradi. Ana shuning uchun ham
shovqin, gaplashish bo„lmagan joyda ish joyini tashkil etish juda
muhim. Aqliy mehnat uchun ish joyi katta ahamiyatga ega.
Uyda tegishli sharoitlar bo„lmasa, alohida kutubxonalar qoshidagi
o„quv zallaridan foydalanish kerak.
Ish joyida faqatgina shu vaqtda kerak bo„lgan predmetlar
bo„lishi lozim. Mashg„ulot uchun kerak bo„lmagan narsalar olib
qo„yilishi shart. Qo„lingizda dastur topshiriq, kitoblar, qog„oz,
qalam, avtoruchkalar, lug„atlar va boshqa qo„llanmalar bo„lishi
darkor. Ishga hafsala bo„lmagani uchungina ishni qoldirish, yoki
kechiktirish mumkin emas. Kayfiyatni o„zingiz yaratishingiz kerak.
Ishning zarurligini tushunish, maqsadni bilish, istiqbolni anglash
kayfiyatga ijobiy ta‟sir qiladi. Irodaviy zo„r berishdan
foydalanib, ishga ko„milamiz, yangi bilimlarni egallaymiz hamda
shu bilan ishchi muhit yaratamiz. Bizning ishga munosabatimiz
unda muvaffaqiyatlar borligi bilan bog„langan. Mehnat natijalari
qancha sezilarli bo„lsa, odam shuncha qoniqish oladi. Ish sifati
56
esa faqat bizga, ishimizda butun kuchimizni ishga solishga
bog„liq.
Har qanday ish dam olish bilan almashib turishi lozim,
bu esa uzoq vaqt davomida kishining ish qobiliyatini saqlaydi.
Uzluksiz aqliy mehnat, ayniqsa, ish kuni oxirida charchashga
olib kelishini esdan chiqarmaslik kerak. Charchash boshlanishini
payqash juda muhim. Odatda aqliy mehnat bilan shug„ullanib
yurgan odamlar ish qobiliyatini pasayishini, diqqati susayishini
qanday sodir bo„lishini, charchash sezgilarini paydo bo„lishini
payqaydilar. Bu vaqtda darhol ishni to„xtatib dam olishi kerak
bo„ladi. Dam olishni turlicha tashkil etish mumkin: tananing
holatini o„zgartirish, mushak (muskul) larni bo„shashtirish, o„rindan
turish yurish va toza havodan nafas olish.
Ko„zni charchashdan oldini olish uchun uni zo„riqishini
pasaytirish, ko„zni ma‟lum muddatga yopish kerak bo„ladi.
Dam olishning asosiy shakli uyqu hisoblanadi. I. P.
Pavlovning fikricha, uyqu bosh miya hujayralarining
tormozlanishidir. Uyqu jarayonida hammada yaxshi kuchlar
to„planadi.
Uyqu hamma vaqt ma‟lum muddat (soat) da ro„y bersa, yani
odam ma‟lum rejimga rioya qilsa, u ayniqsa, ijobiy ta‟sir
ko„rsatadi. Uzoqqa cho„zilmagan, qisqa muddatli dam olish
charchashni tez oladi. Organizmda sodir bo„lgan jiddiy signalga
- charchashga javob berilmasa, u holda ilgarigi ish qobiliyati
yo„qoladi va organizm charchashga, keyinroq esa madorini
quritishga (toliqtirishga) ga olib keladi.
Toliqish asab tizimining oliy bo„limlarida boshlanadi va
boshqa bo„limlarga ham tarqaladi, oqibat natijada butun
organizmga ta‟sir qiladi. Charchashni qisqa muddatli dam olish
bilan, toliqishni esa uzoq muddatli dam olish bilan oldini olish
mumkin. O„ta toliqish (madorni qurishi)ning oldini olish uzoq
davom etadigan jarayon.
O„ta toliqish uzoq davr davomida yetarli darajada dam
olmaslik tufayli odamga tajovuz qiladi, va uni yaxshi tashkil
etilgan uzoq davrda dam olishni va mehnat rejimini to„g„ri
tashkil etish orqali olish mumkin. O„ta toliqishning sezgisi bosh
og„rishi, lanjlik, ishtahaning yo„qolishi va uyqusizlik
ko„rinishlarida namoyon bo„ladi.
57
Aqliy mehnatni to„gri tashkil etishda professor
Vedieniskiyning ishlash (ish) qobiliyatining besh sharoiti
to„g„risidagi ko„rsatmasi katta ahamiyatga ega:
-
mehnatga asta-sekinlik bilan kirish;
-
ish rejimini ushlab turish;
-
-faoliyat birin- ketin va muntazam bo„lishi lozim;
-
Jamiyatning mehnatga ijobiy munosabati.
Mazkur shartlarga rioya qilish tabiiy ravishda odamning ish
qobiliyatini saqlaydi. O„z kuchi va energiyasini tartibsiz
sarflash asab tizimining buzilishiga, shuning bilan birga ish
qobiliyatini yo„qolishiga ham olib keladi.
Ish qobiliyati va sog„liqni saqlash faqat faol dam
olish orqali ta‟minlanishi mumkin. Faol dam olishni jismoniy
mehnat va sport , sayr va suv prosedurasi, o„yin va kungil
ochar kabi turdagi mashg„ulotlar orqali tashkil etish mumkin.
Faoliyatni o„zgartirish qo„zg„alish (uyg„onish) va tormozlanish
o„chog„iga, markaziy asab tizimining boshqa soha (qism) lariga
siljishi bilan bog„langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |